Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Kurs ishining asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik yoki o’zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o’tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Uning predmeti esa ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda asosiy maqsad tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarda ayni bir vaqtda maqbul muvozanatni saqlab qolgan holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tabiiy muhit xolatini yaxshilashga erishish muammolarining optimal yechimini topishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |