Mundarija kirish asosiy qism


Tarbiyaviy qadriyatlar o`quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashning omili sifatida



Download 174 Kb.
bet5/8
Sana27.05.2020
Hajmi174 Kb.
#57021
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o`roqova m.

3.Tarbiyaviy qadriyatlar o`quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashning omili sifatida


Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga, ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o’rganishmoqda. Yana bir guruh olimlar ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To’rtinchi guruh olimlar shaxs jtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi, deb hisoblashadi. Qarashlar bir-biridan ma’lum darajada farq qilgani bilan, tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Bolaning sotsiumda ijtimoilashuviga esa tarbiyaviy qadriatlaning o`rni va roli beqiyosdir.

Tarbiyaviy qadriyatlar deganda esa, ijobiy tarzdagi ob’ektiv- ijtimoiy shart-sharoitlar, munosabatlar orqali tarbiyalanuvchi shaxsiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi moddiy va ma’naviy voqelik tushuniladi. Tarbiyaviy qadriyatlar o’zida ota-onalar va pedagoglar tarbiyalanuvchi shaxsida moddiy va ma’naviy voqelikni tarkib toptirishni xohlaydigan, fuqarolik jamiyati uchun foydali, mazkur ijtimoiy sharoitda muhim va zaruriy ahamiyat kasb etuvchi fazilat, sifat, xohish-istak, intilish kabilarni aks ettiradi.

Tarbiyaviy qadriyatlar to’rt asosiy o’zaro uyg’un manbaiga ega:


  1. genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy;

  2. tabiiy;

  3. sotsiumga doir;

  4. ijtimoiy-kosmik.

Quyida mazkur tarbiyaviy qadriyat manbalariga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz:

1. Genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy tarbiyaviy qadriyat manbalari. Genetik tarbiyaviy qadriyat manbalariga instinkt(organizmning tashqi va ichki muhitning reaksiyasiga javobi psixik jarayonlar, individning energetik rusurslari kabi tabiiy-genetik fenomenlar kiradi. Aynan instinkt asosida shaxs xulqida iroda, sog’lom turmush tarzi, ehtiyotkorlik kabi tarbiyaviy qadriyatlar shakllanadi. Muhim ahamiyatga ega organizmning sog’lomligi, uning barcha intellektual va jismoniy mohiyatga ega kuchlarni rivojlantirishga potensial imkoniyati tarbiyaviy qadriyati psixosomatik jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Psixosomatik jarayonlar o’z navbatida individning jismoniy sog’lomligi, erki, irodasi, maqsadga yo’nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o’ziga ishonch kabi individual-shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetik-psixosomatik hodisalar mustaqillik, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog’liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi.

2. Tarbiyaviy qadriyatlarning yana bir asosiy manbai – bu tabiat dunyosidir. Inson tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat bilan o’zaro munosabati ko’p jihatdan har bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan me’yoriy o’zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi. Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy, jismoniy-sog’lomlashtiruvchi va ma’naviy qadriyat sifatida aks etadi. Tabiatdagi har bir narsa-hodisa individni tarbiyalaydi.

Tarbiyaviy qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat, inson va jamiyatga nisbatan muhim qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo bo’lishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi haqidagi falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiyaviy-qadriyatli, ilmiy-bilishga doir munosabatni rivojlantirish unda ilmiy, bilim, ko’nikma va malakalarni egallash; real moddiy hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy hayot mohiyatini falsafiy jihatdan tushunib yetish; tabiat qonunlari bilan bog’liqlikda tabiiy boyliklarni o’zlashtirishdagi amaliy harakatga intilishni rag’batlaydi.

Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida ob’ektiv go’zallik hodisasidir. Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go’zalligini idrok etish va yaratish qobiliyatini shakllantiradi.

3. Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sotsium ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlarni yaratadi, balki uning o’zi ham mohiyatiga ko’ra tabiiy va muhim tarbiyaviy qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglar, davlat va jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o’zlarida tarbiyalanuvchilarga yorqin va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va xulq-atvori namunasini aks ettiradi. Har qanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli, ijodkor, yaratuvchan, mas’uliyatli inson o’zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda etadi.

4. Nihoyat, yana bir muhim tarbiyaviy qadriyat sifatida Kosmos: insonning u haqidagi o’y-fikrlari, tasavvurlari, farazlari, afsonalari aks etadi. CHunki Kosmos insonga kosmik fazoga xayolan intilishni, uni o’zlashtirish ishtiyoqni, inson va insoniyatning abadiy mavjudligi haqidagi ta’limotni, astrofizik va astronavtik apparatlarni loyihalashni taqdim etdi. Eng asosiysi, Kosmos insonga hayot mazmunini anglab yetishga katta ta’sir o’tkazdi5.

Yuqorida bayon etilgan manbalar tahlilidan ko’rinadiki, tarbiyaviy qadriyatlar ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo’lishi; mazkur qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo’lmasligi; tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo’la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga xizmat qiladi. Ana shu bilan bog’liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut – shu jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan bog’liq (vaqtinchalik) – aniq-tarixiy; barqaror – mental, etnik; individual-shaxsiy kabi turlarga bo’linadi.




Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish