Arxitekturasi va konstruksiyasi bilan tanishish.Qurilish chizmalari bilan tanishish.
Bino va inshootlar konstruksiyalaridagi deformatsiya holatlari.
Nuqson – bu konstruksiyaning ma’lum bir parametrlarga, me’yoriy yoki loyiha talablariga mos kelmasligidir. Masalan, konstruksiyada armaturaning loyihada belgilanganidan past sinfini qullanilishi nuqson bo‘lib, buning natijasida elementning egilib, unda darzlar hosil bo‘lishi hodisasi – shikastlanishdir.
Demak, odatda konstruksiyaning nuqsonli holati uni shikastlanishga olib keladi va bu holat oxir-oqibat konstruksiyaning buzilishi yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin. Loyiha-qidiruv ishlaridagi nuqsonlarga–qurilish maydonchasini noto‘g‘ri tanlanishi, gruntni noto‘g‘ri baholash, matyerialni, konstruksiyani va kesim yuzalarni noto‘g‘ri tanlash, tashqi yuklarni aniqlashdagi xatoliklar va h.k. kiradi. Ba’zi nuqsonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish jarayonida loyiha chizmalarida noaniqliklar yoki chizmaning to‘liqsizligi, ba’zi ishlar bo‘yicha loyihada zaruriy ko‘rsatmalarning yo‘qligi sababli quruvchi tomonidan echim qabul qilinib, mavjud imkoniyatdan foydalangan holda vaziyatdan chiqiladi.
Ahamiyati (xavfliligi) bo‘yicha nuqsonlar uch turga bo‘linadi:
• avariyaga olib keluvchi nuqsonlar. Bunday nuqsonlar aniqlanganda ularni darhol bartaraf etish zarur;
• buzilish xavfini tug‘dirmaydigan, biroq, konstruksiyani kuchsizlanishiga olib keladigan yoki binoning ekspluatatsion sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan nuqsonlar, shuning uchun ular ham bartaraf qilinishi zarur;
• buzilishga olib kelmaydigan, biroq, binoning ekspluatatsion sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan va ekspluatatsiya jarayonida qo‘shimcha harajatlar talab qiladigan nuqsonlar. Binodagi nuqsonlarni o‘rganish va klassifikatsiyalash ular tug‘diradigan xavfni oldindan bilish qilish va zaruriy chora tadbirlar qullash imkoniyatini byeradi hamda loyiha va qurilish jarayonida bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishini oldini oladi. G‘ishtli devorlarda uchraydigan ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlarga quyidagilar kiradi: gorizontal tekislikdan og‘gan va qalin choklar, ustunlar va oraliq devorlarni armaturalash hamda devorlarning vertikaldan og‘ish holatlari.
Bunday nuqsonlar ishning olib borilishi jarayoni etarlicha nazorat qilinmaganlikdan kelib chiqadi. Bevosita ko‘zga tashlanmaydigan nuqsonlarga past markali g‘isht yoki qorishma ishlatishni misol qilish mumkin. YUqorida keltirilgan nuqsonlar birinchi holatda cho‘kish va buzilishga olib kelsa, ikkinchi holatda devorning muzlashi, zaxlanishi va h.k. ga olib keladi. Gorizontal choklarning o‘rtacha qalinligi 12 mm (8 dan 15 mm gacha) ni, vertikal choklarniki esa 10 mm ni tashkil etadi. Devorning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish maqsadida devor armaturalanadi. Qo‘llanilayotgan armatura to‘rining qaliniligi 3-8 mmni tashkil etishi zarur. Sim to‘r albatta payvandlangan, bog‘langan yoki egilgan bo‘lishi lozim. Ustun va oraliq devorlarda sim to‘rlarning mavjudligini tekshirish uchun ularning uchlari gorizontal choklardan 2-3 mm chiqqan holda bo‘lishi lozim. Darzlar (yoriqlar) – konstruksiya matyerialining kristall panjarasi uzilishi oqibatida yuzaga keladigan tolasimon nuqson.
Darzlar (yoriqlar) konstruksiyaning yuklanishi va deformatsiyasining tashqi belgisidir. Konstruksiyada darzlar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lib, turlicha darajadagi asoratlar qoldiradi. SHuning uchun ular ahamiyatiga ko‘ra xavfli va xavfsiz turlarga bo‘linadi.
Qurilish konstruksiyalari — bino va inshootlarning asosiy qismlari. Koʻtaruvchi, toʻsuvchi, koʻtaruvchi-toʻsuvchi va yopuvchi kabi turlarga boʻlinadi. Arka, ferma va rama shartli ravishda koʻtaruvchi; devor va yopmalarning panellari, gumbaz va boshqa toʻsuvchi, koʻtaruvchi va yopuvchi Qurilish konstruksiyalari hisoblanadi. Qurilish konstruksiyalarining tekis (balka, ferma, rama) va fazoviy (gumbaz va boshqalar) xillari bor. Qurilish konstruksiyalari beton va temir-beton, metall, plastmassa, yogʻoch va gʻishtdan ishlanadi.
Qurilishda beton va temir-beton konstruksiyalar keng tarqalgan. Gidro-texnika inshootlari, yoʻllar, aero-dromlar, rezervuarlar qurishda yaxlit temir-beton ishlatiladi. Maxsus beton va temirbeton yuqori va past temperaturalar yoki kimyoviy agressiv muhitlar taʼsi-rida boʻladigan inshootlarni qurishda qoʻllaniladi. Metall konstruksiyalar, asosan, koʻp qavatli bino va inshootlarning sinchlari, sexlar, katta hajmli rezervuarlar, koʻpriklar qurishda ishlatiladi.
Gʻisht, tabiiy tosh, mayda bloklar va boshqa konstruksiyalar yirik panellarga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yogʻoch konstruksiyalardan foydalanishning asosiy yoʻnalishi yelimlangan yogʻoch konstruksiyalarga oʻtishdir. Qurilishda koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar uchun yelimlangan yogʻoch keng qoʻlla-niladi. Industrial konstruksiyalardan asbestsement pnevmatik konstruksiyalar; yengil qotishmalar va plastik massalar ishlatiladigan konstruksiyalar keng tarqalgan. Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan asosiy talablar: tayyorlashni in-dustrlashtirish koʻlami (zavod sharoitida tayyorlanishi), samaradorligi (materiallar sarfi va qiymati boʻyicha), tashish va montaj qilishning qulayligi.
Oʻzbekiston meʼmorchiligida qadimdan arka, gumbaz, ravoq kabi Qurilish konstruksiyalarida asosan pishiq gʻisht va ganch ishlatilgan (qarang Arkaustuni). 20-asr 40-yillaridan temir-beton va quyma beton konstruksiyalar keng rasm boʻldi. Qurilishda ishlatiladigan temir-beton konstruksiyalar asosan 2 usul-da: qurilish obʼyektining oʻzida va zavod yoki tajriba maydonlarida tayyorlanadi. 20-asr 90-yillaridan plastmassa va alyuminiy Qurilish konstruksiyalari (ayniqsa, rama, terrasa, deraza va eshiklar uchun) keng qoʻllanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |