Mundarija kirish 2


Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari



Download 4,95 Mb.
bet20/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari.


a) 2021 yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasi 180 ta irrigatsiya ob’ektlarda (70 ta yildan-yilga o‘tuvchi, 110 ta yangidan boshlanuvchi) qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirilishi uchun 910,0 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar hisobiga 2021 yil yakuni bilan 349,5 km kanal, 125,7 km lotok tarmoqlari, 62 ta sug‘orish qudug‘i, 19 dona gidrotexnik inshoot hamda 205,0 mln. kub metr hajmdagi (2 ta) suv ombori kabi
ob’ektlarda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish orqali 250 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning kafolatlangan suv resurslari bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 41,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi evaziga 30 ta ob’ektda daryo o‘zanlarini tozalash va daryolarni mustahkamlash ishlari bajariladi.
b) 87 ta melioratsiya ob’ektlari (shundan, 19 ta yildan yilga o‘tuvchi,
68 ta yangidan boshlanuvchi) 264,8 mlrd.so‘m mablag‘lar yil yakuni bilan ajratilishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida 580,4 km ochiq kollektor tarmoqlari, 130,5 km yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 25 ta vertikal drenaj quduq, 10 ta ko‘prik hamda 19 ta gidrotexnik inshootni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi orqali 198 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.
Amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari natijasida, 250 ming gektar yerlarning suv ta’minoti oshirilishi hamda 198 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.

  1. Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish tadbirlari doirasida 2021 yilda 102 ta ob’ektlarga 200,0 mlrd. so‘m ajratish nazarda tutilgan bo‘lib, shu jumladan, yil oxiriga qadar Qoraqalpog‘iston

Respublikasidagi 63 ta ob’ektlarga 92,0 mlrd. so‘m va Xorazm viloyatidagi 39 ta ob’ektlarga 92,0 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirib beriladi.
Bundan tashqari, joriy yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi Trast jamg‘arma hisob raqamiga
O‘zbekiston Respublikasi ulushi sifatida 2020 yil Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lardan 16,0 mlrd. so‘m moliyalashtirib berildi.
2021 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ajratiladigan
92,0 mlrd.so‘m mablag‘lar evaziga yil yakuniga qadar:
Nukus shahri va tuman markazlaridagi 120 ta ko‘p kvartirali uylarning 106,2 ming kv.metr tom qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Natijada, 43 ta MFY ga qarashli 120 ta ko‘p kvartirali uylarning (ushbu uylarda 12 mingdan ortiq aholi yashaydi) tom qismi to‘liq rekonstruksiya qilinib, sharoit yanada yaxshilab berilishiga erishiladi.
28 ta toza ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti ob’ektlarida qurilish- montaj ishlari olib borilib, qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ob’ektlarning foylanishga topshirilishi natijasida, 125,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari yangidan quriladi, rekonstruksiya qilinadi. Shu bilan birga 1 ta oqova suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinadi, 12 ta suvni tuzsizlantirish uskunalari o‘rnatiladi. Buning natijasida, 22 ta MFY va OFYlarda yashovchi 11 mingdan ortiq aholiga markazlashgan holda toza ichimlik suvi va oqova suv tizimi yangidan qurib beriladi va 12 mingdan ortiq aholiga mavjud suv va oqova suv tarmoqlari rekonstruksiya qilib beriladi.
2021 yil davomida Xorazm viloyati bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar evaziga:
issiqlik tizimi bo‘yicha 11 ta ob’ektlarda 10 ta qozonxona rekonstruksiya qilinadi, 34 ta yangi isitish qozonlari o‘rnatiladi, 11,1 km uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i tortiladi, olib boriladigan qurilish-montaj ishlari natijasida 78 ta ko‘p qavatli uylar (2604 ta xonadon), 25 ta ijtimoiy soha va boshqa soha ob’ektlariga issiq suv va issiqlik energiyasi yetkazib berilib, 10 mingga yaqin aholining yashash sharoitlari yanada yaxshilanadi;

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish