Bog'liq sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompotentlari
2. Laboratoriya binolariga qo’yiladigan talablar. Korxona laboratoriyalari asosiy tsehlarga yaqin qilinib ishlab chiqarish binolarida joylashadi. Аyrim hollarda ma`muriy binolar joylashgan bo’ladi. Аyrim hollarda laboratoriya alohida binolarda joylashgan bo’ladi. Laboratoriyani loyihalashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Binoning joylashishi, shimolga, shimoliy sharq yoki shimoliy g’arbtomonida joylashishi kerak.
Laboratoriyalarni 1-qavatda joylashishi, juda bo’masa 2-qavatdajoylashishi kerak.
Laboratoriya binosi odamlar ko’p yuradigan yoki ko’p faoliyatko’rsatadigan joylardan uzoq bo’lishi kerak.
Binolar iloji boricha kunduzgi yoritish vositalari (lampalari) bilanyoritilishi kerak.
Laboratoriya binolari qayishqoq tebrantiradigan shovqin chiqaradigan,issiqlik chiqaradigan, namlik tarqatadigan tsexlardan holi bo’lishi kerak.
Laboratoriya binolari balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Laboratoriya iloji boricha xizmat ko’rsatadigan bo’limlarga yaqin bo’lishikerak. Xom ashyo omboriga uzoq bo’lmasligi kerak.
Laboratoriyaning rejalashtirishning 2ta yo’nalishi mavjud:
Katta zallardan yirik bo’limlarni joylashtirish.
Kichik-kichik bo’limlarga ajratib katta bo’lmagan xonalarga joylashtirish.
Kichkina laboratoriyalarda 10-15 ta xodimlar ishlaganda bo’limlarning soni 3-4 ta bo’ladi. Аgar laborantlarning soni 40-50 ta bo’lsa, bo’limlarning soni 10-15 tagacha bo’lishi mumkin.
Tavsiya etilgan bo’limlar: 1.Paxta tozalash zavodlarida quyidagi bo’limlar bo’lishi mumkin:
a)xom ashyo va zavod qoshidagi laboratoriyalar;
b)tayyor mahsulot sinash bo’limi;
v)texnologik jarayonlarni nazorat bo’limi;
g)namlikni aniqlash bo’limi;
d)ifloslanganlik darajasini aniqlash bo’limi;
e)kimyoviy laboratoriya;
j)ikkilamchi xom ashyo laboratoriyasi va boshqalar.
Hozirgi zamonda paxta tozalash sohasida tolaning sifatni aniqlashning klasser usuli HVI tizimi yordamida aniqlash yo’lga qo’yilgan.
2.Yigirish korxonalari laboratoriyalari:
a)xom ashyoni sinash bo’limi;
b)yarim mahsulotlarni sinash bo’limi;
v)tayyor mahsulotni sinash bo’limi;
g)namlikni aniqlash sinash bo’limi;
d)iflosligini aniqlash bo’limi;
e)agar ilmiy tekshirishlar rejalashtirilgan bo’lsa, geometrik xossalarni
aniqlash bo’limi;
j)fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash bo’limi;
z)notekisligini baholash bo’limi.
3.To’quvchilik korxonalari laboratoriyalari:
a)xom ashyoni sinash bo’limi;
b)tayyor mahsulot bo’limi;
v)texnologik jarayonlarni nazorat bo’limi;
g)oxorlarni sinash bo’limi;
d)namlikni aniqlash bo’limi;
e)texnikaviy nazorat bo’limi.
4.Ipak korxonalari laboratoriyalari.
a)xom ashyoni sinash bo’limi;
b)fizik-mexanik xossalarii sinash bo’limi;
v)seriplan xonasi;
g)qayta o’rash qobiliyatini sinash bo’limi;
d)namlikni aniqlash bo’limi;
e)kimyoviy laboratoriya;
Bu bo’limlarni odatda muhandislar boshqaradi. Аsosiy bo’limlardan tashqari quyidagi yordamchi bo’limlarni nazarda tutish kerak: 1.Namunalarni va saqlash bo’limi;
2.Tarozilar xonasi.
3.Hisoblash xonasi.
4.Ta`mirlash ustaxonasi;
5.Rasm kabinetlar;
6.Laboratoriya mudiri xonasi.
Laboratoriyalarning turlari bo’yicha, har bir ishlovchiga lozim bo’lgan maydon (m2) dagi va xonaning hajmi (m3).
Ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalariga 5m2, hajmi 15 m3 bo’lgan laboratoriyalar.
tip ilmiy tekshirish laboratoriyalari uchun 9 m2, 21-27 m3.
tip - o’quv laboratoriyalarga 5 m2, 15 m3.
Bu xonalar 4 burchak shaklda bo’lishi kerak. Ular alohida xonalar bo’lishi kerak. Stullar oralig’i har xil, ya`ni 6x6 yoki 12x6, 12x12, 12x18 bo’lishi mukin. Ko’proq 6x6 moduldan foydalaniladi.
Sanitar me`yorlari va qoidalar bo’yicha xonalarning eniga jadvalda chegaralar belgilangan:
jadvalda
Eni
o’lchov, m
min
max
o’tish joyi
1,0
-
Yo`lak
1,4
-
Eshik
0,8
2,4
Zinapoya maydoni
1,15
2,4
Ish joyidan chiqish masofasi 30-75 m, ko’p qavatli binolarda 25-50 m bo’lishi kerak.
Jihozlarni joylashtirish:
GPI-1 ning loyihasi bo’yicha 7 ming tonna paxta qayta ishlanadigan 6 ming tonna T=19 teks ip ishlab chiqaradigan korxonasi laboratoriyasi loyihalangan (10 000 yigirish urchug’i).
13.1-rasm. Yigirish korxonasi sinov laboratoriyasi loyihasi sxemasi.
1.Ipni sinash bo’limi 47,5 m2;
2.Yarim mahsulotlar bo’limi (xom ashyo ham) 28 kv.m;
3.Mexanik ta`mirlash bo’limi. 13,5 kv.m;
4.Ilmiy tekshirish bo’limi 18 m2;
5.Namunalarni saqlash va namlikni aniqlash. 13 m2;
6.Laboratoriya mudiri kabineti. 11 m2; 1-bo’limda joylashgan anjomlar:
Yakka iplarni mustahkamligini aniqlash. RM-3M asbobi;