Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi.
III.Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish lozimki Abu Ali Ibn Sino o’z zamonasining yirik olimlaridan biri deb hisoblangan. Abu Ali Ibn Sino o’z davrining qator ilmlarini chuqur o’rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U o’z davrining birinchi faylasufi, shoiri,tabibi qomusiy olimi bo’lib nom qozongan. Abu Ali Ibn Sino o’z davrida Pedagogik masalalariga bag’ishlab katta asar yozib, pedagogika nazariyasining tavsilotini berdi va Sharqda keng tarqalgan pedagogik asarlar tarixini qoldirdi. U o’z davrining qomusiy olimi bo’lib, riyoziyot, tibbiyot, arab gramatikasi, alximiya, falakiyot, mantiqqa oid asarlar yaratdi. Abu Ali Ibn Sino Sharqda qadimgi yunon falsafasi qadimgi dunyoning qomusiy olimi Arestotelning asarlarini o’rganish ularga sharhlar yozish g’oyalarini targ’ib etish va yana rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Abu Ali Ibn Sino “ilm sultoni” Buyuk olimga bunday baho berishni bejiz emas albatta, u fanning hamma sohalarini o’rganishga alohida e’tibor berdi. Tarixshunos olimlarning taxminicha, Abu Ali Ibn Sino dunyo tillaridan ko’pini bilgan. Til inson kamolotini qaliy yetukligining asosiy bo’lganligi sababli, u fanlarni tartiblashda tilni eng birinchi fanlar qatorida qo’ydi. U har bir inson aqliga murojaat qilib, ayniqsa ota-ona va murabbiylarga qarata shunday degan edi: qanday qilib ta’lim berish yoki ta’lim olish, qanday qilib o’z fikrini ifodalash, bayon qilish, so’rash va javob berish masalasiga kelganimizda fanlar ichidagi eng birinchi fan – til haqidagi fandir, ikkinchi fan gramatika, uchinchi fan mantiq, to’rtinchi fan falsafadir, deb tasdiqlayman. Abu Ali Ibn Sinoning o’rganishdagi g’oyalarni amalga oshirish mustaqil O’zbekistonni butun dunyo bilan hamjihat bo’lgan davrida ayniqsa zarurdir. O’tmishimizga bir nazar tashlar ekanmiz, naqadar qadimiy ilmiy meros ekanligini, uni avlodu-ajdodlarimiz hamda jahonga nom taratgan olimu-fozillar, mutafakkir-allomalar, o’z davrining eng ilg’or kishilari hayotda, ularning ijodi, izlanish va ijtimoiy qarashlarida alohida o’rin tutganligini ko’ramiz. O’rta asr davriga mansub bo’lgan va o’z ilmlari, kashfiyotlari bilan Sharqni jahonga tanitgan Abu Ali Ibn Sino ijodlari avlodlarga qoldirgan qomusiy asarlari fikrimizning yorqin misolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |