Tadqiqotning metodologik asoslari. Izchillik, tarixiylik, ya‘ni har bir
adib yoki olimga o‗z davri sharoitidan kelib chiqqan holda yondashib, uning
faoliyati va xizmatlarini ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo‗shganligi,
bo‗lg‗usi inkishoflar uchun qanday zamin yaratganligi nuqtai nazaridan tahlil
etish tashkil etadi; Said Ahmadning Istiqlol davri adabiyotini shakllanish va
takomillashishi uchun qo‗shgan hissasi shu nuqtai nazardan turib baholandi.
Tadqiqotni bajarishda yozuvchi asarlari mazmuni va badiiyatini zamondosh
adiblar ijodi, o‗tmish faylasuflar qarashlari hamda tasavvuf adabiyoti
vakillarining ilmiy va badiiy asarlari bilan qiyoslagan holda olib borish ko‗zga
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |