egalari o‗zlaricha haq bo‗lib chiqaveradi. Javoblar qanchalik xilma-xil
yordamida, ya'ni nutqiy ko‗rinishda namoyon bo‗lishi bari bir ta'kidlanadi.
ma'naviy olamning shakli-shamoyili bo‗lmaganligi uchun, faqat til orqali
anglashiladi yoki anglatiladi. Musavvir go‗zal ranglarga qanchalik ehtiyoj
sezgani kabi so‗z ustasi ham tilning go‗zalliklariga, ifoda tasvir vositalariga
so‗zlar ijodkor qalami yordamida turlicha jilo topib, o‗zimizga zavq beradi.
Buning sababi shundaki: ―Til bir jihatdan tabiat va insondagi go‗zallikni aks
39
ettiruvchi vosita bo‗lsa, ikkinchi jihatdan unda go‗zallikni vujudga keltiruvchi
javharlar ham mavjud‖
10
bo‗ladi. Biz bu kabi lisoniy go‗zallikni mahoratli
yozuvchi Said Ahmad hikoyalari misolida kuzatamiz.
Inson san‘atning mohiyatini anglash barobaridayoq tahlil-talqin kabi
tushunchalarga duch kelgan. Shu davrlardan boshlab san‘atdan ma‘no qidirgan,
uning sexr-joziba sirlarini bilishga intilgan. Chunki san‘at asarlari ijodkor
ko‗nglining tub-tubida paydo bo‗ladigan sehrli olamdir. Unda siyrat fikrlaydi,
surat ijro etadi. Ko‗ngil asrorini oshkor qilish uchun o‗sha olamga kirish, uning
sirlaridan voqif bo‗lish talab qilinadi. Ko‗ngilda kechgan hislarni anglash
hammaga nasib etmaganidek, uni tushunish va baholashga ham kamdan-kam
insonlar muyassar bo‗ladi. Ana shularni munaqqidlar deb atashadi. Ulardan
―...tug‗ma iste‘dod, nafosat tuyg‗usi, adabiy bilim, nozik diddan tashqari o‗zi
tanlagan yo‗lda qat‘iyat, shijoat, xolislik, fidoyilik ham talab etiladi‖
(U.Normatov).
Istiqlol sharofati bilan boshlangan badiiy tafakkurdagi yangilanishlar
adabiyotshunoslik fanining barcha tarkibiy qismlarida o‗z aksini topmokda.
Jumladan, adabiy tanqid sohasidagi tadqikotlarda bo‗y ko‗rsatayotgan turli xil
yondashuvlar buning dalilidir. Adabiy tankidchilikning zimmasida faqat badiiy
va san'at asarlari tahliligina emas, balki tahlil-talqin qilishning nazariy
tomonlari ham qamrab olinganki, shuning o‗ziyoq bu sohaning katta mas'uliyat
talab qilishini ko‗rsatadi.
Barcha yaratiqlardan odam moddiy va jismoniy manfaat kutdi, ularga
istifoda etiladigan narsa debgina qaradi. Xuddi shu ta'mali munosabat tufayli u
boshi berk ko‗chaga kirib qoldi. Odam aqlli, bo‗lgani bois kuchli edi. U
tirikchiligini o‗zi mo‗ljallaganiday yo‗lga qo‗ya boshladi. Bu hol uning o‗ziga
ishonchini orttirdi. Fan va texnikaning rivoji tufayli inson imkoniyatlari yanada
oshdi. Odam boyroq, qudratliroq bo‗la bordi. Lekin u baxtliroq bo‗lolmadi.
Chunki faqat aqlning o‗zi odamni quruqshatib qo‗ydi. U tuyg‗ulardan mahrum
Do'stlaringiz bilan baham: