Dasturiy mahsulotni yaratish harajatlari:
bevosita loyihalash, dasturlash, foydalanuvchi talablari asosida hatolarni tuzatish va sinash - S1ya;
dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish – S2ya;
dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalarni yaratish, qo’llash va tayyorlash - S3ya;
dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM –
S4ya;
mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish – S5ya harajatlaridan iborat.
Asosiy harajatlar Syani tashkil etuvchilaridan S1ya va S2yalar dasturiy mahsulot yaratishning bevosita harajatlari, S3ya va S4yalar esa dasturiy mahsulot yaratish jarayonining (dasturiy va apparat)tahminoti harajatlari hisoblanadi.
Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ketgan bevosita harajatlar - S1ya, dasturiy mahsulot hayot tsiklining asosiy tashkil etuvchisidir. Bevosita harajatlarni dastur hajmi(Dx)ning mexnat unumdorligi(M)ga nisbati va mehnat sarfining o’zgarish koeffitsient(sij)lari ko’paytmasi ko’rinishida keltirish mumkin. Dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish harajatlari – S2ya, tashuvchi (disk)lar, nusaha olish va dastur komponentlarini yig’ish(S2ya1) harajatlari; hujjatlarning to’liq komplektini ishlab chiqish(S2ya2) harajatlaridan iborat. Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalar harajatlari - S3ya, dasturni yaratishni avtomatlashtirish tizimi va texnologiyasini yaratish(S3ya1) harajatlari, avtomatlashtirish vositalari va texnologiyasini o’zlashtirish va joriy etish(S3ya2) harajatlari, dasturiy mahsulot yaratish davomida avtomatlashtirilgan dastur yaratish tizimidan foydalanish(S3ya3) harajatlaridan iborat: S3yaqS3ya1QS3ya2QS3ya3.
Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM harajatlari – S4ya, EHM sotib olish va o’rnatish, dasturiy mahsulot yaratish davomida(tya) EHMdan foydalanish harajatlarini o’z ichiga oladi: S4yaqa4tya, bu yerda a4-mashina vaqtining narhi.
Dasturiy mahsulotni yaratishga ketgan jami harajatlarni aniqlashning yana bir usuli:
Sq(1Qq){∑ TiLkn.iWi[(1QKk)(1QKu)QKkx]QTmb×e} bu yerda Ti – 1-darajali dasturchining dasturni yaratishga sarf qilgan vaqti, odamG’kun;
Lkn.i – 1-darajali dasturchining ish haqi, so’m.G’kun;
Wi – 1-darajali dasturchilar soni;
Kq – qo’shimcha ish haqi koeffitsienti;
Ku – ish haqiga ustiga qo’shilgan mablag’ koeffitsienti;
Kqh – qo’shimcha harajatlar koeffitsienti;
q –rentabellik normasi, dasturni tayyorlayotgan korxonaning daromadi; Tmb – mashina vaqti, dasturni hatolarini tuzatishga ketgan, soat; e – ekspluatatsiya harajatlari, mashina vaqtining 1 soatiga ketgan harajat, so’m. Ekspluatatsiya harajatlari amortizatsiya (Ma) va elektrquvvati (Mel) harajatlaridan iborat.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi.
Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, yahni zamonav_iy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda tahlim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni tahlim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga va ularni yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalariga to’htalib o’tdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |