1.2. Ikkinchi jahon urushi yillarida sanoat, fan, maorif va madaniyat.
Germaniya ustidan qozonilgan tarixiy g’alabada O’zbekiston sanoati va ishchilar sinfining munosib hissasi bor.
O’zbekiston ishchilar sinfi urush yillarida yuksak onglilik va uyushqoqlik namunalarini ko’rsatib g’alaba uchun barcha zarur bo’lgan ishlarni qildi.
Respublika iqtisodiyotini harbiy izga solish, armiyani dushman ustidan g’alaba qozonishini ta'minlashga qodir bo’lgan qudratli harbiy xo’jalikni barpo etish ana shu vazifalardan biri edi.
O’zbekistonda 1941 yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika Qizil Armiya uchun qurol-yarog’ va o’qdori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati korxonalarini zarur bo’lgan yoqilg’i, elektor quvvati va metal bilan ta'minlashdan iborat bo’ldi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1941 yil 5-7 dekabrda bo’lib o’tgan V Plenumi respublika sanoatini harbiy izga solish sohasidagi ishlarga yakun yasadi, O’zbekistonga evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini tezlik bilan ishga tushirish, mamlakatga, front uchun kerak bo’lgan mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazib berish bilan bog’liq masalalr muhokama qilindi va uni amalga oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqildi.
Elektr energiyasi, yoqilg’i va xom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalalariga ham katta e'tibor berildi. 1942 yil noyabrgacha Chirchiq, Toshk ent energetika sistemalarining qishki quvvatini 160-170 ming kilovatga yetkazish, 4-5 oy ichida Toshkent yonida 60-70 ming kilovat elektr energiya bera oladigan issiqlik elektrostantsiya qurish, bu stantsiyalarni mahalliy ko’mir asosida ishlatish tadbirlari ilgari surildi. Respublikada metal-ko’mir va neft qazib chiqarishni ko’paytirish tadbirlari belgilandi. Bu ehtiyojlar uchun bir milliard so’m mablag’ ajratildi. Ushbu dasturni amaliy bajarishga doir bir qancha tadbirlar belgilandi va Solar, 1-Quyi Bo’z suv (birinchi navbatini), 2-Oqqavoq va Farxod gidroelektrostantsiyalarin qurish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.
Urush yillari Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va boshqa gidroelektrostantsiyalar qurilib ishga tushirildi, natijada O’zbekistonda elektr energiya hosil qilish 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1.187 mln. va soatgacha ko’paydi.3
Urush yillarida O’zbekiston yoqilg’i sanoatini rivojlantirish masalalariga ham katta e'tibor berildi. Ko’mir sanoatini rivojlantirishga 639 million 980 ming so’m kapital mablag’ solindi. Natijada jumhuriyatda ko’mir qazib chiqarish 1945 yilda 103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940 yildagiga nisbatan 30 martadan ko’proq o’sdi, demakdir.Urush yillarida O’zbekistonning neft sanoati ham ulkan odimlar tashladi.
SSSR Xalq Komissarlari Sovet 1941 yil 4 apreldagi “O’rta Osiyoda neft sanoatini rivojlantirish to’g’risida” maxsus qaror qabul qilindi. Ana shu qaror asosida O’zbekistonda yangi neft konlari ochildi. 1940 yildagiga qarganda respublikada neft qazib chiqarish 1945 yilda 4 marta ko’paydi va u yiliga 478 ming tonnani tashkil etdi. Elektroenergetika va yoqilg’i sanoatining yuksak bazalarining vujudga keltirilishi O’zbekistonda metallurgiya va mashinasozlik sanoatlarini ham rivojlanishi uchun baza bo’lib xizmat qildi.
1941-1942 yillarda respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida ta yirik mashinasozlik zavodlari tashkil etildi. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarining yuqori sur'atlar bilan rivojlanishi metallurgiya ishlab chiqarish bazasini barpo etishni talab qilayotgan edi. O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovet 1942 yil 17 iyunda Bekobod shahrida metallurgiya zavodi qurishto’g’risida qaror qabul qildi.
1944 yil 5 mart kuni O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi va u faoliyatdagi korxonalar qatoriga qo’shildi. Urush yillarida respublikamizda rangli metallurgiya sanoati 6 marta o’sdi.
1945 yilda 1940 yilga nisbatan O’zbekiston SSR sanoati mahsulotining umumiy hajmi 7 baravar, shu jumladan. Og’ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, mashinasozlik sanoati 13.4 baravar oshdi.
Urush yillarida O’zbekiston xaritasida yangi sanoat markazlari: Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangiyo’l va boshqa sanoat shaharlari vujudga keldi. Toshkent shahri yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Xullas, O’zbekiston sanoati urush yillarida frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318.000 aviabomba, millionlab minalar. Snaryadlar, granatalar va boshqa shuning singari qurol-aslaha va o’q dorilar yetkazib berdi.4 Yengil sanoat korxonalari va kooperatsiyasi artellari umumiy qiymati 443.3 million so’mlik mahsulotlarnifront ehtiyojlari uchun ishlab chiqardi. Bu fashistlar Germaniyasini tor-mor keltirishda O’zbekistonning qo’shgan katta va munosib hissasidir.
1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Germaniyasi ustidan tarixiy g’alabani qo’lga kiritishda O’zbekistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham hissasi beqiyos darajada katta bo’ldi.Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, reaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug’ullandilar.
O’zbekistonga SSRning g’arbiy mintaqalaridan Ittifoq akademiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshk ent shahrining o’ziga 1941 yilning kuzida SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, ko’plab olimlar: akademiklar B.V.Struve, V.D.Grekov, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a'zolari ye.E.Bertels, B.F.Shigmarov, A.Yu.Yakubovskiy, A.A.Mixaylov va boshqalar ko’chib keldilar.
1943 yilning sentyabrida O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilishi ham respublika hayotida albatta katta voqea bo’ldi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilishi marosimi 1943yil 4 noyabrda bo’ldi. Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi.5
Urush yillarida O’zbekiston adabiyoti va san'ati vakillari ayniqsa fidoyilik ko’rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, darmaturg va publitsistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangiyangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning “Qutlug’ qon” romani, H.Olimjonning “O’lim bosqinchilarga” kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. G`.G`ulom, Uyg’un, Islom shoir, Fozil Yo’ldosh, Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar ham kompartiya mafkurasiga xizmat qiluvchi bir qancha “vatanparvarlik” his-tuyg’usi bilan to’lib -toshgan poemalar, she'rlar va hikoyalar yozganlar.
Urush yillarida o’zbek teatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O’zbekistonda 36 mahalliy va 14 evakuatsiya qilingan: Moskva Davlat yahudiy teatri, Shevchenko nomidagi Xarkov Davlat teatri, Moskva revolyutsion teatri, Mayakovskiy nomidagi va boshqa teatrlar faoliyat ko’rsatdi. Toshkent, Yangiyo’l va Andijonda yangi teatrlar ish boshladi.
O’zbekiston kompozitorlari 1943 yilning o’zidayoq 400 ga yaqin mudofaa «vatanparvarlik» qo’shiqlarini, kompozitorlar xalqqa manzur bo’lgan mavzuidagi musiqali drama, opera va balet asarlarini ham yaratdilar
Do'stlaringiz bilan baham: |