Mundarija: Kirish. Davlat va huquqning vujudga kelishi to'G'risidagi nazariyalar


DAVLAT FUNKSIYaLARINING RIVOJLANIShI VA O'ZGARIShIGA TA'SIR ETUVChI OMILLAR



Download 29,58 Kb.
bet6/6
Sana01.07.2022
Hajmi29,58 Kb.
#723269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davlat huuquq nazariyasi funksiyalari

2.4. DAVLAT FUNKSIYaLARINING RIVOJLANIShI VA O'ZGARIShIGA TA'SIR ETUVChI OMILLAR
Taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan turli davlatlar bir xil funksiya (masalan, ijtimoiy funksiya)ga ega bo'lmaydi, ularni amalga oshirish mazmuni va usullari bir-biridan farq qiladi. Har bir bosqichga qat'iy byelgilangan funksiyalar mos kyeladi dyeb o'ylash to'g'ri emas. Albatta, davlat taraqqiyoti davomida vaqti-vaqti bilan yangi funksiyalar yuzaga kyeladi, lyekin eskilari ham izsiz yo'qolib kyetmaydi. Faqat ularning ko'rinishi o'zgarishi, yangi mazmun bilan boyishi mumkin. Davlatning funksiyalari u mavjud bo'lgan butun tarixiy davr mobaynida doimiy ravishda xos bo'ladi. Agar hokimiyat tyepasiga boshqa siyosiy kuchlar kyelsa, u holda davlatning funksiyalari ham o'zgaradi. Shu bilan birga, ma'lum davrlarda ustuvor manfaatlarning o'zgarishi ham ro'y byerishi mumkin. Bu, o'z navbatida, funksiyalarning ham o'zgarishiga olib kyeladi. Bunda birinchi o'ringa birlamchi ahamiyatga ega bo'lgan funksiyalar chiqishi tabiiydir. Ijtimoiy va tabiiy borliqning turli sohalarida global o'zgarishlar ro'y byerayotgan bugungi kunda ayrim funksiyalarning ahamiyati yanada oshib borayotganligini
ko'rishimiz mumkin. Bunga misol tarzida ekologik muvozanatni saqlash zarurati; turli xil kasalliklar (shu jumladan, OITS)ga qarshi kurash; alohida mamlakatlarning manfaatlari doirasiga sig'maydigan muammolarni hal qilishda xalqaro madaniy va ilmiy-tyexnik hamkorlik (koinotni o'zlashtirish, dunyo okyeani resurslarini o'rganish va ulardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ryesurslardan oqilona foydalanish, transport vositalarini rivojlantirish, milliy, etnik, diniy nizolarni hal etish va boshqalar)ni ko'rsatib o'tish joiz.
Xulosa
Ushbu kurs ishimni mavzusi Davlat huquq nazariaysi funksiyalari haqida .Kurs ishimni kirish qismida davlat funksiyalari tushunchasi haqida ma’lumot berdim.Kurs ishimni asosiy qismida mavzuni yoritib berishga harakat qildim.
Fanning funksiyasi uning e’tibori qanday vazifani bajarishga qaratilganligidan va tabiatidan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: Nazariy bilish (evristik)1 funksiyasi. Davlat va huquqni bilish turli darajada bo‘lishi mumkin. Ba’zan u davlat va huquqni izohlash yoki tushuntirishdangina (ontologik funksiyadan) iborat bo‘ladi. Lekin davlat va huquq nazariyasi bu bilan cheklanmaydi, balki o‘rganilayotgan obyektning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali yangi qonuniyatlarni ochadi, yangi bilimlarni hosil qiladi. Masalan, davlat va huquq rivojlanish qonuniyatlarining ochilishi, 1 «Evrika» – yunoncha so‘z bo‘lib, «topdim» degan ma’noni anglatadi. Biz uni davlat va huquq nazariyasi tomonidan yangi bilimlarni hosil qilish, yangi хususiyatlarni aniqlash, ilmiy haqiqatni topish ma’nosida qo‘llamoqdamiz. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Davlat va huquq nazariyasi davlatning iqtisodiy rolini izohlash, huquqiy tartibga solishning yangi mexanizmlarini shakllantirish va hokazo. Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquq nazariyasi davlat-huquqiy voqeliklarni chuqur va mukammal o‘rganish asosida ularning xarakterli belgilari va muhim xususiyatlarini ta’riflab beradi. Davlat va huquqni xuddi shu tarzda tadqiq etish davlat va huquqning kelgusi rivojlanishi haqida ilmiy bashoratlar qilish imkoniyatini beradi. Umuman olganda mazkur fan ilmiy-huquqiy dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi. Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohalariga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. Chunki, har qanday metod – amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir. Nazariya fani voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirsa, u bilishning metodi sifatida shunchalik samarali bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy munosabat, huquqiy javobgarlik kabi tushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy tushunchalar tizimi davlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy bilimlarni yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, kategoriyalar, ta’riflar, prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy tajriba funksiyasi. Barcha yuridik fanlarda bo‘lgani singari davlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasi fani ham amaliyotga yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlat faoliyatini takomillashtirishga, qonunchilikni rivojlantirish va uni amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqadi va hokazo. Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asoslash ham muhim ilmiy ahamiyatga ega. Mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq to‘g‘risidagi g‘oyalarning ilmiy tizimidan iborat. U kishilarda muhim siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlat intizomi, shaxsning huquqi hamda erkinliklari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar, ta’limotlar, konseptual bilimlarni shakllantiradi. Fanning mafkuraviy funksiyasi davlat va huquq masalalariga dialektik nuqtayi nazardan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga, shuningdek kishilar ongida yangi huquqiy ong, zamonaviy demokratik huquqiy tafakkur, huquqiy madaniyat va qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordam beradi. Davlat va huquq nazariyasi yuqoridagi funksiyalardan tashqari, siyosiy, tashkilotchilik, bashorat qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Demak, davlat va huquq nazariyasi quyidagi vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi: 35 I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi 1) davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini va yo‘llarini ochib berish; 2) davlat organlarining faoliyati va tuzilishini takomillashtirish; 3) huquqni qo‘llash va qonunchilikni takomillashtirish, qonunlarni sistemalashtirish va kodifikatsiyalash; 4) huquqni targ‘ib qilish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar


. Asosiy adabiyotlar

1. Axmyedshayeva M. Davlat myexanizmi va hokimiyatlar bo'linishi. O'quv qo'llanma. – T.: TDYuI, 2005. – 66 b.


2. Axmyedshayeva M., Najimov M. Huquq nima? – T.: TDYuI, 2003. – 35 b.
3. Davlat va huquq nazariyasi / mas'ul muharrirlar H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev. – T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2000. – 528 b.
4. Islamov Z. Obщyestvo. Gosudarstvo. Pravo. (Voprosi tyeorii). – T.: Adolat, 2001. – 695 s.
5. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T.: Adolat, 2007. – 916 b.
6. Lazaryev V.V., Lipyenь S.V., Saidov A.X. Tyeoriya gosudarstva i prava. Uchyebnik / pod ryed. akad. Abduraxmanova K.X. – M.: Ros. ekon. akad., 2008. – 620 s.
7. Odilqoriyev X.T., Tulьtyeyev I.T. va boshq. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik / prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. – T.: Sharq, 2009. – 592 b.
8. Odilqoriev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.: Adolat, 2018. – 528 b. 9. Saburov N. Davlat va huquq nazariyasi. O`quv-uslubiy qo`llanma. – T.: TDYI, 2008. – 108 b.
10. Saburov N. Davlat va huquq nazariyasi (savollar, ta'riflar, tushuncha va atamalar). – T.: TDYuI, 2005. – 95 b.
11. Saburov N., Najimov M. Davlat va huquq nazariyasi. Nazorat shakllari bo'yicha sinovga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-uslubiy qo'llanma. – T.: TDYuI, 2009. – 150 b.
12. Saidov A., Tojixonov U. Davlat va huquq nazariyasi. I jild. – T.: Adolat, 2001. – 336 b.
13. Saidov A., Tojixonov U. Davlat va huquq nazariyasi. II jild. – T.: Adolat, 2001. – 560 b.
. Qo'shimcha adabiyotlar
1. Alyeksyeyev S.S. Izbrannoye: nauka prava, obщyesoцialьniye problyemi, publiцistika. – M.: Statut, 2003. – 480 s.
2. Javliyev N.B. Huquqning mohiyati: an'anaviy va zamonaviy nazariyalar. O'quv-qo'llanma. – T.: TDYuI, 2010. – 96 b.
3. Islamov Z.M. Problyemi vlasti: yeye ponimaniye, naznachyeniye, soцialьnaya цyennostь. – T.: TGYuI, 2003. – 244 s.
4. Najimov M.K. Norma ijodkorligi. Darslik. – T.: TDYuU, 2018. – 181 b.
5. Najimov M.K. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. – T.: TDYuU, 2018. – 66 b.
6. Najimov M.K. Davlat funkцiyalari. – T.: TDYuU, 2018. – 64 b.
7. Odilqoriyev X.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. Monografiya. – T.: SMI-ASIA, 2010. – 400 b.
8. Saburov N., Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. – T.: TDYuI, 2011. – 172 b.
9. Hayitboyev F., Najimov M. Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari (qiyosiy huquqshunoslik). – T.: TDYU, 2018. – 229 b.

. Elektron ta'lim resurslari


1. http://www.tsul.uz
2. http://www.norma.uz
3. http://www.gov.uz
4. http://www.lex.uz
5. http://www.lawbook.ru
6. http://www.lawlibrary.ru
Download 29,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish