1.3. O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash jamiyatni rivojlantirish tendensiyasining har tomonlama tahlilini, bu tendensiyani baholashni oʻz ichiga oladi, hamda jamiyat boyliklar strukturasini baholaydi va quyidagilarni nazarda tutadi:
- jamiyat ijtimoiy tuzilishining oʻzgarishini, mehnat xarakteri
oʻzgarishi taqsimoti nisbatlarining prognozlarini hisobga olgan holda, jamiyatni rivojlantirishning umumiy ijtimoiy muammolarini;
- isteʼmol, daromad prognozlarini, isteʼmol tuzilmasini, tibbiy va ijtimoiy taʼminotni, turmush madaniyatini hisobga olgan holda milliy farovonlik muammolarini;
- milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ijtimoiy muammolarini;
- ijtimoiy-demografik va hududiy ijtimoiy muammolarni;
- fan-texnika taraqqiѐtini joriy qilishning ijtimoiy samaradorligiprognozlarini hisobga olgan holda tabiatdan foydalanishning ijtimoiy muammolarini;
- ijtimoiy bepul xizmatlarni rivojlantirishni;
- uy-joy bilan taʼminlashni hamda aholining uy-joy bilan taʼminlanish darajasiga qarab tabaqalashtirilishini; - aholining madaniy ehtiѐjlarini qondirishning individual shakllari uchun asos boʻladigan predmetlar bilan taʼminlanish darajasini;
- aholining madaniy ehtiѐjlarini qondiradigan jamoat tashkilotlarini rivojlantirishni;
- jamoat ishlarida ishtirok etish, ijtimoiy faollik darajasini.
Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2022 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari»hisobotida aytilgan.
Bank baholariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIMning o‘sishi 0,6%ni tashkil etgan. Oktyabr oyida JB 2022 yilda 0,4%dan 0,8%gacha, 2022 yilda esa 4,8%dan 5%gacha bo‘lishini prognoz qilgan edi. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan. Bunga xom-ashyo narxlarining va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining biroz oshishi sabab bo‘ladi. Bunda subregionning Xitoy taklif etgan «Bir makon-bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirishda faollashishi inobatga olinadi.
Mutaxassislar mintaqadiga vaziyat salbiy tusda rivojlanishi xavfi mavjudligini ham ta’kidlashgan.
«Mintaqadagi iqtisodiy o‘sishning bevosita istiqbollariga so‘nggi paytlarda ba’zi mamlakatlarda ijtimoiy notinchlikka, shuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarning kuchayish xavfiga sabab bo‘lgan COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi bo‘yicha noaniqlik xavf soladi», — deyiladi hisobotda.
COVID-19 bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi cheklovlar qat’iylashtirilishiga va uy xo‘jaliklari hamda kompaniyalar tomonidan keskin reaksiya kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin, deyiladi JB hisobotida. Jahon banki global iqtisodiyot pandemiya kelib chiqargan inqirozdan keyin 2022 yilda 4%ga o‘sishini prognoz qildi. Mutaxassislarning fikricha, virus tarqalishining kuchayishi, vaksinalar tadbiq etilishi kechikishi, pandemiyaning ehtimoliy o‘sishga jiddiyroq ta’siri va moliyaviy sohadagi tanglik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin12.
Quyida o‘tgan 20 yil ma’lumotlardan foydalanib, milliy iqtisodiyotimizning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblangan YaIM ni 2022-2025 yillar uchun prognoz natijalarini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |