Algoritmning kompyuter dasturi sifatida berilishi - bu usulda echiladigan masalaning algoritmi uning biror bir dasturlash tilidagi programmasi sifatida ko`riladi. Albatta ushbu algoritmni tushunish uchun shu dasturlash tilini to`la tushunish va u bo`yicha etarli malakaga ega bo`lgan mutaxassis bo`lish kerak. Bu hol algoritmni bunday ifodalanish usulining asosiy kamchiligidir, chunki soha
bo`yicha mutaxassis algoritmni tushuna olmaydi va o`nga tegishli baho bera
olmaydi. Shuning uchun ham hayotda ko`proq algoritmlarni grafik usulda – blok tasvirlar vositasida ifodalash keng miqyosda taro`algan.
Algoritmning blok-tasvirlar ko`rinishida tasvirlashda oddiy va tushunarli geometrik tasvirlardan keng foydalaniladi. Bunday tasvirlardan algoritmik tilda ifodalanishga o`tish juda ham oson amalga oshiriladi. Undan tasho`ari ushbu algoritmni ifodalanish usuli barcha soha mutaxassislariga ham birday oson, tushunarli va shaffof bo`lishi ishlab chiqilgan algoritmlarni tekshirish va ularga baho berishda juda qo`l keladi.
Blok-tasvir ichida hisoblashlarning tegishli bosqichlari ko`rsatiladi va xuddi shu erda har bir simvol batafsil tushuntiriladi. Har bir blok o`z raqamiga ega bo`ladi va u tepadagi chap burchakka chizio`ni o`zib yozib o`o`yiladi. Blok tasvirdagi grafik simvollar hisoblash jarayonining rivojlanish yo`nalishini ko`rsatuvchi chizio`lar bilan birlashtiriladi. Ba’zan chizio`lar oldida ushbu yo`nalish qanday sharoitda tanlanganligi yozib o`o`yiladi. Axborot oqimining asosiy yo`nalishi tepadan pastga va chapdan o`ngga ketadi. Mantiqiy bloklar ikki yoki undan ortio` oqim chizio`lariga ega bo`ladi. Ulardan har biri mantiqiy shart tekshirishning mumkin bo`lgan natijalariga mos keladi. Blokka nisbatan oqim chiziYoi kiruvchi yoki chio`uvchi bo`lishi mumkin. Blok uchun kiruvchi chizio`lar soni chegaralanmagan, chio`uvchi chizio` esa mantiqiy bloklardan boshqalarida faqat bitta bo`ladi. Agar blokning o`zilishi bitta sahifa ichida bo`lsa, O belgisi ishlatiladi va ikkala tarafga bir xil harf yoki belgi o`o`yiladi. Agar blok-tasvir bir necha sahifaga joylashsa, bir sahifadan boshqasiga o`tish uchun «sahifalararo bog`lanish» belgisi ishlatiladi. Bunda axborot uzatilayotgan sahifadagi blokka qaysi sahifa va blokka borishi yoziladi, o`abul o`ilinayotgan sahifada esa ma’lumot qaysi sahifa va blokdan kelishi yoziladi. Blok-tasvirlar ko`rinishida algoritmlarni ifodalaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: parallel chizio`lar orasidagi masofa 3 mm dan kam bo`lmasligi, boshqa simvollar orasidagi masofa esa 5mm dan kam bo`lmasligi kerak. Bloklarda quyidagi o`lchamlar o`abul qilingan: bo`yi a= 10, 15, 20; eni b= 1.5 x a
Do'stlaringiz bilan baham: |