53
Said Ahmad ijodini tahlil qilar ekanmiz mavzu yuzasidan bir necha
xulosalarga kelishni o‗zimizga maqbul deb topdik.
Said Ahmad ijodi tom ma‘noda mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti,
zamonaviy adabiyot ta‘sirini o‗zida saqlagan, ulardan ijodiy foydalana olgan
badiiy olam sanaladi. Ijodkorning fikrlarni berishida XX asr Sharq nasriga xos
bo‗lgan ramzlarga nihoyatda salmoqli murojaat qilish singdirish mavjud. Dunyo
adabiyoti ham, uni o‗z ijodidalari badiiy qayta sayqallangan bu go‗zal olamda
eng birinchi o‗rinda adibning qalbini ko‗rish mumkin. Ijodkor o‗z qalbiga har
tomondan nazar tashlab ko‗radi. Uni taftish qiladi, urushadi, alqaydi, achinadi.
Ko‗ngildek o‗lkan va anglab bo‗lmas olamning nafs iskanjasiga berilib ketgan
damlariga e‘tiroz bildirsa, uning kengliklar tomon yuz burib, uni manil qilishga
intilgan lahzalarini, muhabbat olovini o‗zida jo etgan damlarini qadrlaydi,
sevadi. Ushbu tadqiqot ishining birinchi bobi – ―Adib hikoyalarida inson va
jamiyat munosabati‖ mavzusi borasida shuni ta‘kidlsah lozimki, Said
Ahmadning har bir satridan hayotga muhabbat joy olgan. Uning har bir mii
qalbini tasvir etadi.
Tadqiqotning ikkinchi bobi adib ijodining mavzu ko‗lami hikoyalarda
hayvon obrazi va uning tasnifiga bag‗ishlandi. Ijodkor ko‗plab mavzularga
murojaat qilgan. Ammo ularning barchasini bir ipga terib turgan yagona mavzu
borki, bu muhabbat mavzusi. Muhabbat ilohga, vatanga, ota-onaga, go‗zallikka
va boshqa qator muqaddas tushunchalarga nisbatan mavjud. Muhimi, adib har
bir mavzuni maromiga yetgazib kuylaydi.
Uchinchi bob ―Adib hikoyalarida inson psixologiyasi tasviri‖ga
bag‗ishlanadi. Unda hikoyalar psixologik tahlilga tortiladi.
Adib ijodning asl qaymog‗i ko‗zga tashlanadigan bu bobda Said
Ahmadning badiiylik borasidagi mahoratiga yana bir bor qoyil qolamiz. Chunki
adib biror bir fikrni yalang‗och tarzda bermaydi, biror bir gapni oddiy qilib
o‗quvchiga tutmaydi. Aksincha har bir gap, har bir tushunchani bezab, alohida
e‘tibor ko‗rsatib keyin bizga tutadi. Muallifning o‗xshatmalari, tasvirlari
o‗quvchining yuragini hapiqtiradi, hayajonga soladi. Shuning uchun ham
54
ta‘kidlash lozim bo‗ladiki, badiiylik saviyasi borasida Said Ahmadning
hikoyalarilari alohida ilmiy ish bo‗lishga loyiq. Chunki har bir so‗z musavvirona
ziynatlangan. Shu bilan birga muallif shaxsi alohida obyekt bo‗lib yuzaga
chiqadi. Chunki unda inson va hayot tushunchalari parallel keladi. Muallifning
hayotni qanday anglashi, uning uchun hayot nimani beradi-yu, u hayotdan
nimani kutadi – bilarning barchasiga javob izlanadi. Said Ahmadning hayot
borasidagi qarashlari o‗tmish faylasuflari va adiblari bilan qiyoslanadi. Ulardagi
o‗xshashlik va farqli jihatlarning sabablari va omillari keltiriladi.
Biz Said Ahmad ijodini mana shu ko‗lamda o‗rganib chiqishga harakat
qilamiz. Albatta, kamchiliklar va nuqsonlar bo‗lishi ehtimoldan xoli emas.
Qolaversa, bir narsani alohida ta‘kidlash kerakki, Said Ahmad ijodining tadqiqi
to‗xtab qolishi kerak emas. Uni har tomonlama, xususan adib alohida tekshirib
ko‗rish, ilmiy xulosalarni berish lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: