Botanik va biologik xususiyatlar
Soya dukkakdoshlar (Fabaseae) oilasiga Glycena hispida maxsim – turiga mansub bir yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’suvchan, baquvvat va sershox, poyasining uzunligi 80-150 sm gacha, xashaki navlariniki 2 metrgacha yetadi. Ildizi o’k ildiz yaxshi rivojlangan, tuproqqa 1,5-2 metrgacha kirib boradi, lekin ildizini asosi tuproqning xaydalma qatlamida rivojlanadi. O’simlik unib chiqqandan 10-12 kun o’tgach asosiy ildizida dastlabka tuganak bakteriyalar paydo bo’la boshlaydi. (ekin ekilgan tuproqlarda maxalliy tuganak bakteriyalari bo’lsa). Barglari murakkab uch qo’shaloq. Soya pishib yetilganda barglari sargayib to’kila boshlaydi. Guli mayda oq yoki binafsha rangda barg kultig’ida shingil bo’lib (3-5 tadan gul) birikadi. Soya ko’proq o’zidan changlanadi, dukaklari turli shakl va rangda, unda 1 tadan 4 tagacha don bo’ladi. Soyaning poya, barg, dukkaklari dag’al, qalin tuklar bilan qoplangan. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki agarda poyada tuklar siyrak bo’lsa, kasallik va zararkunandalarga nisbatan chidamsiz bo’ladi. Demak tuklar o’simlik uchun himoya vazifasini ham bajaradi[16].
Biologik xususiyatlari. O’sish va rivojlanishi. Soya o’sish va rivojlanishiga qarab ertapishar vegetatsiya (o’sish) davri 90-100 kun, o’rtapishar 110-120 va kechpishar 130-140 kunli navlarga bo’linadi.
Vegetatsiya davrida quyidagi o’sish va rivojlanish fazalarini o’taydi: unib chiqish, shonalash, g’ujlanish, gullash va pishish.
Soya doni bo’rtishi va unib chiqishi uchun quruq vazniga nisbatan 130-160% suv talab qiladi. Doni bo’rtgandan keyin 2-3 kun o’tgach murtaklari rivojlanib,
murtak ildizchalari va murtak poyacha (urug’ palla poyasi) o’sa boshlaydi. Murtak poyacha tuproq yuzasiga 2 ta urug’ palla bargchalari bilan unib chiqadi. Bu unib chiqish fazasi, urug’ ekilgandan 7-8 kundan so’ng ro’y beradi. Dastlabki bir xafta mobaynida murtak ildizcha va urug’ palla poyachasi urug’ xisobiga oziqlanib o’sadi.
Soya boshlang’ich vegetatsiya davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqandan keyin 20-25 kun mobaynida 15-20 sm uzunlikkacha o’sadi. Birinchi uch qo’shaloq barg, unib chiqqandan 5-7 kundan so’ng xosil bo’ladi, keyingi barglar o’z navbatida 4-6 kunda paydo bo’laveradi[14].
Gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab, to’liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. O’simliklarda gullash boshlanishi bilan intensiv o’sish ham boshlanadi. Gullash birinchi bo’lib poyaning pastki asosiy shoxlarida boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi. Meva tugish (dukkak xosil qilish) va pishish fazalari ham xuddi shunday tartibda ro’y beradi. Gullashdan to dukkaklari yetilib pishgo’ngacha 40-60 kun o’tadi. Doni 15-20 kundan so’ng to’liq pishib yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |