Mundarija kirish bozor tushunchasi va uning vazifalari Bozor konyukturasini o’rganishning asosiy yo’nalishlari Talab va taklif tushunchasi. Talab qonuni


Talab va taklif tushunchasi. Talab qonuni. Taklif qonuni



Download 66,97 Kb.
bet4/7
Sana20.06.2022
Hajmi66,97 Kb.
#681595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi.rtf

Talab va taklif tushunchasi. Talab qonuni. Taklif qonuni
Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bwlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kwrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori wrtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog`liqlikni ifodalaydi.
Taklif – ishlab chiqaruvchi ma`lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bwlgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta`minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta`minlanmasa, u «xohish», «istak» bwlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bwladi, chunki narx wzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham wzgaradi. Shu bog`liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta`rif berish mumkin: ma`lum vaqt oralig`ida, narxlarning mavjud darajasida iste`molchilarning tovar va xizmatlar ma`lum turlarini sotib olishga qodir bwlgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir.
Talablar turlicha bwlib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bwlgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste`molchining, ya`ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bwlgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kwpchilik) iste`molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bwlgan talablari yig`indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli kwrinishlari ajratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste`mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bwluvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning ywqligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondir ilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bwlishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, twplangan talab.
Tovarga bwlgan talab kwplab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal kwrish, atrof-muhit, tovarlarni qwlga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, wzaro wrinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning wzgarishi va boshqalarning ta`sirida wzgarishi mumkin. Shunga kwra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida wzgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bwlgan omillar ta`sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab. Narx va talab hajmining wzgarishi wrtasidagi teskari bog`liqlikni kwrsatuvchi bu chiziq talab egri chizig`i deyiladi.
Agar talab egri chizig`i wzining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib olishdagi har qanday miqdoriy wzgarish talab miqdorining wzgaruvchanligini bildiradi.
Talab qonunining amal qilishi quyidagi sabablar orqali izohlanadi:
1) har qanday narx iste`molchi uchun twsiq vazifasini wtaydi. Iste`molchilar ma`lum bir tovarni uning narxi past bwlsa, kwproq sotib ola boshlaydi. Iste`molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi twsiq sifatida namoyon bwladi. Bu twsiq qancha yuqori bwlsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste`molchining xarid qilish istagini swndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi.
Real iqtisodiy hayotda ba`zan bu qoidaga zid bwlgan, ya`ni ayrim tovar narxining wsishi bilan unga bwlgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag`al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste`mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab kwrsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag`al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining wsishi rwy bersa, bunda kambag`al oila gwsht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bwladi, wzining kwp bwlmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin. 2) almashuv samarasining amal qilishi. Ayrim holatlarda tovar narxining pasayishi natijasida iste`molchining, boshqa tovarlar xarid miqdorini qisqartirmagani holda, ushbu tovarni oldingiga nisbatan kwproq miqdorda sotib olish imkonining paydo bwlishidir. Boshqacha aytganda, tovar narxining pasayishi iste`molchi pul daromadining xarid quvvatini oshiradi, buning natijasida u oldingiga kwra kwproq tovar sotib olish imkoniga ega bwladi.
Almashuv samarasi – muayyan tovar narxining pasayishi bilan boshqa tovarlar narxining nisbatan qimmatlashuvi natijasida ular iste`molini arzon tovar hisobiga almashtirish imkonining paydo bwlishidir. 3) keyingi qwshilgan miqdor nafliligining pasayib borishi qonunining amal qilishi. Ma`lumki, tovarlar wzida qandaydir naflikni mujassamlashtirgani uchun xarid etiladi va iste`mol qilinadi. Tovarning turli miqdorlari iste`mol qilinganda, ular keltiruvchi umumiy naflilik oshsada, keyingi qwshilgan birlik keltiruvchi naf doimo pasayib borish tendentsiyasiga ega bwladi. Shunga kwra, tovarning navbatdagi birligini sotib olish, uning narxi pasaygan taqdirdagina nafli hisoblanadi.
Yuqoridagi tamoyillarning amal qilishi pirovardida yagona natija – talab qonunining amal qilishiga, ya`ni tovar xaridi hajmi wzgarishini uning narxi wzgarishiga teskari ywnalishda borishiga sabab bwladi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta`sir qiluvchi omillar. Talab hajmining wzgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog`liq bwladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta`sir kwrsatadi: 1) iste`molchining didi; 2) bozordagi iste`molchilar soni; 3) iste`molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning wzgarishi ehtimoli.
Bu omillarning wzgarishi talab hajmining wzgarishiga qanday ta`sir kwrsatishini qarab chiqamiz.
Biror mahsulotga iste`molchi dididagi ijobiy wzgarish rwy bersa, narxning tegishli darajasida unga bwlgan talab ortadi. Iste`molchi didiga salbiy ta`sir kwrsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
O’z-o’zidan aniqki, bozorda iste`molchilar soni kwpaysa, talab ortadi, iste`molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bwlgan talabning wsishiga olib keladi. Tug`ilish darajasining pasayishi bolalar bog`chasi va maktabga bwlgan talabni kamaytiradi.
Pul daromadi wzgarishining talab hajmiga ta`siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda kwp tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning wsishiga qarab iste`molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bwlsada, kwproq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bwlgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, gwsht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning wzgarishi bilan talab miqdori twg`ri bog`liqlikda wzgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar wzgarishi bilan talab miqdori teskari bog`liqlikda wzgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste`molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori wrtasidagi bog`liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel` (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga kwra, iste`molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bwlgan tovarlar miqdori wrtasidagi wzaro bog`liqlik Engel` qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel` egri chizig`i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel` egri chizig`i wsuvchan kwrinishida bwladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari wsib borishi bilan bu turdagi tovarlar kwproq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel` egri chizig`i pasayuvchan kwrinishda bwlib, daromadlar oshib borishi bilan iste`molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste`moli daromad darajasiga bog`liq bwlmasa, u holda Engel` egri chizig`i tik holda bwladi.
Ma`lum vaqt oralig`idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma`lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx wzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham wzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bwladi. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini kwrsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning wzgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining twg`ri bog`liqlikdagi wzgarishi taklif qonuni deyiladi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta`sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi;
5) narx wzgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining wzgarishi taklif hajmining wzgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta`sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif wrtasida mustahkam wzaro bog`liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral wg`itlar narxining pasayishi bug`doy taklifini oshiradi, yomg`irlatib sug`orish xarajatlarining oshishi makkajwxori doni taklifini qisqartiradi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif kwpayadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Kwpchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj twlovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining wzgarishi ham mazkur tovar taklifini wzgartiradi. Masalan, qwy gwshti narxining pasayishi mol gwshti taklifini oshiradi. Aksincha, mol gwshti narxining tushishi qwy gwshti taklifini oshiradi.
Narx wzgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining wzgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot etkazib berish xohishiga ta`sir kwrsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik kwp bwlsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik kwp bwladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni kwpaytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish kwpayadi.
Taklif hajmining wzgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta`sir kwrsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bwlmaydigan qishloq xwjalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam wzgaruvchan bwladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta`sir kwrsatadi. Masalan, narxning wzgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga wtish imkoniyati mavjud bwlsa taklif wzgaradi. Qishloq xwjaligiga yaroqli bwlgan erlar cheklangan bwlsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, er taklifini oshirib bwlmaydi.
Ijodiy kasb soha xodmlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san`at asarlarining taklifi ham nowzgaruvchan bwladi.



Download 66,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish