Kurs ishi predmeti: Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi quyidagilarda o’z ifodasini topgan
Inson hayot muhitini muhofaza qilish va yaxshilash borasidagi ilmiy – nazariy asoslari taxlil qilindi.
O’zbekistonda atrof - muhitdan foydalanish holatini o’rganildi.
O’zbekistonda yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini o’zgarishi sharoitida yerdan foydalanish holati tahlil qilindi.
O’zbekistonda tabiiy resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish yo’nalishlarini aniqlash va bu bo’yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ishning ilmiy ahamiyati, ushbu ish yuzasidan olib borilgan izlanishlardan, ma’lumotlardan ilmiy maqolalar yozishda va amaliy qo’llanmalar tayyorlashda, talabalar, o’quvchilar, aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish uchun foydalanish mumkin. Kelgusida yosh avlodga bilim ko’nikmalar berishda tayanch vazifasini o’tashi mumkin.
Ishning xajmi: Kurs ishi 30 sahifadan iborat bo’lib unda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, internet manzillari mujassamlashgan.
I.Bob. Inson hayot muhitini muhofaza qilish va yaxshilash
1.1. Tabiatdan oqilona foydalanish. Atrof muhit muhofazasi
Tabiatdan oqilona foydalanish tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ularni qayta tiklash hamda atrof muhitni insonning ekologik muhiti sifatida muhofaza qilishni ham taqoza etadi. Shu sababli atrof muhit muammolari hozirgi davrning eng muhim muammolari jumlasiga kiradi. Insoniyatning beshikast mavjudligi ham ko‘p jihatdan atrof muhit muammosining to‘g‘ri hal etilishiga bevosita bog‘liq. Bu muammoning muhimligi va jiddiyligi esa tabiiy resurslardan tobora ko‘proq foydalanishga hamda atrof muhitning ifloslanish jarayoniga bog‘liq. Atrof muhit muammosining ahamiyati atmosferada karbonat angidrid gazi miqdorining ortib boratotganligida radiasiya fonining ortishi, yashil qoplamli maydonning qisqarishi va boshqa global o‘zgarishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu xildagi global o‘zgarishlar sayyoraviy miqyosdagi jarayonlarning me’yorida kechishining buzilishiga, hatto to‘xtatib qo‘yish va hayotning mavjudligiga ham xavf – hatar tug‘dirish mumkin.
Atrof muhitni muhofaza qilish nafaqat tabiiy, balki o‘ta jiddiy sotsial va siyosiy muammo hamdir.
Ilmiy – texnika inqilobi ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslardan intensiv (lotincha intension – kuchlanish, kuchayish) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Ammo bu inqilob ma’lum darajada insonning atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlarini murakkablashtiradi, ekologik sistemalarga va butun biosferaning tartibiga yaqqol seziladigan va kutilmagan o‘zgarishlarni kiritadi. Bunday o‘zgarishlarga havo, suv va tuproqlarning ifloslanishi, tuproq qoplani va qimmatbaho landshaftlarning buzilishi, o‘simliklar va hayvonlar foydali turlari sonining kamayoshi bog‘liq.
Atrof muhit holatining yomonlashuvi jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirining yangi shakli bo‘lgan atrof muhitni muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi.
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri mahalliy va regional miqyoslarda o‘zining nomaqbul oqibatlarini namoyon qila boshladi va shu tufayli dastlab tabiatning ayrim komponentlari yoki o‘ziga xos ladshaftlarini alohida belgilangan hududlarda muhofaza qilishga ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu maqsadlarda dastavval tabiatning noyob, diqqatga sazovor bo‘lgan ob’yektlari, tabiat yodgorliklari, hayvonot va nabotot olamining kamayib borayotgan turlari konservativ (lotincha konservatio - qo‘riqlash, saqlash, asrash) shaklida muhofaza qilina boshlandi. Tabiatni muhofaza qilishning bunday shakli tabiat ob’yektlarini inson faoliyatidan saqlash maqsadlarida amalgam oshirilgan holda insonning o‘zini, uning hayotiy muhitini muhofaza qilishni nazarda tutmaydi.
“Tabaitni muhofaza qilish” termini Yevropa mamlakatlarida XYII asrdan boshlab qo‘llanila boshlangan bo‘lsada, u ayniqsa 1913 yilda Shveysariyada o‘tkazilgan tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha I Xalqaro s’yezddan so‘ng ilmiy termin sifatida keng tarqala boshladi. Inson faoliyati hali mahalliy sajiyaga ega bo‘lgan XIX asrning oxiri – XX asrning boshida tabiatni muhofaza qilish tabiat ob’yektlarini xo‘jalikda foydalanishdan chetlashtirish yo‘li bilan amalgam oshiriladigan tadbir sifatida qaralar edi. Keyinroq tabiatga inson ta’sirining miqyoslarining kengayishi va chuqurlashuviga bog‘liq holda tabiatni muhofaza qilishning mazmuni ham o‘zgardi. Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tiklanadigan tabiiy resurslarni kengaytirilgan takroriy barpo qilish va inson hayotining qulay ekologik sharoitlarini saqlashga doir tadbirlar tizimi tushunila boshlandi.
XX asrning 60 – yillaridan boshlab siyosiy va maxsus adabiyotlarda “atrof muhit” tushunchasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan “atrof muhit musaffoligi”, “atrof muhitni asrash”, “atrof muhitni muhofaza qilish” “atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” hamda “tabiatdan oqilona foydalanish” terminlari ham qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi paytda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida chop etilayotgan maxsus adabiyotlarda, xalqaro diplomatik shartnomalarda: “atrof muhitni muhofaza qilish” ustivor termin sifatida qo‘llanilmoqda.
Hozirgi paytda atrof muhitni muhofaza qilish – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, takror barpo qilish (qayta tiklash) va muhofaza qilishga, tabiiy muhitni kishilarning hozirgi va kelgusi avlodlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tabiiy muhitni ifloslanish va buzilishdan himoya qilishga qaratilgan xalqaro, davlat va ijtimoiy tadbirlar tizimidir.
Atrof muhitni muhofaza qilishni tabiiy resurslardan foydalanishga batamom barham berish y‘oli bilan amalgam oshirib bo‘lmaydi, zero har qanday mamlakat aholisining hayot sharoitlarini va me’yordagi faoliyatini ta’minlash oziq-ovqat mahsulotlari, suv, kiyim-kechak, uy-joy, transport, aloqa vositalari bilan doimiy ravishda ta’minashni talab qiladi. Binobarin, tabiatni, hozirgi atrof muhitni muhofaza qilish tabiatdan doimiy ravishda foydalanish jarayonida amamlga oshirilishi lozim.
Tabiatdan foydalanishning hozirgi amaliyoti tarixan sinab ko‘rish va xatolar metodi bo‘yicha shakllangan. Inson biror-bir hududni o‘zlashtirish davomida o‘zining ehtiyojlari uchun o‘simliklar va hayvonlarni ularning eng chidamli va mahsuldorlarini tanlagan holda moslastirgan.
Hozirgi paytda atrof muhitni muhofaza qilish – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, takror barpo qilish (qayta tiklash) va muhofaza qilishga, tabiiy muhitni kishilarning hozirgi va kelgusi avlodlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tabiiy muhitni ifloslanish va buzilishdan himoya qilishga qaratilgan xalqaro, davlat va ijtimoiy tadbirlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |