jadval 2021–2022 yillarda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori
to‘g‘risidama’lumot,mlrd.so‘m
Ko‘rsatkichlarnomi
2021 yilda kutilayotgan ijro
2022yil prognoz
shundan:
indeksatsiya- lash uchun
tabaqalashgan holda ish haqini oshirishuchun
I.Davlatbyudjetihisobidan
87485
108290
5796
350
Davlat byudjeti xarajatlariga nisbatan foizda
45
50
shujumladan:
1. Ish haqi va ijtimoiy soliq
75 997
94 283
5 177
350
2. Stipendiyalar
935
1 223
3. Ijtimoiy nafaqalar
10 553
12 784
619
II.Pensiyajamg‘armasihisobidan
36946
43936
2422
JAMI
124431
152226
8218
350
2022 yilda sohalarni rivojlantirish Davlat dasturlarining moliyalashtirilishi.
Davlat byudjeti xarajatlarining ochiqligini ta’minlash va Davlat dasturlarining rejalashtirilgan davlat xarajatlari bilan uyg‘unligining nazoratini kuchaytirish maqsadida 2021 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunda birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarining Davlat dasturlariga ajratilayotgan mablag‘lari alohida qatorlarda ko‘rsatildi.
Keyingi yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun bilan davlat
maqsadli jamg‘armalari xarajatlarini ham yo‘nalishlar bo‘yicha alohida qatorlarda ko‘rsatish taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga muvofiq qabul qilingan Davlat dasturlari va tadbirlarni amalga oshirishuchun Davlat byudjetidan 2022 yilda jami 59,3trln.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu mablag‘lar iqtisodiyot, ijtimoiy soha, transport-kommunikatsiya, texnik-muhandislik, energetika ob’ektlarini qamrab olgan infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.
Shu bilan birga, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi joriy etilishi munosabati bilan 2022 yilda Davlat byudjeti xarajatlarida mahallabay ishlashning yangi tizimi uchun 2,5 trln. so‘m mablag‘ ko‘zda tutilmoqda.
Mahallabay tashkil etilayotgan ishlarni moliyalashtirishga, ya’ni fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish, ko‘chat va urug‘liklar, asbob- uskunalar hamda minitexnologiyalar xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratish va kompensatsiyalar to‘lashga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi orqali 996,0mlrd.so‘m, ishsiz aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etishga Jamoat ishlari jamg‘armasi orqali 222,0 mlrd. so‘m, fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun olingan bank kreditlarining foiz to‘lovlarni bir qismini qoplashga Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali 500,0 mlrd. so‘m, aholi tomorqalarini sug‘orish uchun quduqlarni burg‘ulash xarajatlarining bir qismini qoplashga Fermer, dehkon xo‘jaliklari va yer egalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi orqali 50,0 mlrd.so‘m hamda mahalliy byudjetlarda xokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 250 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda (ma’lumotnoma-jadval 4-ilovada).