Dastlabki bosqichda AutoPlay dasturida ko’rsatilishi kerak bo’lgan o’quv fani tanlanadi. Bunda ushbu fan bo’yicha oldin tayyorlangan kurslar aniqlanishi, kursni yaratish uchun muljallangan mablag’ va vaqtni, shuningdek kursning adadi (tiraji) va mo’ljallangan auditoriyasi belgilanishi zarur bo’ladi. Auditoriya tipi AutoPlay kursiga qo’yiladigan umumiy talablarni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Umumta’lim kurslari o’quvchilarning turli darajali umumiy tayyorgarligini hamda kompyuter savodxonligini xisobga olgan xolda o’qitishning xususiyatlarini inobatga olishi kerak. Bunday kurslarda o’quvchilarni bilimlarini aniqlash va shu asosda optimal bayon qilish tizimini yaratish maqsadida o’quvchilarni dastlabki testdan o’tkazish vositasini kiritish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Maxsus ta’lim kurslari tayyorlanish darajasini xisobga olinishi zarur, o’tilgan mavzularni qaytarmasdan oxirgi axborotlarni berishni tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |