Mundarija: I. O’quv materiallar


O’zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari Belorus Respublikasi



Download 0,74 Mb.
bet22/53
Sana08.01.2023
Hajmi0,74 Mb.
#898445
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
Mundarija I. O’quv materiallar

O’zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari Belorus Respublikasi
Oliy Kengashining raisi S.Shushkevichning 1991 yil 6 noyabrda O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich O’zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o’rtasida 1992 yilda savdoiqtisodiy hamkorlik printsiplari to’g’risida bitim imzolandi.

  1. yil 21-22 dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr

Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 ta hujjat imzolandi.
O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish to’g’risida shartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o’rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo’l, xavo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi.

  1. yil 30-31 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I.KarimovMoldova

Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I.Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fantexnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama soliq, olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. O’zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan shakar, doridarmon, qishloqxo’jalik texnikasi, elektro-texnika asbob-uskunalari, sug’orishda foydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O’zbekistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir.
1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi Eduard Shevernadze rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Bu tashrif O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I.Karimov va E.Shevernadze tomonidan O’zbekiston va Gruziya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzodandi. Ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo’jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog’liqni saqlash, sayyohlik, atrof muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik to’g’risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni ro’yobga chiqarishda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil may oyida Gruziya
Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Islom Karimovning Gruziyaga safari chog’ida E.A.Shevarnadze bilan halqaro Transkavkaz yo’li, uning Gruziyadan o’tadigan qismini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlaridan O’zbekiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari O’zbekistonning Kavkaz orti mamlakatlari bilan aloqalari bo’yicha ahdlashib olindi. I.Karimov va E.Shezarnadze O’zbekiston va Gruziya o’rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. Shuninglek O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta aloqasi, savdo, soliq bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin hukumatlararo bitimlar imzolandi. O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi va rivojlanib bormoqda. 1996 yil 27 may kuni Islom Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi. Safar chog’ida O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida savdoiqtisodiy soliq, bojxona, havo yo’li, avtomobil va temir yo’li aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo’yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari halqaro Transkavkaz yo’lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismini shakllantarish, O’zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Evropa tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to’g’risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuvlar yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995 yil 6-8 iyun kunlari Davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mazkur tashrif chog’ida I.Karimov Latviya Respublikasi Prezidenta Guntis Ulmanis bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston va Latviya hukumati o’rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O’zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, halqaro avtomobil qatnovi, temir yo’l transporti, madaniyat, bojxona ishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda "Dzintars" Latviya aktsionerlik jamiyatining O’zbekistonLatviya qo’shma korxonasi qurilib, "Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va "Dzintars" firma do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994 yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I.Karimovning 1995 yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident A.Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati o’rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning transportxo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klayped bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi. O’zbekiston bilan Litva o’rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish