Mundarija kirish 3 bob “sharq” davlat xalqcholg‘ulari kamer


“SHarq” orkestrining repertuarlari



Download 0,91 Mb.
bet5/6
Sana19.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#941027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharq

“SHarq” orkestrining repertuarlari


“SHarq” orkestrining repertuari, uni tuzish tamoyillari ham alohida e’tiborga sazovordir. Har bir konsertning yuqori badiiy saviyada o‘tkazilishida, did bilan tanlangan dastur muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim holat
– ijodiy safarlar davomida orkestr sozandalari bo‘lajak konsert oldidan karnay, surnay, nog‘ora va doyralarda tantanavor ruhda o‘zbek xalq kuylarini ijro etishadi. Tabiiyki, bu holat tinglovchilar diqqatini jalb etishga hamda ularda bayramona ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otishga xizmat qiladi.
1997-yili jamoa Fransiyada bo‘lib o‘tadigan ijodkor yoshlarning III-musiqiy seminarida fransiyalik tinglovchilarga katta konsert dasturini namoyish etdi. Eng avvalo “Navro‘zi Ajam”, “Sharob”, “Dilhiroj”, “Gulbahor va Tanovor”, “Yovvoyi Chorgox”, “Surnay navosi”, “Ey nozanin”, “Qo‘shchinor” kabi mumtoz musiqiy meros namunalari yangradi. Shundan so‘ng Respublika kompozitorlaridan H.Rahimovning “Duxtari kulob”, N.Norxo‘ jayevning “Navro‘z uforisi”, A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!”, M.Bafoyevning “So‘g‘dcha” asarlari ijro etildi. Konsertning so‘nggi bo‘limida esa X.Glyukning “Kuy”, P.Sarasatening “Xota navarra”, J.Bizening “Marvarid izlovchilar” operasidan “Smit serenadasi”, M.Teodorakisning “Farishtalar dahasi” operasi dan uvertyura, S.Djoplinning “Regtaym” kuylari yangicha bo‘yoq ohanglarda jarangladi.
1997-yili “SHarq” kamer orkestri Misrda har yili o‘tkaziladigan “Arab musiqasi festivali”ga borish sharafiga muyassar bo‘ldi. Yettinchi bor o‘tkazilayotgan bu festivalda aslida faqatgina Arab davlatlarining ijodiy jamoalari qatnashishlari o‘ziga xos an’anaga aylangan ekan. Festivalning asosiy sharti - arab
kompozitorlarining asarlarini munosib ijro etishdan iborat bo‘lib, unda 24 ta arab
davlatining jamoalari qatnashadi, “SHarq” orkestri esa mehmon sifatida taklif etiladi.
Festival konsert dasturi “O‘yin Bayoti”, “Cho‘li Iroq”, “Soqinomai Savti Kalon”, “Norim-norim” va shu kabi asarlar bilan boyitildi. Shuningdek, O‘zbekiston kompozitorlari – M.Bafoyevning ud va orkestr uchun “Poema”si, M.Tojiyevning chang va orkestr uchun yozgan “Sharqona raqsi”, I.Rahimovning qo‘shnay va orkestr uchun “Sabo” kuyi, F.Alimovning “Shodiyona” kabi asarlari ham alohida ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduhalil Abduqodirov ijrosida yangragan “Xumor o‘ldim” Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i va orkestr ijrosidagi Markaziy Osiyo xalqlari mavzularidan iborat termasi tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yosh maqom ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovi laureate Sh.Murodov ijrosidagi “Voxoron” va “Habiba” arabcha qo‘shiqlari orkestr ijrosidagi Muhammad Al-Kasabiyning “Esdaliklarim”, Muhammad Abdul Vahobning “Aziza” va “Al- fan”, Riad Az-Sumbatining “Lunga” asarlari tinglovchilarni hayratga soldi. “Bizni ayniqsa quvontirgani – aynan shu asarni bizning jamoamiz ijrosida festival davomida “chaqiriq” kuyi sifatida har kuni televidenie orqali ijro etilgani bo‘ldi. Biz borgan kuni bu kuy ularning milliy ansambli ijrosida yangrayotgan edi. Bizning konsertimizdan so‘ng bu kuy bizning ijromizda yangraydigan bo‘ldi. Bu xol albatta badiiy jamoaning ruhini yanada tetiklashtirdi va kayfiyatini ko‘tardi”, - deydi F.Abdurahimova. Shuningdek, Respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar – M.Bekjonova o‘zining shirali ovozi bilan, S.Isroilova esa jozibali raqsi bilan tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish