Mundarija Kirish birinchi bob. Syujet haqida ma’lumot



Download 166,5 Kb.
bet9/10
Sana16.01.2022
Hajmi166,5 Kb.
#372959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibrohimjon(2)

Hikmatxo’ja (Maqsudning do’sti) tasviri : “Bu kishi ham o’zimizning Kattabog’dan. Tepamasjiddan o’tganda, tegirmonko’cha boshida turishardi. Hozir u yrlarga ko’cha tushib ketdimikin.”

Usmon tog’a – uloqda lat yegan, yozsalar yig’a olmay turishga qiynaladigan oyoqlarini xontaxta tagiga cho’zib yuborgancha o’tiradigan.

Norxo’ja pochcha – o’lgudek chistonchi – hazilvon bo’lganidan hozir ham allaqaysi tog’amiz birovga yaxshilik qilaman deb, qovun tushirib qo’yganlarini kula-kula hikoya etardi.

Mubor xola – u kishining bir ko’zlarida jindek oq tushgan. Boshqasida esa hol bor – ana o’sha yomon, astoydil qarasalar otni yiqitadilar.

Yana bundan tashqari, asarda peysaj ham berib o’tilgan edi.

a) “Pochchani kirakash mashinada tashlab qaytsam, mahalla zim-ziyo, na biron uyda lipillagan yorug’. Hammayoq tim-tirs, odam zoti ko’rinmaydi. Xuddi allamahal bo’lib ketgandek.”

Bu tasvir go’yo undan keyin kelayotgan voqealarga aloqador. Ya’ni Mahfuzaga tuzalmas dard – oq tushganiga oldindan o’quvchini tayyorlaydi, uni his-tuyg’ulariga tasir etadi.

b) bu tasvir Sultonmurodning Muztog’da yurgani tasviri:

“Osmon doimgidek musaffo, kun esa charaqlqgan, atrofdagi muz ko’llar-u, boshida tosh-tugun ko’targan muz qoyalaru, har ikki yondagi muz tog’largacha oftob nurida parpiragandan parpirar edi. Muzlar erimasdan jimgina “yonardi”…

c) bu tasvir Sultonmurodning vatandan judolikda yo’llagan ilk maktubida berilgan:

“Uzr qo’lim muz qotib xatlarim xunuk, so’zlarim qovushiqsiz chiqayotgan bo’lsa. Orqadagilarning yetib olishlarini kuta turib, tizzamda bitayotirman. Bu yer shunchalar sovuq, izg’irinki, qog’oz namlab uni yozib ulgirishi amri mahol. Siyohqalam yetguncha qog’oz yuzidagi nam yaxlab ulguryapti, yuqorida nima qilarkanmiz bu sovuqda?”

Bundan tashqari, qistirma epizodlar ham berilgan bo’lib, ularni tarbiyaviy ahamiyati juda katta:

a) Payg’ambarimizdavrida Musaylama degan shaxs bo’lib, u o’zini payg’ambar deb hisoblay boshlaydi. Payg’ambar sahobalari orasida ular uchun jon berishgada tayyor bo’lgani bo’lib, aynan u rasulning maktubini Musaylamaga topshiradi. Musaylama men kimman desa, u faqatgina Muhammad payg’ambarni tan oladi, oxiri jazolab uni ikkiga bo’lib tashlasa ham, u rasulullohga sodiqligini takrorlardi.

b) Sultonmurod amakivachchasi Olimni tushida ko’rgani va otasi undan yuz o’girib turganiga bog’liq voqea:

“Badr jangida Hamza ibn Abdulmutalib Jubayrning amakisini o’ldirib qo’yadi. Jubayr qaysi qul uni o’ldirsa ozod etishi haqida ma’lumot beradi. Damasani chaqirib Muhammadning amakisi Hamzani o’ldirishini aytadi. U uni o’ldiradi, keyin Muhammad ko’ziga qaray olmaydi. Payg’ambar unga tekari qarab oladilar, vafot etganlaridan keyin Musaylamani o’ldirib o’zicha o’z gunohidan forig’ bo’ldi.”

Asar sarlavhasi “Judolik diyori ”. Muallif asar sarlavhasi orqali umdagi bayon etilajak voqea-hodisalarga ishora qiladi. Chindan ham asarda o’z uylaridan o’zlari tug’ilib o’sgan joylaridan boshqa qavm egalari xohishiga ko’ra ketishga majbur bo’lganliklari bu esa ularning qalbida o’chmas dog’ bo’lib qolgani tasvirlanadi. O’sha judolikni unuta olmaganliklari haqida, ya’ni asar sarlavhasini nega endi aynan “Judolik diyori” deb nomlaganini quyidagi satrlar orqali ochib beradi go’yo:

“Qodir Olloh solih bandalari uchun biz yo’qotgan diyorlardanda ming chandon ko’rimliroq bir diyor jannatini tayyorlab qo’yganini bilib turib ham bundan kecholmaymiz. Ko’nikaolmaymiz hech. Nega? Bu dunyo bor yo’gi judolik diyori ekanini tan olgimiz kelmaydi. Mangu diyorga ketsakkina unutamizmi? ”



Epigraf

“Judolik diyori” asarining “Sultonmurodning yolg’iz o’tinchi” deb nomlangan birinchi kitobiga Muhammad G’azzoliyning quyidagi so’zlari epigraf qilib olingan:

“Ey inson… o’z asling nimarsadur va ne yerdan kelibsan ne yerga borgungdur? Bu olam manzilgohiga nima ishga kelibsan va seni nima uchun ofarida qilibdur? Saodating ne ishdadur?”

Epigraf asarning mana shu qismiga ifodalanadigan mazmunga aloqador va unga g’oyaviy yo’nalish bergan. Epigraf asarga g’yaviy-emotsional ruh baxsh etgan va asar mavzusi va g’yasini aniqlashga ko’mak bergan.



Peyzaj

Asarda tabiat manzaralari ya’ni peyzaj juda ko’p keltirilgan. Ular albatta biror badiiy niyat uchun xizmat qilgan desak xato bo’lmaydi. Masalan, “Ishkomda beg’am-betashvish cirildoqlar allaqachon chirillashni boshlab yuborgan edi. Yong’oqzor ortidan pachoq barkashday kemtik oy ko’tarilib kelyapti. Negadir uning yuzi juda ham za’faron edi”. Muallif bu tabiat tasvirnibir necha maqsadga xiamat qildirgan. Birinchidan, bu tasvir orqali asar davomida bir ko’ngilsiz yu berishiga oldindan bir ishora bergan bo’lsa, ikkinchidan, muallif oy tasviri orqali aynan Marg’ubani tasvirlagan desak ham bo’ladi.

“Yo tavba, shuncha bulut qayerda turganakanu havoyi jahon qachon aynib ulgura qoldi?!... Momaqaldiroq endi Yakkabog’ tepasida, xolamgilar tashlab ketgan qo’rg’onustida gumburladi”.

Bu peyzaj orqali ham biz quyidagilarni bilishimiz mumkin, ya’ni bu birdaniga boshlanib ketgan momaqaldiroq o’sha xalqimiz boshiga tushgan musibatlar bo’lsa, aynan endi tashlandiq qo’rg’on ustida gumburlashi o’sha musibat shu qo’rg’on egalarini ham chetlab o’tmagani va ular hammadan ko’ra ham chetlab o’tmagani va ular hammadan ko’ra ham ko’p aziyat chekkanini shu orqali ifodalab beryapti.

Quyiagi peyzajga ahamiyat qarataylik: “Bu o’sha xolamgilarning bog’imizga tutash tashlandiq hovuzlari edi. Gir atrofini baland-baland safsar gullar tutub yotguvchi, ko’klam kelishi-la bir yonini egallagan yolg’iz na’matak nafarmon-nafarmon gullab, tinmagur qurbaqalar allamahalgacha dovur vaqir-vuqur bazmlar qurguvchi hovuz. Undan u yog’i eski anhor o’tgan chakalakzoru xaroba qo’rg’on tomlari valangor, devorlari qor-yomg’irlarda nurab yotgan – biz peshinlarda berkinmachoq o’ynab charchamaguvchi bir joy edi”.

Bu tasvir orqali asarda juda ko’p takrorlanadigan bu qo’g’onning tashlandiq qaysidir bir voqea tufayli bu ahvolga tushgani va undagi yolg’iz na’matak tasviri o’sha qo’rg’ondan bir vakil qolgani (Sultonmurod nazarda tutilmoqda), u nafarmon-nafarmon gullab qo’g’onni avvalgi holiga qaytarishga harakat qilayotganini payqash mumkin. Ya’ni muallif bu tasvir orqali ham asardagi voqea-hodisalar haqida bir ishora bermoqchi bo’lgan.

“Lekin hozir shundoqqina tepalariga qaragan odam bundan ham go’zal bir manzarani ko’rar edi. Tomimizga naq bo’g’otida ukpardek ochilgan qo’sh qizg’aldoq ko’klam shabadasida bir-biriga chirmashib hilpirayotibdi.

Tomda qiyoq chiqarib boshoq torta boshlagan o’tlar orasida unda-bunda chuchmomalar ko’rinadi, lekin qizg’aldoqlar (boyagi bo’g’otdan boshqalari) endi shokila-shokila tugunchalab “o’g’ilmi-qiz” o’ynaydigan bo’lib yotibdi ”.

Bu tasvirdagi qo’sh qizg’aldoqlarning bir-biriga chirmashib turishi ikki qarindosh Haybat aka bilan Sultonmurodning quchoqlashib turishiga o’xshatilgan bo’lsa ayni shu damda tabiatning bunday chiroyli tasvirlanishi kelajakda bu ikki qarindoshlar juda ko’p ijobiy ishlar qilishi mumkinligiga bir ishora desak ham xato bo’lmas.

Asarda hayvonot dunyosi tasviriga ham alohida e’tibor beriladi. Hayvonit obrazi ham xuddi peyzajdk inson xarakterining u yoki bu qirralarini ochishga xizmat qildiriladi. Masalan, “Izzanind narigi betide chopiq qilayotgan qizlar yo’l yoqasidagi jiydalarning betide esa, Brazan goh gijinglab bu betide gir aylanar, gih oldingi oyoqlarini osmon barobar ko’tarib, orqa oyoqlarida tik turib olar edi ”. Avvalo, bu o’rinda otning bu qiliqlari zamirida bir oetik g’oya bor, shu orqali Haybat Marg’ubaga: “Men shunday abjirmanki uncha-muncha chavandoz qo’lga o’rgata olmaydigan shunday katta otni ham o’zimga bo’ysindira olaman, ko’rin qo’y” deyayotgandek tuyuladi.

“To’piqlari bunday oppoq, tanasi qizil jezday yaltiroq peshonasiga yulduz kabi qo’ngan go’zal oq xoli g’oyat yarashiqli Barzan Marg’u kennoyimnig qo’ludan bir nimalar kamshimoqda edi. Egarda Haybat akam mag’ruru o’tiribdi”. Bu tasvir orqali esa: “Mana ko’rdingmi hali men ham shu kabi qo’lingdan obqat yeyman” deyayotgandek go’yo.

Yakka tavaqali ko’k eshikdan dahlizga kirib bordik. Uy nimqorong’u, zax-mog’or aralash ko’hna kitoblar hidi anqib turar edi undan. Kaftdek derazani aytmaganda, yorug’ tushadigan joyning o’zi yo’q, ikki tomon tokchalaru taxmondan iborat edi.




Download 166,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish