Mundarija kirish Asosiy qism



Download 0,6 Mb.
bet1/7
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432557
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs


Mundarija
1 Kirish
2 Asosiy qism
2.1 Yog’larni gidrogenlash jarayonining nazariyasi, katalitik gidrogenlash mexanizmi va kinetikasi. Geterogen kataliz nazariyasi
2.2 Yog’larni gidrogenlash katalizatorlari . Kukunsimon katalizator
2.3 Yangi avlod katalizatorlari
3 Xulosa
4 Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
.Ma’lumki, har qanday kimyoviy hodisa natijasida bir modda boshqa moddaga aylanadi. Bu ma’lum vaqt mobaynida dastlabki modda miqdorining kamayishi va yangi hosil bo’layotgan modda miqdorining ortib borishi bilan ro’y beradi, ya’ni har bir reaksiya ma’lum tezlik bilan boradi. Ushbu mulohazadan kelib chiqib kimyoviy reaksiya tezligiga baho beraylik. . Ushbu kurs ishining oldiga qo`yilgan asosiy maqsad katalitik reaksiyalar mavzusiga oid nazariy bilimlarni to`liq yoritish va amaliy ahamiyatini izohlash hamda mavzuni o`qitishda hozirgi kunda samara berayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, inovatsion loyihalar, multimediaviy dasturlardan foydalangan holda dars tashkil etishni ishlab chiqish uni keng amaliyotga tadbiq etishning imkoniyatlari va yuzaga keladigan muammmolarni yoritib berish, ana shu muammolarni ma`lum darajada yechish yo`llarini topishdan iborat. Katalitik reaksiyalarni o’rganishda ”Katalitik reaksiyalar va ularning amaliy ahamiyati”mavzusi keng va tushunarli yoritish hamda uni o`quvchilarga yetkazib berishda zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanishni tadbiq qilish mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati hisoblanadi Kimyoviy reaksiyalarning kinetikasini tekshirish reaksiyalarning qanday yo‘llar bilan borishini ya‘ni ularning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Bu esa kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishini va ularning tezligini boshqarishga imkoniyat tug‘diradi.1867-yilda nemis olimlar Gulberg va Vaage tomonida reksiya tezligiga moddalar massalari tasirini o’rgandilar. Shundan keyin “massalar ta’siri qununi” yaratdilar. Kimyoviy reaksiyalar tezligi o‘rganishga, asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab alohida ahamiyat beriladigan bo‘ldi. Dastlab, kimyoviy reaksiyalarning klassifikatsiya qilishga va ularning borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Bu sohaning taraqqiy ettirishda M.N.Semenov, V.N.Kondratev, N.F.Shilov,Ginshelvud kabilarning xizmatlari g‘oyat kattadir. Katalizator yuzasida atom molekulalarning haqiqatan ham siljishi elektron mikroskop yordamida tasdiqlandi. Umuman aytganda, atomlarning yuzada siljishi bug‘ va eritmadan kristallar hosil bo‘lishida yuz beradi deb faraz qilingan edi. Bu masla bilan olimlar N.N.Semenov va Ya.I.Frenkel o‘z shogirdlari bilan birlikda shug‘ullandilar Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining oʻzgarishidir. Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli oʻlaroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiyani tezlatuvchi katalizatorlar musbat katalizator, sekinlatuvchilari esa ingibitor deyiladi. Katalizator faolligini oshiruvchi moddalar promouter, kamaytiruvchi moddalar esa katalitik zahar, deb ataladi.
Kataliz (yun. katalysis — buzilish, parchalanish) — kimyoviy reaksiyalar tezligining baʼzi moddalar (katalizatorlar) taʼsirida oʻzgarishi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi modda (reagent)lar bilan bir qancha oraliq birikmalar hosil qilib, reaksiya nihoyasida miqdori va tarkibi oʻzgarmasdan ajralib chiqadi. Katalizator sifatida turli xil moddalar (gaz, suyuqliklar va qattiq moddalar) ishlatilishi mumkin. Reagentlar va katalizatorlarning fazaviy holatiga qarab katalitik jarayonlar, asosan, gomogen va geterogen K.ga boʻlinadi. Bundan tashqari, mikrogeterogen, fermentativ katalitik jarayonlar ham mavjud. Gomogen K.da reagentlar bilan katalizator bir jinsli aralashma hosil qiladi. Reaksiya gaz yoki suyuq fazada boradi. Katalizator sifatida atomlar, ionlar, molekulalar ishtirok etishi mumkin. Bunday katalitik jarayon mexanizmini sharxlash uchun oraliq moddalar nazariyasi ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan, reagentlar katalizator bilan beqaror oraliq moddalar hosil qiladi. Soʻngra bu moddalar parchalanib katalizator qayta tiklanadi (regeneratsiya). Suyuq fazadagi kislotaasosli K. mexanizmi reagentlar bilan katalizator oʻrtasidagi proton almashinishiga asoslangan. Mas:R-CH=CH2+HA -" R-CH2-CH2++A~R-CH2-CHj+H+OH^R-CH2CH2OH+H+N+ + A -> NAGomogen katalitik jarayonning tezligi juda koʻp omillarga, xususan, reagentlar va katalizatorlar konsentratsiyasi, t-ra, bosim va aralashtirish darajasiga bogʻliq. Bu jarayonning asosiy kamchiligi mahsulot tarkibidan katalizatorni ajratib olish (tozalash) zarur boʻladi. Geterogen K.da katalizator sifatida qattiq moddalar ishlatiladi. Ularning sharsimon, granulasimon, spiralsimon va b. turlari maʼlum. Shuningdek, bu katalizatorlar tarkibiga koʻra, bir, ikki yoki koʻp komponentli, holatiga qarab oksidsimon, metallsimon boʻladi. Geterogen K. baʼzan kontakt K. deb ham ataladi. Bu jarayon nihoyasida mahsulotdan (suyuq yoki fazadagi) katalizator oson ajratib olinadi. Shu sababli geterogen K. sanoatda keng qoʻllaniladi. Mikrogeterogen K.da reaksiya suyuq fazada boradi, katalizator sifatida kolloid zarrachalar ishtirok etadi.

      • .


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish