Mundarija: Kirish Asosiy qism


Lalmikor yerlar uchun tavsiya etilgan almashlab ekish tizimlari



Download 1,14 Mb.
bet9/17
Sana31.12.2021
Hajmi1,14 Mb.
#231234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Lalmikor yerarda almashlab ekish

Lalmikor yerlar uchun tavsiya etilgan almashlab ekish tizimlari.


Almashlab ekish – qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgi-langan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekish ga kiritilgan ekinlarning guruhi ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish jo-riy etilmay, bir yerning o‘ziga bir xil 359ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona o‘tlar ko‘payadi (mas, poliz ekinlarida shumg‘iya, g‘o‘zada vilt, boshoqli g‘alla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar ka-salliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o‘t bosib ke-tishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi.

Bularning biri – Almashlab ekish da yetishtirila-digan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi – biologik xususiyati, yetishti-rish texnologiyasi va tuproq unumdor-ligiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, don-li va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, ko‘p yillik o‘tlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish bo‘linadi. Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘i asosiy (g‘o‘za, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi.

Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘ini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agro-texnika, alohida sug‘orish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga ko‘ra tur (tip)larga bo‘linadi. Almashlab ekishning g‘o‘za –g‘alla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – o‘tlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – o‘tlar; o‘tlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; o‘tlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor.

Lalmikor yerlarda g’alla-toza shudgor, band shudgor, beda almashlab ekishning turli tizimlari, sug’oriladigan yerlarda g’alla almashlab ekish tizimining qisqa rotatsiyali sxemalari ishlab chiqilgan. Tuproqning tabiiy unumdorligini oshirish, tuproqqa ishlov berish, ekish, o’g’itlash, sug’orish kabi hosil yetishtirishning qulay agrotexnik tadbirlari ilmiy asoslangan.

Lalmi yerlarda begona o’tlarni yo’qotishda g’alla-shudgor almashlab ekish tizimlarini joriy etish muhimdir.

Begona o’tlarga qarshi faqatgina agrotexnik tadbirlarni qo’llash bilan yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. CHunki ko’p yillik begona o’tlarning ildizlari 2-3 metr va undan ko’p chuqurlikka yetib borishi mumkin. SHuning uchun agrotexnik tadbirlar bilan birga begona o’tlarni kimyoviy usul bilan o’toq qilish katta ahamiyatga ega.

Bir rotatsiya ichida yillar va dalalar bo’yicha navbatlanadigan ekinlar rejasini qayd qilingan jadvalga rotatsion jadval deyiladi. Ekinlar guruhining ro’yxati va ularning navbatlanishi almashlab ekish tizimi (sxemasi) deyiladi.

Lalmi yerlarda surunkali g’alla ekish, uni organik va mineral o’g’itlar bilan o’g’itlamaslik hosildorlikni yog’ingarchilikka qarab 3-8 ts/ga ga kamaytiradi. Almashlab ekish tizimlari joriy etilib har uch yilda bir marta toza shudgor ko’tarishdan oldin gektariga 10 tonna mahalliy va 40 kg/ga fosfor solish tuproqdagi gumusning 0,5-0,6% ga oshishini, azot, fosfor oziqa moddalarining barqaror ijobiy balansini yuzaga keltiradi.

Almashlab ekish tizimiga ko’ra lalmi yerlarda boshoqli don ekinlari salmog’i haydaladigan yerga nisbatan 60 % bo’lishi talab etiladi. Keyingi davrlarda Respublika bo’yicha haydaladigan lalmi yer maydonlarining
33,6 % boshoqli don bilan band. Bundan ko’rinib turibdiki, Respublikada boshoqli don ekinlari maydonini 1,5-1,8 barobar ko’paytirish imkoniyatlari mavjud.

Lalmikor yerlarda kuzgi bug’doyning qishga va qurg’oqchilikka chidamligi muhim rol o’ynaydi. Bug’doyning qishga chidamliligi o’simlik o’sish fazasiga, qish ob-havosiga va boshqa omillarga bog’liq. Kuzda unib chiqqan bug’doy yaxshi qishlaydi. Unib chiqishi bahorga cho’zilganda bug’doyning turli darajada siyraklanishi yuz beradi. Lalmi yerlarda unib chiqqan bug’doyning past haroratda nobud bo’lishi kamdan kam holatlarda uchraydi.

Lalmi yerlarda bug’doy deyarli har yili qurg’oqchilik ta’siriga uchraydi. Ayrim yillari tuproqda namlik boshoqlash-don to’plash davrlarida o’simlik o’zlashtira olmaydigan darajaga- 5,8 foizga tushadi. Tuproq qurg’oqchiligi bilan havo haroratining keskin ko’tarilishi (+40oS dan+42 oS gacha va undan yuqori) qo’shilib bug’doy hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.

O’tmishdosh. Lalmi bug’doydan barqaror yuqori hosil olishda o’tmishdosh ekin muhim rol o’ynaydi.



Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, g‘o‘za-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi g‘o‘za dalalarini ko‘rsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). O‘zbekistonda xo‘jalikning qaysi soha bo‘yicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qo‘llanilishi mumkin.O‘zbekistonda 1930–90-yillarda ja-moa va davlat xo‘jaliklarida 3:7 sxe-mali donga ajratilgan bir dalali g‘o‘za – beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali g‘o‘za–beda Almashlab ekish va bo‘laklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar – chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qo‘llanildi.

Almashlab ekishning mazkur sxemalarida g‘o‘za salmog‘i 60–70%ni tashkil etdi. 90-yillar boshidan O‘zbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sug‘oriladigan maydonning katta qismi g‘alla ekinlari uchun (1997 yilda kariyb 1 mln.ga) ajratildi. Natijada g‘o‘za yakka-ziroatchiligiga barham berilib, ayrim xo‘jaliklarda g‘o‘za-g‘alla nisbati deyarli teng bo‘lib qoldi.Paxtachilik Almashlab ekish da boshokli don ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga ko‘ra ekinlar quyidagicha: 1 (g‘alla): 2 (beda): 7 (g‘o‘za) – g‘o‘za 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) : 3 (beda) : 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) – g‘o‘za 40% joylash-tirilib, Almashlab ekish dalasida g‘o‘za sal-mog‘ini 10–20% kamaytirishga erishildi.

Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari – 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (g‘o‘za) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (g‘o‘za) : 1 (g‘alla) – g‘o‘za 44,4 – 55,5% bo‘lgan namunaviy tav-siyalar berildi. Sholikor xo‘jaliklarda Almashlab ekishning uch, yetti, to‘qqiz va o‘n dalali sxemalari qo‘llaniladi.

To‘qqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, o‘ris no‘xat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshi-lanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6–70%ni tashkil etadi. Sabza-votchilikda sabzavot ekinlari Almashlab ekishning 360asosiy bo‘g‘ini ko‘p yillik va bir yillik o‘tlardir. Ekishda beda va boshqadukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, ka-ram, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham mo‘l hosil beradi.

Begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sab-zavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp), kartoshka, bodring karamdan key-in eqilganda yaxshi samara beradi. Sab-zavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3–4 yil oralatib eqilgani ma’qul.O‘zbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil da-vomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajo‘xori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga o‘rtagi sabza-vot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin er-tagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin er-tagi sabzavot ekinlaridan karam ekila-di), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi.Almashlab ekish tizimi qishloq xoʻjaligi fanlarining yangi yutuqlari va to‘plangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi.

chopiqtalab ekinlar — sideratli ekinlar; oʼtlar — dalali va b. tur (tip)lari bor. А. e. turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, gʼoʼza-beda Аlmashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi gʼoʼza dalalarini koʼrsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). Oʼzbekistonda xoʼjalikning qaysi soha boʼyicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Аlmashlab ekishning har xil sxemasi qoʼllanilishi mumkin.




    1. Download 1,14 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish