Ocherk (rus.) — badiiy adabiyotning epik tur janrlaridan biri.
Ocherk oʻzining hozirjavobligi, ishonarliligi, haqiqiy hayotda roʻy bergan voqealarni ifodalash, hujjatlarga asoslapganligi bilan ajralib turadi. Ocherk badiiy toʻqimadan unumli foydalana olmasligi, qahramonni tipiklashtirish va indi-viduallashtirish hamda asarning syujet va kompozitsiyey qurilishini bel-gilashda yozuvchining ijodiy yondashu-vi bir qadar cheklanganligi bilan epik turning hikoya, qissa, roman janrlaridan farq qiladi.
Chunki ocherknavis aniqtarixiy sharoitda boʻlib oʻtgan, oʻzi koʻrgan, guvohi boʻlgan voqeani qalamga oladi, yaratajak qahramoni bilan yuzma-yuz suxbatlashadi, uning hayoti va faoliyatini aniq ifodalaydi. Shu jihatdan Ocherkda muallif oʻz qahramoniga nisbatan xayrixohligidan kelib chiqib, unda uchramaydigan sifatlarni yukla-maydi. Ocherk erkin kompozitsiya asosida yaratiladi. Unda hikoya, qissa, roman, dramalardagidek muallif "ixtiyoridan tashqari" turadigan mustahkam kompozitsion markaz boʻlavermaydi.
Ocherk hayotni aks ettirish tamoyillari jihatidan lirikaga yaqin turadi. Chunki Ocherk janrida ham muallif xuddi lirikadagi singari hayotdan olgan taas-surotlarini, unga munosabatini, ichki kechinmalarini bemalol ifodalash imkoniga ega.
Oʻzbek adabiyoti uchun Ocherk janr sifatida yangi boʻlsa ham (u, asosan, 20-asrning 20—30-yillarida kirib kelgan), uning ildizlari mumtoz adabiyotning ilk namunalaridan oziqlanadi. Mac, UrxunYenisey va Kultegin yodnomalari, "Boburnoma" asarlarida Ocherkga xos hujjatlilik seziladi. Ocherk aslida jami-yatdagi ijtimoiy munosabatlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq ravishda rivoj topadi. Dastlabki paytda Ocherk janrining shakllanishiga Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor singari adiblar, keyinroq Nazir Safarov, Yoʻldosh Shamsharov, Habib Noʻʼmon, Sunnatillo Anorboyev, Rasul Rahmon va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Hozirgi oʻzbek adabiyotida Ocherk taraqqiyoti Dadaxon Nuriy, Yoqubjon Xoʻjamberdiyev kabilarning nomlari bilan bogʻliq. Ocherk tanlangan mavzu va yoʻnalishiga koʻra, yoʻl Ocherklari, muammoli Ocherklar, portret Ocherklar, sud Ocherk lari kabi koʻri-nishlarga ega. Har qanday Ocherkda qam yozuvchi hayotiy voqealarni real, rost-goʻylik bilan tasvirlab berishga masʼ-uldir. Keyingi yillarda Ocherkjanri ham mazmunan, ham shaklan bir oz chekinishga yuz tutdi.
Bir tanqidchi bir adabiy asar to‘g‘risida yozgan maqolasida asarning falon yeridan: «Ocherk hidi keladi», deb burnini jiyiradi.
Ocherkning hidi kelganda burnini jiyirgan tanqidchi ocherkistning o‘zini ko‘rsa nima deydi! Ocherkist o‘zini yozuvchi deb atasa, ayniqsa Yozuvchilar soyuziga kirgani ariza bersa, bu xildagi tanqidchilar, adabiyot xonaqosiga o‘t tushdi deb, dod solmaydimi?
Bu xildagi «tanqidchilar»ning fahmicha, ocherk bilan hikoya ikki olam. Ocherk yerda, hikoya ko‘kda. Hikoya gunohkor bo‘lib yerga, ocherk olamiga tushib ketishi mumkin, ammo ocherk hech qachon qanot bog‘lab hikoya ko‘kiga ko‘tarila olmaydi. Ocherk loydan, hikoya nurdan yaratilgan.
Ocherk bilan hikoyaga bu xilda qaraydigan kishilardan bu ikki janrning farqini so‘ramang — xijolat bo‘lasiz. «Shuni ham bilmaysanmi?» degan ishora qilib iljayadi. Kishi bilmaganiii bilsa va bilish uchun so‘rasa hech aybi yo‘q deysizmi? Xayr, so‘rang. «Men bilmayman, sizday bir adabiyotshunosning mo‘‘tabar fikrini eshitgani keldim», deng. U vaqtda «mo‘‘tabar fikr»ni eshitasiz, lekin qattiq ishonamanki, bu mo‘‘tabar fikr til kelishmaydigai son-sanoqsiz terminlar, talay tsitatalardan iborat bo‘lib, sizga hech narsa bermaydi. Natijada, bilolmay qolasiz: bu odam shuncha termin va tsitatalar vositasi bilan fikr bayon qilmoqchi bo‘ldimi, yo fikr bayon qilish bahonasi bilan shu terminlar, shu tsitatalarni bilganligini aytmoqchi bo‘ldimi?
Siz agar bu ikki janr orasidagi ayirma haqida uning fikrini bilishga juda ham qiziqsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘liga bir asarni bering-da: «Bu hikoyami, ocherkmi?» deng. Shunday qilsangiz, u hech qanday termin, o‘z fikri bo‘lmagani uchun ijaraga olgani hech qanday tsitata ostiga qochib kirolmaydi. Asaringizda masalan: «Tovuq tomdan uchib tushdi», degan jumla uchrasa, «mo‘‘tabar fikr» egasi burnini jiyirib: «Bu ocherk» deydi: agar: «Tovuq tomning labidan sakrab, kanotlarini qoqa-qoqa havolarni to‘lqinlatib tushdi», deb yozilgan bo‘lsa, chehrasi ochilib: «Bu lirik hikoya», deydi.
Buyuk Pushkin hozir tirik bo‘lsa «Hayot qo‘shig‘i» degan hikoyalar to‘plami chiqargan Ma’ruf Hakimning qulog‘idan cho‘zib, yuziga bir tarsaki urar va: «Pushti gullagan o‘riklar o‘z gullarini to‘kib, dovuchcha tugar edi», «Otning jilovini siltab, tezlashini qistadi» («Uchrashuv») dema, «O‘rik gulini to‘kkan edi», «Otni jadallatdi» degin, der edi. Pushkinning o‘zi shunday yozgan. Bunga uning hamma proza asarlari dalil. Shunday yozgangina emas, zamondosh bo‘lgan adiblardan ham shuni talab qilgan edi.
Ocherkka bunday nazar bilan qarash, umuman, adabiyotni bilmaslik orqasida uni boshqa janrlardan kam ko‘rish, ikkinchi sort janr, deb bilishning natijasidir.
Meditsinaning talay tarmoqlari bor: fiziologiya, osteologiya, gistologiya, miologiya va boshqalar. Bu ilmlarning har qaysisi turli «material»da, turli yo‘l bilan bir maqsad uchun xizmat qiladi: kishilarni kasallikdan saqlash, kishi kasal bo‘lgan taqdirda tuzalgani yordam berish. Endi meditsinaga: «Bu ilmlarning ahamiyat jihatidan qaysinisi birinchi o‘rinda-yu, qaysinisi o‘ninchi, yigirmanchi o‘rinda?» deb savol qo‘yish mumkiimi? Konkret hollarda birining roli katta, birining roli kichik va hatto mutlaqo rol o‘ynamasligi mumkin.
Adabiyotda prozaning ham turli tarmoqlari — janrlari bor: hikoya, ocherk, roman, povest. Bular ham turli materialda, turli yo‘l bilan bir maqsad uchun xizmat qiladi. Konkret hollarda bulariing ham, biri katta, biri kichik rol o‘ynashi mumkin. Shunday bo‘lgandan keyin: «Hikoya ahamiyatli janrmi, ocherkmi?» deb savol qo‘yish o‘rinli bo‘ladimi? Demak, ocherkning materiali, yozilishi boshqa janrlardan farq qilar ekan, bu farq uni adabiyotda ikkinchi darajali janr deyishga mutlaqo asos bo‘lolmaydi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, ocherk ham adabiyotda to‘la huquqyai janr. Ocherkist — yozuvchidir.
Ba’zan: «Ocherk odamni zavqlantirmaydi», degan gaplarni eshitishga to‘g‘ri keladi. Ocherk odamni zavqlantirmasa, ocherk bo‘lgani uchun emas, yomon yozilgani uchun zavqlantirmaydi. Yomon yozilgan hikoya, povest, roman zavqlantiradimi bo‘lmasa? Bizda so‘nggi yillarda bosilib chiqqan ko‘p hikoyalarni V. Kataevning ozod qilingan o‘lkalarda yurib yozgan ocherklariga solishtirib qaraylik. Qaysinisi zavqlantiradi? Demak, gap janrda emas, asarning qanday yozilganida. Hikoya hikoyanavisdan qancha mehnat, qancha mohirlik, qancha madaniyat talab qilsa, ocherk ham ocherkistdan shuncha mehnat, shuncha mohirlik, shuncha madaniyat talab qiladi. Yaxshi hikoya uzoq umrli bo‘lsa, yaxshi ocherk ham uzoq umrli bo‘la oladi. Chexovning hikoyalari bugun qancha sevib o‘qilsa, Uspenskiyning ocherklari ham shuncha sevilib o‘qiladi. Chexovning ko‘p hikoyalari klassik hikoyalar hisoblansa, Radishchevning «Peterburgdan Moskvaga sayohat»i, Pushkinning «Arzrumga sayohat»i rus adabiyotida ocherkning klassik namunalari hisoblanadi.
Bizda yaxshi ocherklar yo‘q hisobi. Ocherkka hozirgi nazar shuning natijasidir. Yaxshi ocherk bo‘lmagani sababli, bu janrning nazarga kira olmayotganligi, o‘z navbatida bu janrning taraqqiy qilishiga xalal berayotipti. «Ipak qurti ilgari bino bo‘lganmi, qurt urug‘i kapalagimi?» deganday, boshi-keti yo‘q bir muammo bo‘lib qolayotipti. Lekin, har holda, bizningcha, yaxshi ocherkning bo‘lmasligiga sabab, unga yomon nazar bilan qaralishi bo‘lsa kerak. Bugungacha qancha yomon hikoyalar, she’rlar to‘plami chiqdi, hech qanday qimmati bo‘lmagan pesalar bosildi. Ammo yomon ocherklar to‘plami chiqqani yo‘q.
Ko‘pincha yomon she’r yosh shoirni, yomon hikoya yosh hnxoyakavisni rag‘batlantirish uchun-ku bosiladi, nima uchun xuddi shuningdek yosh ocherkistni rag‘batlantirish kerak emas? Holbuki, yomon she’rlar, yomon hikoyalar, yomon pesalar o‘quvchiga hech narsa bermagani holda, yomon ocherk hech bo‘lmasa o‘z ob’ekti to‘g‘risida o‘quvchida ma’lum tasavvur hosil qiladi. Bu gaplarni aytishdan murod xalturaga yo‘l ochish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni ta’na qilib, ongli ravishda xato qilishni talab qilish ham emas, albatta. Bundan maqsad ocherkka to‘la huquqli bir janr, deb qaralmasligini ta’na qilishdir.
Hikoyanavis kitobxonga aytishi zarur bo‘lib qolgan quvonchini, hasratini tipik bir voqeaga soladi. Voqea tipik bo‘lgani uchun o‘quvchining esiga o‘zi ko‘rgan yo eshitgan boshqa voqealar tushadi; hikoya personajlari bilan o‘zi bilgan kishilar, ba’zan o‘zi orasida qandaydir yaqinlik ko‘radi; hikoya qahramoni, undagi personajlarga o‘zi bilgan kishilarni, ba’zan o‘zini qarshi qo‘yadi. Bunday vaqtda o‘quvchi hech qachon loqayd qololmaydi, voqeaga va bu voqeani vujudga keltirgan kishilarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi.
Hikoya qilgan ishni ocherk ham qila oladi. Biroq uning vositalari, imkoniyatlari hikoyaga qaraganda boshqachadir. Hikoyanavis ko‘p hodisalarni umumlashtiruvchi voqea yaratsa, ocherkist bir voqeaning xarakterli chiziqlarini tanlab olish yo‘li bilan uni tipiklashtiradi.
Ocherkist o‘zi bevosita ko‘rgan, mushohada qilgan kishilar, hodisalar to‘g‘risida yozgani uchun fantaziyadan foydalanmaydi. Foydalangan taqdirda ham ma’lum chegaradan nari o‘tolmaydi. Hikoyanavis, masalan, o‘zining keksa qahramonida yoshlik tuyg‘usi uyg‘onganini aytmoqchi bo‘lsa, unga shu his uyg‘onganligini ko‘rsatadigan bir ish qildiradi, so‘zlatadi. Ocherkist o‘z qahramonida shunday tuyg‘u uyg‘onganligini aytmoqchi bo‘lsa, unga hech qanday ish qildirolmaydi, so‘z ham ayttirolmaydi, chunki bu qahramon — konkret odam, ertasiga: «Men qachon o‘shanday ish qildim, qachon shunday gapni gapirdim», deb ocherkistning yoqasidan tutishi mumkin. Qahramon indamagan taqdirda ham uni tanigan, bilgan odamlar aytadi. Soxta voqea hikoyani bir pul qilganiday, erkin fantaziya ocherkni bir pul qiladi.
Ocherkist hikoyanavisda bo‘lgan bu imkoniyatlardai mahrum bo‘lsa, uning boshqa imkoniyatlari bor. U hikoyada o‘ziga o‘rin topolmaydigan muhokama qilish, xulosa chikarish, o‘z fikrini bayon qilishdek imkoniyatlarga ega.
Dongdor paxtakorlarimizdan biri to‘g‘risida ocherk yozishga to‘g‘ri keldi. Qahramonimiz so‘z orasida bolalik va yigitlik chog‘lari nima bo‘lib o‘tganini bilmaganini aytdi. Men uning bolalik yillari qanday o‘tganligi bilan tanishganimdan keyin, muhokama yurgizdim, ya’ni ocherk imkoniyatidan foydalandim:
«Bolalikda har narsa, har hodisa bir yangilik bo‘lib xotirda ma’lum iz qoldiradi. Xotirda iz qoldiruvchi yangiliklar bilan to‘la bo‘lgan yoshlik kunlari «uzun», yillari «barakali» tuyuladi. Kishining bugun ko‘rayotganlari kecha ko‘rganlarining takrorlanishidan iborat bo‘lsa, yillardan «baraka qochadi»... Bolalikdagi yillari bir-biriga o‘xshagan «quyma yillar» bo‘lib o‘tgan kishi ulg‘ayganda bolaligining nima bo‘lib o‘tganini bilmaganligidan noliydi...»
Hikoyanavis qo‘liga qalam olmasdan burun o‘z oldiga aniq bir maqsadni qo‘yib, ixtiyorida bo‘lgan materialdan shunga qarab foydalanadi. Maqsad yozuvchining o‘ziga «umuman» ma’lum, lekin aniq-ravshan bo‘lmasa, hikoya ortiqcha detallar, keraksiz tafsilotlar bilan og‘irlashadi. Ko‘pincha yosh hikoyanavislar aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni juda ham aniqlab olmaydilar-da, nazarlariga qanday detal, qaiday tafsilot, qanday so‘z yaxshi ko‘rinsa hikoyaga kiritaveradilar. Natijada hikoya shishib ketadi yoki hech tamom bo‘lmaydi.
Ocherkist ham o‘z ob’ektiga yaqinlashgan vaqtida aniq bir maqsad ko‘zlashi kerak. Maqsad aniq bo‘lmasa ocherk faktlarni registratsiya qilishdan iborat bo‘lib qoladi. Ocherkist, masalan, «Ayollar ozodligi faqat paranji tashlashdangina iborat emas» degan haqiqatni ko‘rsatish maqsadi bilan biron ayolni olar ekan, bu ayol to‘g‘risida nima bilsa, unga bog‘langan qanday hodisa ko‘ziga ko‘rinsa hammasini ocherkka kirgizavermaydi, maqsadga xizmat qilmaydigan faktlar, taassurotlar qanday qiziq, qanday chiroyli bo‘lmasin ocherkistning bloknotida foydalanilmay qolaveradi.
Turmushni chuqur anglash, uning hodisalarini tahlil qila bilish, ba’zan kundalik ikir-chikirlar g‘uborni bosib, yuzini xiralagan hayot haqiqatining jilosini ko‘ra olish hikoyanavisdan qancha talab qilinsa, ocherkistdan ham shuncha talab qilinadi.
Mana shu aytilganlardan hikoya bilan ocherkning asosiy xususiyatlari anglashilsa kerak. Shu xususiyatlar bu ikki janrni bir-biridan farq qildiradi, lekin ikkovining orasiga qat’iy suratda bir chiziq tortish mumkin emas, negaki, yaxshi va shirali til bilan yozilgan, yaxshi umumlashtirilgan, obraz yaratilgan ocherk — hikoyadir. Katta Farg‘ona kanali qazilayotgan kunlarda xalq tashabbusini, qahramonligini ko‘rsatadigan qancha tipik voqealar yuz berdi. Bularning har qaysisi tipik voqea — turmushning bir parchasi bo‘lganligi uchun hikoya, yozuvchi tomonidan o‘ylab chiqarilmagani, umumlashgan konkret bir hodisa bo‘lgani uchun ocherk deyish mumkin. Shunday bo‘lgandan keyin bu ikki janr orasiga qanday qilib qat’iy bir chiziq tortib bo‘ladi? «Voqeiy» deb ataganimiz hikoya — ocherk, tipik voqea tasvir etilgan ocherk — voqeiy hikoya emasmi?
Bizning kunlarda ocherk adabiy harakatning oldingi safida turishi kerak. Mamlakat hayotining har sohasida kun sayin emas, soat sayin katta-katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Kishilarning yangidan-yangi sifatlari ko‘rinmoqda. Xalqimiz o‘zi qilayotgan buyuk olamshumul ishlarni, o‘zi tarbiyalagan kishilarni, o‘z ichidan chiqqan qahramonlarni ko‘rishi kerak. Turmushning har sohasidan olingan konkret misollar bilan ommani tarbiyalashda adabiyotning hamma janrlaridan ko‘ra ocherk chaqqonroq janrdir. Ocherkistning vazifasi mana shunday mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli vazifadir.
Adib dunyoga kelib, esini tanib, ilk bor ko‘nglida og‘ir taassurot qoldirgan narsa-hayotda keng tarqalgan tengsizlik, mutelik, fikrlashdan mahrumlik, qullik psixologiyasidir. Yozuvchining ilk muvaffaqiyatli chiqqan hikoyasi «Boshsiz odam»dayoq mustaqil fikrlashdan mahrum, mute bir kimsaning hajviy xarakteri yaratilgan. Shundan keyin yozuvchi butun ijodi davomida bu toifa nomustaqil, mute odamlar obraziga takror-takror murojaat etadi. Har gal bu ijtimoiy illatning qandaydir yangi bir qirrasini ochadi.
Garchi «O‘tmishdan ertaklar»dan keyin ham bir qator hikoyalar, «Muhabbat» qissasi yaratilgan, ularda qahhorona bitilgan satrlar bo‘lsa-da, badiiy yetuklik jihatidan ,,O‘tmishdan ertaklar» bilan tenglasha olmaydi
«Bemor»dagi Sotiboldining boshiga tushgan kulfat-og‘ir kasal yotgan xotini dardiga davo izlab yelib-yugurishlari, bu soddadil odamning omonat dalda, maslahatlarga umid bog‘lab yanada xarob, nochor holga tushishi; «O‘g‘ri»dagi jabrdiyda cholning najot kutib mansabdorlar huzurida dovdirab, dildirab turishlari, himmat o‘rniga tahqirlanishi, kamsitish-u xo‘rlashlarga befarqligi; ,,O‘tmishdan ertaklar»dagi Babarning ro‘y bergan falokatlardan gangib, o‘zini yo‘qotar holga tushishi, o‘g‘irlikda gumon qilinib, otqorovul yur desa yurib, tur desa turib, o‘q uzganda kiprik qoqmay jovdirashi, siyosat uchun do‘konga qamab qo‘yganida, ochiq turgan eshikdan chiqib ketmay, qish sovug‘ida tarashadek qotishi-mana shunday jabrdiyda, mute, nochor, xo‘rlangan odamlar qismati bilan tanishganda, bir tomondan, ular holiga behad achinasiz.
Shaxs erki, huquqi, mutelik, qullik psixologiyasi ifodasi, talqini bobida XX asr adabiyotida Cho‘lpon an’analarini eng izchil davom ettirgan adib ayni shu Qahhorning o‘zidir. Qahhorning yuqorida tilga olingan asarlari, personajlari xuddi Cho‘lpondagi kabi mustabid tuzum sharoitida inson haq-huquqining poymol etilishiga qarshi o‘ziga xos isyondir. Darhaqiqat, Stalin vafotidan so‘ng momaqaldiroq sadosi tufayli ko‘plar qatori yozuvchi ko‘nglida katta orzu-umidlar uyg‘ondi, odamlar qullik. mutelik zanjirlaridan xalos bo‘lishga, o‘z sha’ni, erki uchun dadil kurash yo‘liga kirishiga umid bog‘ladi. Adibning bu orzu-umidlari ..Ming bir jon», «Sinchalak» kabi asarlarida, romantik ruhdagi qahramonlarida muayyan darajada ifodasini ham topdi. Biroq bu umid-ishonchlar sekin-asta yo‘qqa chiqa bordi; chunki totalitar rejim mohiyat-e’tibori bilan o‘zgarishsiz qoldi, inson haq-huquqini, erkini, sha’nini toptash davom etdi, ijtimoiy adolat yo‘lida kurashga otlanganlar ta’qib, tazyiq ostiga olindi; jumladan, yozuvchining har bir haq gapi, dadil chiqishi qattiq qarshiliklarga uchradi. Itoatkor, mute olamon, maddoh qalamkashlar rahbariyat, totalitar rejim siyosatini ko‘r-ko‘rona olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Adibning yaqin safdoshlari dildan uining tomonida tursalar-da, ko‘p hollarda, qaltis daqiqalarda oshkora himoya qilishga jur’at etolmadilar, shunchaki ko‘ngil so‘rash bilan cheklandilar, sukut saqlashga majbur bo‘ldilar. Yozuvchi bu telba dunyoning bu xildagi telbaliklaridan iztirobda yurdi. «Tobutdan tovush» komediyasi tevaragidagi mashmashalar payti bu hol yaqqol namoyon bo‘ldi. Ana shunday kezlarda tug‘ilgan ,,O‘tmishdan ertaklar»da o‘z-o‘zidan adibning kayfiyatiga mos kechmishining g‘am-g‘ussaga tola malomatli lavhalari qog‘ozga tushishi tabiiy edi; asarda yarim asr burungi voqealar oltmish yosh bo‘sag‘asida turgan adibning og‘ir ruhiy kayfiyatlari-armonlari, alamli o‘y-tuyg‘ulari izhori uchun qulay vosita xizmatini o‘tadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda adib hayotlik vaqtida o’zi qo’li bilan tartib berilgan olti jildlik asarlari majmuasi faqat birinchi jiltigina hikoyalardan tashkil topgan.
Ijodning bor yo’g’i oltidan beri. Lekin, baribir, oltidan bir ijod samarasi uning yozuvchulik qiyofasini belgilovchi bosh omil bo’lib qolayotir. A.Qahhor o’zning aytishicha . “Qalb harorati bilan ilitilmagan, dardsiz, ehtirossiz yozilgan sovuq asarlar”ga mutloqo qarshi edi.
Bizning kunlarda ocherk adabiy harakatning oldingi safida turishi kerak. Mamlakat hayotining har sohasida kun sayin emas, soat sayin katta-katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Kishilarning yangidan-yangi sifatlari ko‘rinmoqda. Xalqimiz o‘zi qilayotgan buyuk olamshumul ishlarni, o‘zi tarbiyalagan kishilarni, o‘z ichidan chiqqan qahramonlarni ko‘rishi kerak. Turmushning har sohasidan olingan konkret misollar bilan ommani tarbiyalashda adabiyotning hamma janrlaridan ko‘ra ocherk chaqqonroq janrdir. Ocherkistning vazifasi mana shunday mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |