YUpqa qatlamli (plyonkali) bug‘latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz eritmalarni quyuqlashtirish uchun qo‘llaniladi. qurilma trubalari orqali eritmaning bir marta o‘tishi natijasida bug‘latish jarayoni sodir bo‘ladi.
Eritmaning µarakat yo‘nalishiga qarab, ko‘tariluvchi va pastka oqib tushuvchi yupqa qatlamli bug‘latkichlarga bo‘linadi.
Y Upqa qatlamli bug‘latkichlar isituvchi kamera va separatordan tarkib topgan bo‘ladi.
Isituvchi kamera trubalari 7...9 m uzunlikda bo‘lib, suv bug‘i yordamida isitiladi.
Boshlang‘ich eritma uzluksiz ravishda isituvchi kameraning pastki qismiga yuboriladi va trubalarning 20..25% uzunligini to‘ldirib turadi. Trubalarning qolgan qismi bug‘ - suyuqlik aralashmasi bilan band bo‘ladi.
Ushbu aralashma truba devorida yupqa qatlamli suyuqlikka va uning o‘qida bug‘ agregat µolatiga ajralgan bo‘ladi. Bug‘ oqimi µarakati paytida suyuqlik qatlamiga ishqalanish oqibatida yupqa qatlam turbulizatsiyaga uchraydi va uning yuzasi jadal ravishda yangilanib turadi. SHu omillar µisobiga yuqori issiqlik o‘tkazish koeffitsienti va katta bug‘latish yuzasiga erishiladi.
Bunday qurilmada boshlang‘ich eritma isituvchi kameraning yuqori qismiga uzatiladi. Quyuqlashtirilgan eritma, separatorning pastki qismidan chiqariladi.
YUpqa qatlamli bug‘latqichlarning issiqlik almashinish yuzasi 63...2500 m2 bo‘lib, 38 va 57 mm li trubalardan yasaladi. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Kamchiliklari; isituvchi bug‘ bosimi tebranib turgan µollarda ishlashi bir tekisda emas. Agar, ish rejimi buzilsa, qurilmani sirkulyasiyali ishlash rejimiga o‘tkazish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug‘latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz, qovushoq va pastasimon materiallarni, µamda suspenziyalarni bug‘latish uchun ishlatiladi (8-rasm) .Bunday bug‘latkichlar silindrsimon yoki konussimon qobiq 5 dan iborat bo‘lib, tashqarisi isituvchi g‘ilof 6 bilan o‘ralgan. qobiq 5 ichida rotor 3 aylanib, eritmani silindrik qobiq devoriga yupqa qatlam ko‘rinishda purkaydi. Ayrim µollarda esa, oqimcha yoki tomchilar ko‘rinishida µam sochib yuborish mumkin.
D evor bo‘ylab taqsimlangan eritma asta - sekin bug‘latadi va devorda pasta yoki kukunning yupqa qatlami µosil bo‘ladi. Ushbu qatlam rotorning parraklari yordamida qirib tashlanadi. Bu turdagi qurilmalarda yuqori issiqlik almashinishga erishish mumkin, ammo bug‘ bilan suyuqlikning ilinib chiqib ketishi kam bo‘ladi.
Issiqlik berish koeffitsientini µisoblash uchun ushbu formula tavsiya etiladi:
bu erda n - aylanish chastotasi, ayl/min; - dinamik qovushoqlik, Pas; - muµitning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/mK.
Issiqlik berish koeffitsientini boshqa formuladan µam µisoblab topsa bo‘ladi:
bu erda z - rotordagi parraklar soni.
qobiq devori va parraklar orasidagi tirqish 0,04...1,5 mm ni tashkil etadi. Boshlang‘ich eritma qurilmaning yuqori qismiga uzatiladi va silindrik devor bo‘ylab yupqa qatlam ko‘rinishida taqsimlanadi. Parraklarning aylanma tezligi 12 m/s . Qurilma konstruksiyasi rotorni o‘q bo‘ylab siljishiga imkon beradi. Natijada, eritma qatlami qalinligini rostlash va jarayon tezligini oshirish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug‘latkichlar juda yuqori issiqlik o‘tkazish koeffitsientiga ega, ya’ni 2300...2700 Vt/m2K. Lekin, bu qurilmalar tuzilishi murakkab, yasash qiyin va juda qimmat. Undan tashqari, issiqlik almashinish yuzasi kam bo‘lgani uchun, ish unumdorligi yuqori emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |