Mundarija Kirish Asosiy qism


Avtoparklar va Axoliga servis xizmati



Download 1,26 Mb.
bet2/6
Sana13.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#354342
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

2.1 Avtoparklar va Axoliga servis xizmati.

Mamlakatimizda jahondagi eng yirik “General Motors” avtomobil sanoati korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Shevrole” avtomobillari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Bu Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasini izchil amalga oshirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Endi Asaka zavodining ishlab chiqarish quvvati yanada modernizatsiya qilinib, uning negizida, eng ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, Yevropaning zamonaviy mashinalari ishlab chiqariladi.

Bugun yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalarga dunyoning ko‘pgina davlatlarida talab katta. O‘tgan asrning 90-yillari boshida respublikamizda mutlaqo yangi sohani tashkil etishga kirishilganida mustaqil O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanishiga ayrimlar ishonqiramay qaragan edi. Vaqt esa ulkan intellektual va texnik salohiyatga ega bo‘lgan mehnatkash o‘zbek xalqi bundan-da katta ishlarga qodir ekanini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda jahon bozorida xaridorgir samolyotlar, qishloq xo‘jalik texnikalari, ko‘plab turdagi yuqori texnologiyalarga asoslangan murakkab, zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

1996 yilda tashkil etilgan “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati konveyrlarida shu paytgacha “Lasetti”, “Matiz”, “Neksiya”, “Damas” va “Tiko” avtomobillari ishlab chiqarildi. So‘nggi besh yilda ichki va tashqi bozorda ushbu mashinalarga talab ortib borayotgani e’tiborga olinib, ularni ishlab chiqarish yiliga 40,5 mingtadan 170 mingtaga ko‘paytirildi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz farovonligi oshib bormoqda. Odamlarning eng so‘nggi ilm-fan va texnika talablari asosida ishlab chiqarilayotgan tovarlar, shu jumladan qulay, shinam, eng yaxshi texnik va foydalanish xususiyatiga ega avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoji ham tobora ortayotir. Endi bunday avtomobillar mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan yangi qo‘shma korxonada ishlab chiqariladi. Ayni paytda qo‘shma korxona faoliyatining dastlabki bosqichi mahsuli bo‘lgan “Lasetti”, “Matiz”, “Neksiya” va “Damas”larni ishlab chiqarish davom ettiriladi.
“Shevrole”ning uchta – “Captiva”, “Epica” va “Tacuma” rusumdagi avtomobillari ishlab chiqariladi. Bu modellarning tanlangani bejiz emas, albatta. Negaki, ularning har biri xaridorlarning turli ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtda ushbu avtomobillar ajoyib dizayni, yo‘lda kerak bo‘ladigan ko‘plab asbob-uskunalarga egaligi bilan ham ajralib turadi. Bu esa haydovchi va yo‘lovchining barcha talablari e’tiborga olinganidan dalolat beradi.

“Captiva” – barcha texnik talablarga javob beradigan va o‘tish qiyin bo‘lgan yo‘llarda ham harakatlana oladigan, o‘zida sport hamda zamonaviy uslubni uyg‘unlashtirgan mashinadir. Bu “Shevrole”ning Yevropa bozoridagi to‘rt silindrli DOHC dizel dvigateli o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan birinchi modelidir. Bu mashina foydalanilgan gazlar zahrini kamaytiradigan “common rail” yoqilg‘isi bilan ishlaydigan tizimga ega. Bundan tashqari, “Captiva”ga o‘rnatish uchun 133 va 225 ot kuchiga ega benzin bilan ishlaydigan ikkita dvigatel taklif etilmoqda. Mashina konstruksiyasida foydalaniladigan yangi texnologiyalar tik qiyaliklarda yoki kichik tezlikda harakatlanishni aniq nazorat qilishga yordam beradi. Mashina hajmining ixchamligi undan shahar sharoitida ham unumli foydalanish imkonini beradi.

“Captiva”mukammal shaklga ega. Yetti nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan ushbu avtomobilning iqlimni avtomatik tarzda boshqarish tizimi va charm qoplamali saloni qulay hamda ixcham. Uning salonidagi o‘rindiqlar yotqizilsa, mebel sig‘adigan yukxonaga aylanishi mumkin. “Captiva” salonining kengligi bo‘yicha bunday toifadagi eng yaxshi modellardan biridir.

Mazkur mashinada haydovchi uchun ham ko‘plab qulayliklar yaratilgan. Teleskopik rul kolonkasi pastga va balandga ko‘tariladi, markaziy konsolning boshqaruv panelidan ajratilgani haydovchi o‘rindig‘ida bemalol o‘tirish imkonini beradi. “Captiva” yo‘lda qarshiliklarni aniqlovchi va to‘xtashni osonlashtiradigan ultratovushli tizim bilan jihozlangan. Avtomobil konstruksiyasida harakat xavfsizligini ta’minlovchi ko‘plab texnologiyalar qo‘llangan. Tormozni gidravlik kuchaytirgich, balandlikdan tushishda harakatni boshqaradigan, avtomobilni ag‘darilishdan himoyalaydigan, avariya yuz berganda pedallarni ajratadigan tizimlar, to‘g‘ri va yonbosh xavfsizlik yostiqlari, bolalar o‘rindiqlarini mustahkamlagich shular jumlasidandir. Salonning karkasi o‘ta mustahkam po‘latdan tayyorlangan.

“Tacuma” mashinasi dizayni Italiyaning “Pininfarina” kuzov atelyesida ishlab chiqilgan. Kuzovning silliq shakli, bukilgan yonbosh oynalar, chiroyli orqa chiroqlar, 15 dyumli g‘ildirak chambaragi hamda yangi dizayndagi radiator panjarasi mashinaga o‘ziga xos go‘zal qiyofa baxsh etadi. Taklif etilayotgan dvigatellar hajmiga qarab 105 va 121 ot kuchiga ega bo‘lib, 5 bosqichli mexanik transmissiya tezlikni oshirish va yoqilg‘ini tejashni ta’minlaydi. Uning kuzovi zarb kuchini qaytarish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, salonda xavfsizlik yostig‘i va kamarlari bor. Salonning orqa qismidagi uchta alohida o‘rindiqni yig‘ib qo‘yish yoki yechib olish mumkin, ularning orqasida qaytarib qo‘yiladigan stol joylashgan. Shu tariqa “Tacuma” harakatlanishda o‘zida ko‘plab qulaylik va shinamliklarni mujassam etgan hamda kishiga zavq bag‘ishlaydigan ajoyib avtomobildir.


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish