Mundarija: Kirish 1 Modulli dasturlash haqida


OYDning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi



Download 33,85 Kb.
bet3/7
Sana01.08.2021
Hajmi33,85 Kb.
#135334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5199427708492188275

OYDning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi


1970 yillar oxirida koʻplab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta ishlash uchun oson boʻlgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obʼektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, oʻsha vaqtda S eng ommabop til boʻlishiga qaramasdan OYD ni qoʻllab-quvvatlamadi, uning obʼektga yoʻnaltirilgan (keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tugʻildi. Bu versiya oʻsha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Brian Straustrup tomonidan 1979 yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til „C sinflar bilan“ degan nom oldi, lekin 1983 yilda C++ deb qayta nomlangan. U oʻzida C tilini toʻla qamrab oladi (yaʼni, C C++ uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi) va obʼektga yoʻnaltirilgan dasturlashni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C++ C tilining obʼektga yoʻnaltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga oʻtishda yangi tilni emas, balki faqatgina OYD ning yangi konsepsiyasini oʻrganish kifoya qiladi. C++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qoʻllanila boshlandi va katta yutuqlarga erishdi, oʻn yillikning oxirida esa dasturiy taʼminotni qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga aylandi. Shuni anglash muhimki, C++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli tilni takomillashtirayapti va toʻldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarida qoʻllanilayapti.

Dasturlash tillarida buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (raqamlar) bilan

ifodalangan bo’lib, ular ShK qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga

mo’ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi. Dasturlash tillarida ko’rsatmalar

inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar va dastur tuzish uchun juda qulay.

Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, Internet ning

paydo bo’lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan Dasturlash

tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT,

LISP, FoxPro, Simula, HTML, Java, Java Script, Delphi, Visual Basic, C

, C#


kabi tillar va dasturlash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib ob’ektga

yo’naltirilgan va vizual dasturlash texnologiyalari keng tarqalmoqda.

C# universal dasturlash tili bo’lib, xar xil darajadagi masalalar uchun yechim

topish mumkin. C# tilining asosiy tushunchalaridan biri bu klasslardir. Klass bu –33

foydalanuvchi tomonidan yaratilgan (ifodalangan) til. C# tilida C va C++ tillarning

deyarli barcha imkoniyatlari saqlangan. C va C++ tillarda tayyor xoldagi

dasturlarga qayta o’zgarish kiritganda ham C# kompilyatori dastur matnidan

xatoliklar topmaydi. Ya’ni dasturni xar ikkala tilda xam foydalanib tuzish mumkin.

Dasturlashda o’zgaruvchilardan foydalanmasdan dastur ishlash mumkin

emas. O’zgaruvchilar o’zida qiymatlarni saqlaydi, bu qiymatlar vaqtinchalik

operativ xotirada saqlanib turadi. O’zgaruvchilarning nomlari bo’ladi, nomlar lotin

alifbosining a dan z gacha bo’lgan oraliqdagi harflar bilan belgilanadi. Bundan

tashqari o’zgaruvchi nomlarini faqat bitta harf emas bir necha harflar ketma-ketligi

bilan ya’ni so’zlar bilan belgilash mumkin.

Sonlar bilan harflar orqali belgilash mumkin, lekin harflardan oldin son

kelishi mumkin emas. O’zgaruvchining asosiy turlari sonli o’zgaruvchi, satriy

o’zgaruvchi, simvolli o’zgaruvchi, mantiqiy o’zgaruvchilar bo’lib bo’linadi. Sonli

o’zgaruvchilarga faqat sonlar kiradi, 0, 5, -10, -5.6, 4995 va h. Satriy

o’zgaruvchilarga esa satrlar kiradi. Simvolli o’zgaruvchilar qiymati faqat bitta

simvoldan iborat bo’ladi. Mantiqiy o’zgaruvchilarga faqat ikkita qiymat beriladi

rost, yolg’on ya’ni true, false.

C# tilida butun sonli o’zgaruvchilarda 8 ta tip ishlatiladi, ular quyidagi

jadvalda berilgan.

Tip nomi

Baytlar soni

Qiymatlar diapazoni

sbyte

1

-129 dan 128 gacha



byte

1

0 dan 255 gacha



short

2

-32,768 dan 32,767 gacha



ushort

2

0 dan 65,535 gacha



int

4

-2,147,483,647 dan 2,147,483,647



gacha

uint


5

0 dan 4,294,967,295 gacha

long

8

-9,223,371,036,854,775,808 dan 34



9,223,372,036,854,775,807 gacha

ulong


8

0 dan 18,446,744,073,709,551,615

gacha

Quyida esa C# tilida kasr sonli o’zgaruvchi tiplari keltirilgan.



Tip nomi

Baytlar soni

Qiymatlar diapazoni

float


4

+- 1.5 * 10^-45 dan +-3,4 * 10^38 gacha

double

8

+-5 * 10^-324 dan +-1.7 * 10^308 gacha



decimal

12


+-1 * 10 ^-10 dan +- 7.9 * 10^28 gacha

float tipidagi o’zgaruvchiga qiymat berganda qiymat oxiriga “f” belgisini qo’yish,

decimal tipidagi o’zgaruvchiga qiymat berganda “m” belgisini qo’yish lozim.

Birinchi ifoda bu o’zgaruvchini e’lon qilish. Bu yerda count o’zgaruvchi

nomi, int(integer) tipi va count o’zgaruvchisiga 1 soni qiymat qilib olinadi. int tipi

da faqat butun sonlardan foydalaniladi. Keyingi qatorda “ ” belgilari orasiga

olingan satr shu holiday chop qilinadi, count esa o’zgaruvchining qiymatini chop

qiladi. Uchinchisi esa “Satr” so’zini chop qiladi. Kod yozganda chekinishlardan

foydalangan ma’qul. Chunki keyin kerakli qatorni, kerakli kodni topib olishda

qulay bo’ladi, bir necha bo’sh qatorlarni qoldirib ketish, qator boshidan bo’sh joy

qoldirib ketish tushuniladi. C# tilida chekinishlarga tabulyatsiya simvoli, probellar,

bo’sh qatorlar kiradi.




Download 33,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish