3.3. 1C dasturlash tilida dokumentlar hosil qilish va formalari bilan ishlash.
Д окументы menyusi orqali yaratilgan jadvallarga tayanib ishlaydigan hujjatlarni yaratamiz. Buning uchun Документы menyusi ustida kursorning o’ng tugmasini chertamiz. tugmasini bosamiz(3.3.1.-rasm).
3.3.1. -rasm. Yangi dokument hosil qilish
Quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.3.2.-rasm):
3.3.2 -rasm. Yaratilayotgan yangi dokument
Ushbu oynaning birinchi bo’limidan yaratilgan formaga nom beriladi. Подсистемы bo’limi orqali dastur ishga tushganida ko’rinadigan asosiy menyulardan biriga formani bog’lab qo’yamiz. Bu esa foydalanuvchi uchun ancha qulay hisoblanadi(3.3.3 -rasm).
3 .3.3-rasm. Yangi dokumentni potsistemaga bo`g`lash
Данные bo’limi yordamida esa hujjatda aks etuvchi ustun va qatorlar hosil qilinadi va ularga nom beriladi. Forma yaratishda ham xuddi jadvallarni yaratishda bo’lgani kabi Реквизиты hamda Табличные части bo’limlari mavjuddir. Ushbu bo’limlar orqali ham xuddi jadvallarda yaratganimiz kabi kerakli ustun va qatorlarni yaratib, nomlab qo’yishimiz kerak bo’ladi(3.3.4-rasm).
3.3.4-rasm. Yangi dokumentni danniysini hosil qilish
3.3.5-rasm. РеестрКирим dokumentini registrlarga bo`g`lash
Navbatdagi foydalaniladigan menyu Движения hisoblanadi. Ushbu menyu orqali yaratilgan hujjatimizni Registrga bog’lashimiz mumkin (agar registr yaratilgan bo’lsa!). Bizni yaratgan dasturimizda ham registrlar mavjud bo’lib, yaratgan hujjatimizni kerakli registrga bog’laymiz. Bu jarayon esa quyidagi rasmda aks ettirilgan(3.3.5-rasm):
3.3.6-rasm. РеестрКирим dokumentiga forma hosil qilish
3.3.6-rasmda Формы menyusi aks ettirilgan. Ushbu menyudan foydalanib yaratilgan hujjatning ФормаДокумента si tayyorlanadi. ФормаДокумента bo’limi hujjatni asosiy dastur ishga tushganda qanday holatda aks etishini ko’rsatadi. Demak, ushbu bo’lim orqali biz tayyorlanayotgan hujjatimizga kiritiladigan asosiy o’zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Shuning uchun ФормаДокумента bo’limiga alohida e’tibor qaratish ayni muddaodir.
Bundan tashqari dokumentlarimiz bilan chambarchas ravishda ish olib boradigan yana bir narsa sedan chiqarmagan holda, quyidagi bo’limni ham ish jarayoni bilan tanishib o’tishimiz joizdir. Bu bo’lim Registrlar bo’limi hisoblanadi.Bu bo’lim asosan dastur ishlarini nazorat qilish uchun hizmat qiladi. Hozir biz registrlardan biri Регистры накопления ning qanday hosil qilinishi va ishlash pirinsipilarini ko’rib chiqamiz. Buning uchun Конфигурация menyular bo’limidan Регистры накопления ustida kursorning o’ng tugmasini bosamiz va bo’limi ustida kursorni chertamiz. Hamda quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.3.7-rasm).
3.3.7-rasm. Yangi Регистр Накопления hosil qilish
Основные bo’limi yordamida registrimizga nom beramiz. Подсистемы bo’limida bo’lsa, registrimizni dastur ishga tushganda ko’rinib turadigan asosiy menyulardan biriga biriktirishimiz mumkin bo’ladi(2.2.8-rasm).
3.3.8-rasm. Yangi Регистр Накопления ni данные bo`limi
Данные bo’limi yordamida registrimiz nazorat qilib boradigan rekvizitlarni hosil qilamiz. Bu rekvizitlar asosan qaysi dokumentni nazorat qilishiga qarab yaratiladi. Registrning Данные bo’limi измерения va ресурсы qismlardan tashkil topgan. Bularni quyidagi rasmda ko’rsatilgani kabi rekvizitlarni kiritishimiz mumkin(3.3.9-rasm).
3.3.9-rasm. Хатлар Регистр Накопления sini Данные sini hosil qilish
Измерения bo’limida asosan quyidagilarni ushlab yurish maqsadga muvofiq, masalan: materil nomi, inventar raqami va shunga o’xshash elementlar.
Ресурсы bo’limida bo’lsa asosan miqdorli qiymatlarga ega elementlar yaratiladi, chunki uning tipi doim Число tipida bo’ladi. Yaratgan registrimizni kerakli dokumentga bog’lashimiz kerak bo’ladi. Buning uchun kerakli dokumentni tanlab uning Движения bo’limiga kiramiz va bu quyidagi rasmda ko’rsatilgan(3.3.10-rasm).
3.3.10-rasm. Юк Хат dokumentini Регистр Накопления ga bo`glash
Движения bo’limi dokumentga registrni bog’lash imkonini beradi. Buning uchun bog’lanadigan registr tanlanadi va tugmasini ishga tushiramiz(3.3.11-rasm).
3.3.11-rasm. Dokumentga Регистр ni bog`langandan keyingi holat
Yuqoridagi oyna hosil bo’lgandan so’ng, kerakli registr tanlanadi, приход yoki расход varianti tanlanib, ТабличнаяЧасть tanlanadi va tugmasini bosish orqali tiplari va nomlari bir xil bo’lgan rekvizitlarni bo’limiga tashlab beradi. OK tugmasini bosganimizda quyidagi modul qismi hosil bo’ladi(3.3.12-rasm).
3.3.12-rasm. Dokumentga Регистр ni bog`langani modul qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |