Mundarija: kirish 1 bob ta’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari; ishning axloqiy tamoyillari


BOB AMALIY PSIXOLOGNING AXLOQIY KASBIY FAOLIYATI ASOSIDA YOTUVCHI ASOSIY TAMOYILLAR



Download 88,37 Kb.
bet4/8
Sana10.05.2023
Hajmi88,37 Kb.
#936764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 mavzu

2 BOB AMALIY PSIXOLOGNING AXLOQIY KASBIY FAOLIYATI ASOSIDA YOTUVCHI ASOSIY TAMOYILLAR.
2.1. Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi.

Amaliyotchi psixologning o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar hayoti bo`yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo`lmay turib, maslahat bеrishga haqqi bormi?


Bu muammo birinchi navbatda oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash masalalariga tеgishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan bеri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kеlinmagan.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida, barcha jabhalarda bo’lgani kabi, ta’lim tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, aniq maqsadni ko’zlagan holda ular bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo’nalishda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik e’tiborini o’quv-tarbiya jarayoniga, tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo’nalishidagi ishlar kuchaytirilmoqda. Ta’kidlash joizki, yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham oxirgi o’rinda emas. Ushbu yo’nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta yangiliklar yaratildi. Jumladan, ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish bo’yicha yangi me’yoriy hujjat, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 109-sonli qarori (184-modda) ga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida”gi Nizom ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ, 17G’QQ -sonli Qo’shma Qarori bilan tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi. Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning tashkiliy asoslari belgilandi, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni ta’minlash hamda mazkur ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi psixologlarning huquq va vazifalari to’g’risida atroflicha tushunchalar berildi. Umumta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasini tashkil etish yuzasidan Yo’riqnoma ishlab chiqildi. Yo’riqnoma asosida har bir tumanda bittadan namunaviy psixologik xizmat xonasi tashkil etildi.
2012 yil 24 apreldagi 130-sonli "O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida"gi yig’ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida"gi buyruqda bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metokalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha ilmiy laboratoriya tarkibi, o’smir yoshdagi o’quvchilarning shaxs xususiyatlari va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg’or texnologiyalarga asoslangan "O’smir va zamon" pedagogik-psixologik dasturi majmuasi, olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari to’g’risida nizom, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiy-metodik kengashi to’g’risida nizom, ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlarining eng yaxshi ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo’yicha yo’riqnomalar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida”gi yig’ilishining 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida BUYRUQqa binoan O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibidagi umumiy o’rta ta’lim sifatini ta’minlash va maktab bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olishni tashkil etish sho’basining ish rejasiga muvofiq bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metodikalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Respublika tashxis Markazi qoshida psixologiya, defektologiya va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimlarni jalb etgan holda jamoatchilik asosida ilmiy laboratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya xodimlariga iqtidorli bolalar rivojlanishining psixologik-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va tajriba - sinovdan o’tkazish; bolalarning iqtidorini erta aniqlash bo’yicha metodikalarni amaliyotga samarali joriy etish bo’yicha o’quvlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
O’smir yoshdagi o’quvchilarining shaxs xususiyatlari va individual-psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg’or texnologiyalarga asoslangan “O’smir va zamon” pedagogik-psixologik dasturi majmuasi. Psixologik xizmat umumiy o’rta maktablari o’quvchilarini kasbiy yo’naltirishda asosiy komponentni tashkil etib, o’quvchilarni shaxsiy qiziqishlarini, iqtidorini hamda jamiyatni kerakli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashida yordam beruvchi psixologik-pedagogik va tibbiy tadbirlardandir. Kasbga yo’naltirishning maqsadlaridan biri o’quvchilarni va maktab bitiruvchilarini ongli va mustaqil ravishda aniq kasbni tanlashiga va ta’lim muassasalariga (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) o’qishga yo’naltirishga tayyorlashdan iboratdir. Qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqib kasbga yo’naltirishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini aniqlash mumkin:
Kasbiy bilim- o’quvchilarga har xil kasblar, mutaxassisliklar, mansablar haqida ma’lumot berish; ta’lim turlari va kerakli tanlangan kasb va mutaxassislikni qaysi o’quv yurtida olish mumkin; bundan tashqari kasblarni insonning jismoniy, ruhiy va shaxsiy sifatlariga talabini hisobga olgan holda tanlash.
Kasbiy maslahat – o’quvchilarni kasbni va o’quv muassasasini shaxsiy xususiyatlarini va mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda tanlashda yordam ko’rsatish va ma’lumot berish.
Kasbiy tashxis – bilim (o’quv fanlariga, ilmga) va kasbiy qiziqish (kasblarga, mutaxassisliklarga) ni aniqlash va baho berish; o’quvchilarning tanlagan kasbi va kasbiy rejalari sababini bilish.
Kasbiy tarbiya – bolalar va o’smirlarda umumkasbiy o’quv ko’nikmalarini hamda kasbga nisbatan qiziqishini, mehnatsevarlikni, mas’uliyatni, ishchanlikni rivojlantirish va shakllantirish.
“O’smir va zamon” pedagogik-psixologik dasturi majmuasi” ning maqsad va vazifalari: Maqsad – o’quvchilarga ongli kasb-hunar tanlashlarida yordam berish. Vazifalari:
- yaqin va uzoq maqsadlarni aniqlashni o’rgatish;
- kasbiy maqsadlarga erishishda o’zining tayyorgarligini anglashi uchun yordam berish;
- tanlagan kasblar bo’yicha o’zining imkoniyatlarini va kasbga berilgan talablarni taqqoslashga yordam berish;
- kasbiy maqsadlarga erishish yo’llarida qiyinchiliklarni anglash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rgatish;
- o’z-o’zini rivojlantirish yo’llarini topishga yordam berish;
Mazkur dastur quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
• Kasbni ongli ravishda tanlash tamoyili;
•Tanlagan kasbning odamning qiziqishlariga, layoqatlariga, qobiliyatiga va jamiyatning ehtiyojlariga mosligi tamoyili;
• Faollik tamoyili – insonning o’zi kasbni tanlaydi;
• Rivojlanish tamoyili – kasb insoning kamolotiga imkon berishi kerak.
Bunda psixologning vazifasi quyidagilardan iborat:
- psixologik-pedagogik maslahat olib boradi;
- o’quvchilarning kasbiy qiziqishlari va layoqatlarini o’rganadi;
-o’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini psixologik tashxis metodikalari yordamida o’rganadi va monitoringini olib boradi;
- o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha trening mashg’ulotlarini o’tkazadi;
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda psixologik maslahat ishlarini olib boradi;
- o’quvchilarda o’zining imkoniyatlarini xolisona baholash malakalarini shakllantiradi;
- sinf rahbarlariga o’quvchilarning qiziqishlari va layoqatlarini baholashda va tahliil etishda yordam beradi.

Download 88,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish