Erkin savdo. Tovar va xizmatlaning erkin savdosi globallashuvning o’ziga xos xususiyatidir. Ma’lumki, iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlarda ixtisoslashuvi va xalqaro savdoda ishtirok etishi aholi daromadlari va farovonligi oshishining qo’shimcha manbai bo’lib hisoblanadi.
Xalqaro savdo bu kabi yutuqlarga boshqa yo’llar orqali ham erishishi mumkin. Fan-texnika yutuqlaridan foydalanish natijalari xalqaro savdo orqali boshqa mamlakatlarga bilvosita va to’g ’ridan-to’g’ri tarqaladi.
To’g’ridan-to’g’ri tarqalish fan-texnika yutuqlarini o’zida mujassam etgan texnologiyalaning jahon bozorida sotilganida va boshqa mamlakatlar ulami xarid qilganida sodir bo’ladi. Bilvosita tarqalish yangi texnika va texnologiya ishlab chiqilgan mamlakat eksport tarmoqlari samaradorligi oshganida va tovarlar sifatining yaxshilanganida ro’y beradi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining yaxshilanishi orqali iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam bo’lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni vujudga keltirib, tovar tannarxining pasayishini ta’minlaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilaning kuchli raqobat mavjud bo’lgan jahon bozorlariga chiqishi ham tovar va xizmatlar sifatining oshishi va tannarx pasayishining muhim omili bo’lib hisoblanadi.2 Globallashuv jarayonlari va raqobat kuchaysa ishchi resurslarining m a’lumoti va malakasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda sifatli infratuzilmaga talab oshadi.
Faqatgina ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvi ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiy strategiyalami o’z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud ustuvorliklami asrab qolish, ulami rivojlantirish va pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy o’sishiga erishish mumkin.
Globallashuv narx-navo va iste’mol tovarlari sifatining unifikatsiyasini tezlashtiradi, global raqobat esa ulaning doimiy takomillashuvini talab qiladi. Iqtisodiy yopiqlik, proteksionizm, qolaversa jahon bozorlari global raqobatining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etmasligi resurslaning optimal taqsimlanishi va foydalanilishiga to’sqinlik qilib, iqtisodiy o’sish sur’atlarini pasaytiradi.
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qo’shma korxonalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida o’zini iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. Internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xo’jalik sub’yektlarining faoliyat doirasini kengaytirmoqda.
Xo’jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zamr axborotlarga ega bo’lmoqdalar. Shuningdek, boshqarav jarayonida yangi sifat darajalariga erishish, xo’jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif o’zgarishlariga xos qarorlami o’z vaqtida qabul qilish imkoniyatga ega bo’lmoqdalar. Tashqi savdo siyosati. Erkin savdo va proteksionizmning yaxlit holda samarasiz ekanligini shubhasizdir.
Globallashuvning aytib bo’lmas o’zgarishlari mamlakat tashqi savdosi shartlariga o’tkazadigan ijobiy ta’sirlarini maksimallashtirish va uning tahdidlarini minimallashtirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi tashqi savdoda ham olib boriladigan islohotlar muhim ahamiyatga ega.
Chunki valuta bozorini erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalarini rag’batlantirish, erkin raqobat muhitida ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish, sanoat siyosatini olib borish orqali iqtisodiyotining strategik muhim eksport tovarlari jahon bozori konyukturasining o’zgarishlariga bog’liqlik darajasini kamaytirishga erishish mumkin.
Pol Roberts uchta savdo blokini taklif etdi. Bloklar mos ravishda Uchinchi, Ikkinchi va Birinchi olam mamlakatlari uchun tashkil etilib, mamlakatlar yashash tarzining o’sishiga muvofiq holda bir blokdan ikkinchisiga o’taveradi. Bu kabi yondashuvning sababi - birinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlaning savdodan oladigan salmoqli nafining kamayishi hamda pirovard natijada umumiy boyliklaning qisqarishidir.
Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar iste’molchilarining xarid qobiliyati pastligi natijasida savdoda salmoqli naf ko’ra olmasligi muammosi mavjudligi tufayli zarur bo’lgan na iqtisodiy o’sish va na aholi farovonligining sezilarli darajada yaxshilanishi ro’y beradi. Ikkinchi variant - odil savdo nazariyasi. Uning mazmuni turli mamlakatlarda savdodan olinadigan nafning birmuncha tekis taqsimlanishi hamda ijtimoiy va ekologik standartlaning tenglashtirilishi maqsadida xalqaro tashkilotlar yordamida rivojlanayotgan mamlakatlar mahsulotlariga qiyosiy narxlar o’matishda.
Bu nazariyani Laura Tayson qo’llab quvvatlaydi. Bu nazariyaning kamchiligi shundaki, bu kabi narx mexanizmiga aralashuv qimmatga tushib, uzoq kelajakda ko’zlangan maqsadga erishilmaydi va iqtisodiyot faoliyatini samaradorligi pasayadi. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar vakolatini yaratish va oshirish taklifi mustaqil davlatlar suverenitetini barbod qiladi.
Resurslarga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish nazariyasi iqtisodiy rivojlanish maktablaridan biri bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ulaning o’z xalqaro savdo nazariyasini ishlab chiqish jarayonidir.
Farovonlik savdo nazariyasi deb nomlangan bu kabi qarashlar bir qator qoidalarga asoslanadi. Erkin savdoni joriy etishning empirik izlanishlari natijalari shuni tasdiqladiki, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlari Yaqin kelajakda savdodan olinadigan nafdan aksariyat hollarda kam bo’ladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham to’g’ri hisoblanadi, chunki ular ishlab chiqargan tovarlarga nisbatan rivojlangan mamlakatlar tomonidan import cheklashlari tovar egalarining savdo shartlarini yomonlashtiradi.
Boshqa tarafdan, xorij tovarlari uchun chegaralaning butkul yopiqligi monopolizmga, iste’molchilaning yuqori narxlarga duch kelishiga va nihoyat, mahalliy ishlab chiqaruvchilaning xorijiy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan raqobatga moyilligining yo’qolishiga olib keladi.
Shu tufayli, bozoning optimallik shartlariga ko’ra aniqlanadigan bir qismi xorij ishlab chiqaruvchilari uchun ochiq bo’lishi kerak: savdodan olinadigan naf ushbu ishlab chiqarish va eksport darajasiga muvofiq tarzda iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlarining 120 %dan kam bo’lmasligi kerak.
Empirik izlanishlar ichki bozoning mazkur optimal ochiqlik darajasini 25% deb belgilashmoqda (uning hajmini aniqlashda milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish hajmi va o’tgan yildagi eksport hajmi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi).
Optimal ochiqlik bozoriga import qilinadigan tovarlarga nisbatan boshqa davlatlar tomonidan demping va eksportni subsidiyalanishini qoplaydigan boj orqali himoyalanishning o’rtacha darajasi belgilanadi (tovarning o’tgan yildagi ichki o’rtacha narxining taxminan 10%).3 Mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan yoki ishlab chiqarish kam samarali bo’lgan tovarlarga nisbatan ham xuddi shunday tarif siyosati qo’llaniladi.