Mundarija: I .Kirish II .Asosiy qism : 2. Neft fraksiyalari 2.Fizik-kimyoviy xossalari 3.Hayotimizdagi o’rni III.Xulosa
KIRISH
Ushbu kurs ishini o’rganish mobaynida kimyo fani va sanoatida muhim ahamiyatrga ega bo’lgan tuzlar gidrolizlanishi va ahamiyati to’g’risida keng ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Kurs ishimda quyidagi masalalar yoritib beriladi: Neft, uning kimyoviy va fizik xossalari, fraksiyalari, yurtimiz, nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat hayotidagi o’rni va boshqalar Neft kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz komponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida (taxminan 1880-yil) boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt (1920, AQSH)Neft kimyosining sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini (asosan, uglevodorodlar, turli yonilgʻilar, surkov moylari, monomerlar, erituvchilar, sirt faol moddalar va boshqa olishda qoʻllaniladigan katta miqdordagi organik mahsulotlar) qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat. Shu maq-sadda Neft kimyosi neft uglevodlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari, uglevodorodlar aralashmalari va neft tarkibidagi geteroatom birikmalarning oʻzgarishini tekshiradi. Neft kimyosi muammolarni yechishda organik va fizik kimyo, mat., issiklik texnikasi, kibernetika va boshqa fanlarning usullari hamda yutuklaridan kompleks foydalanadi.Neft (turkcha: neft; forscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Neft ,qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.Neft va tabiiy gaz faqatgina yonilg'i bo'lib qolmasdan, balki kimyo sanoati uchun juda muhim xomashyodir. Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleyev «Neftni yoqish - bu pullami yoqish demakdir» - degan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |