2
KIRISH
Jamiyatda katta tarixiy burilishlar, olamshumul o’zgarishlar ro’y bergan
kunlar avlodlar xotirasida umrbod saqlanib qoladi, hatto har bir shaxs taqdirida o’z
“izi”ni qoldiradi, osoyishta o’tgan turmush taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatsa-da odatdagi
oddiy voqealarday o’tib ketaveradi. Iste’dodli ijodkorlarning faoliyati nimalari
bilandir shunga o’xshaydi: agar baholi qudrat qalam tebratb,ancha-muncha tuzuk
asarlar yozib yursa, badiiyat olamimining oddiy zahmatkashi sifatida taniladi, bordi-
yu, uzoq yillar mobaynida jonini jabborga berib, kunni tunga ulab fidoyilik qilib,
butun kuchini so’z san’atining ravnaqiga safarbar etsa, o’ziga xos badiiy tafakkur
olamini yaratsa, to’laqonli obrazlar, yetuk xarakterlarga jon ato qilsa, ko’pchilikning
e’tiborini muhabbatiga sazovor bo’ladi.
Odil Yoqubov mana shunday adib darajasiga ko’tarildi. Lekin birdaniga emas,
juda mashaqqatli izlanishlar, zalvarli qadamlar, kuchli harakatlar, intilishlar bilan
ko’tarildi. Ha, u murakkab ijodiy yo’lni bosib o’tdi. Bu yo’lda yozuvchiga qancha -
qancha quvonchlar, ulkan zafarlar, ba’zan muvaffaqiyatsizliklar, g’am alamlar
hamdam bo’lgan. Bu iste’dod sohibi o’zining chorak asrdan oshib ketgan ijodiy
izlanishlari davomida Abdulla Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor
kabi so’z ustalarining an’analarini davom ettirib, yangiliklar bilan boyitib, yuksak
pog’onaga ko’tarish yo’lida tinmay qalam tebratayotir.Shu bilan birga rus klassik
adabiyoti, jahon adabiyoti buyuk namoyandalarining, ayni choqda, Chingiz
Aytmatov, Vladimir Tendryakov, Valentin Rasputin, Vasiliy Shukshin, Mikolas
Slutskis, Vasiliy Belov kabi mashhur adiblarning ijodiy tajribalari u uchun bebaho
saboq vazifasini bajardi.
Natijada, Odil Yoqubov hozirgi zamonning peshqadam adiblari safidan o’rin
oldi. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning ijodiy takomilini ko’rsatuvchi
voqealarni, asarlarini tahlil qilishi zarur, ammo bu o’rinda biz Chingiz Aytmatov va
Mustay Karimdan yozuvchi nomiga kelgan ikki maktubga diqqatingizni jalb
qilmoqchimiz. Buyuk qirg’iz prozaigi va mashhur boshqird shoiri, Odil
Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”ni zo’r qiziqish bilan o’qib chiqqanligini alohida
ta’kidlaydilar: “Badiiy quvvati bilan yuksak, asl, g’oyatda qimmatli bo’lgan bu asar
3
meni to’lqinlantirib yubordi, bu esa qiziqarli kitobning birinchi alomati. Bundan
ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, menda turk sulolasiga oid faxr va
g’urur tuyg’usi uyg’ondi. Ulug’bek shunday dahoki, u bizning butun dunyo
voqealari to’g’risida mulohaza yuritishimizga, dardlashishimizga haq-huquq beradi,
u bizning vijdonimiz, aql -idrokimiz, u ayni choqda yer yuzining, jahonnning bizga
insoniyatning buyuk tajribasiga muvofiq baho berishini taqoza qiladi”. Chingiz
Aytmatov fikrini davom ettirib, roman Ulug’bek dahosinining fojiasini, mardligu
matonatini gavdalantirgani tufayli yoqimli taassurot tug’dirganligini alohida uqtirib
ko’rsatadi. Mustay Karimning quyidagi mulohazalari ham Chingiz Aytmatov
fikrlariga yaqin, ular bir-birlarini to’ldiradi, bir-birlarini oydinlashtiradi.
“Romanning g’oyaviy qudrati, emotsianal ta’sir kuchi juda zo’r.
Ayniqsa, uning zamon bilan hamohang bo’lganligi, chin ma’nodagi
zamonaviy asar darajasiga ko’tarilganligi muhimdir… Zotan, tarixiy asar odamlarni
hozirgi kunda munosib turmush kechirishga, yaxshi yashashga da’vat etishi kerak.
Sizning romaningiz shunday asarlar sirasiga kiradi”. Hukm-xulosalardagi bunday
mushtaraklik “Ulug’bek xazinasi”ning barkamol asar ekanligidan guvohlik beradi.
Chingiz Aytmatov yoki Mustay Karim singari ijodkorlar olqishiga sazovor bo’lish
har qanday adibga musharraf bo’lavermaydi. Odil Yoqubov musharraf bo’lgan ekan,
bu uning ijodiy parvozlari salmoqli samaralar keltirganligini ko’rsatadi.
Аdbiyotimizdа sevimli vа аrdоqli Оdil Yoqubоvning o`z o`rni bоr. Аdib yarаtgаn
qаtоr аsаrlаr zаmоndоshlаrimiz qаlbidаn bejiz jоy оlmаgаn.