2.5.1-rasm
Jeyms Maksvell tenglamalari – Yorug‘likning elektromagnit tabiati
Ushbu kashfiyotlar natijasida “masofadagi o‘zaro ta’sir” deb nomlandi, natijada Vilgelm Viber tomonidan yaratilgan yangi elektromagnetizm nazariyasi uzoq masofali harakatga asoslandi. Keyinchalik Maksvell bir-birlarini yaratishga qodir elektromagnit to‘lqin bo‘lgan elektr va magnit maydonlar tushunchasini aniqladi. Keyinchalik Maksvell o‘z tenglamalarida “elektromagnit doimiy” deb nomlangan.
O‘sha paytga kelib, olimlar yorug‘lik elektromagnit xususiyatga ega ekanligiga juda yaqin edilar. Elektromagnit doimiyning fizik ma’nosi bu elektromagnit qo‘zg‘alishlarning tarqalish tezligidir. Jeyms Maksvellning o‘zi ajablantirgan narsa, bu zaryadlar va toklar bilan tajribalarda ushbu doimiyning o‘lchangan qiymati vakuumdagi yorug‘lik tezligiga teng bo‘ldi.
Ushbu kashfiyotdan oldin, insoniyat yorug‘lik, elektr va magnitlanishni baham ko‘rdi. Maksvellning umumlashtirishi yorug‘lik tabiatiga yangicha qarashga imkon berdi, chunki kosmosda mustaqil ravishda tarqaladigan elektr va magnit maydonlarning ma’lum bir qismi.
Quyidagi rasm elektromagnit to‘lqinning tarqalish naqshini ko‘rsatadi, bu ham yengil. Bu erda H – magnit maydon vektori, E – elektr maydoni vektori. Ikkala vektor ham bir-biriga perpendikulyar, shuningdek to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq.
2.5.2-rasm
O'qituvchi darsda mavzu muammolariga o'quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o'zlashtirishlarini ta'minlash lozim.
Ta'lim jarayoniga bilish vazifasini qo'yilishida muammoli savollar, vaziyatlar asosiy o'rinni egallaydi. Muammoli vaziyatlar yaratishda bilishga doir savol, o'quvchilar uchun muayyan darajada qiyin bo'lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko'rsatishi va ayni vaqtda ular bajara oladigan bo'lishi zarur.
Astronomiya darslarida o'quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda "Zinama-zina" texnologiyasidan foydalanish yaxshi samara berishini kuzatganmiz. Chunki Astronomiya fanining har bir mavzusida nazariy va amaliy bo'lishidan qat'iy nazar bosqichma-bosqich savollarga duch kelishimiz tabiiy. "Zinama - zina" texnologiyasining maqsadi: o'quvchilarga o'quv fanining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish, muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarini shakllantirish, muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishga mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish hisoblanadi.
O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlarga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib qoidalari va talablarini tushuntiradi: ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich o'quvchilardan diqqat-e'tiborni talab qilishini, mashg'ulot davomida ular guruhli va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi.
"Zinama - zina" texnologiyasi ko'p jihatdan o'quv materialining mazmuniga bog'liq bo'lib, bunda o'quvchilarni guruhlarga ajratib, yangi mavzuni bosqichma-bosqich savollar berish orqali tushuntirib boriladi. Fanda Astronomiya qonunlar, amaliy tajribalar va nazariyalarni o'rganish misolida ko'rish mumkin.
Astronomiyani o'rganishning barcha bosqichlarida "Zinama - zina" usulini u yoki bu darajada qo'llash mumkin. Buni "Oy tutilishi va uning shartlari" o'rganish misolida ko'rib o'tamiz. "Oy tutilishi va uning shartlari" mavzusini "Zinama - zina" usuli yordamida o'qitish uchun uning asosiy mohiyatini yaqqol ko'rsatib beruvchi «tayanch» tushunchalar kerak bo'ladi.
"Zinama-zina" texnologiyasi uchun ekspert varag'i
Guruhlar Savollar Nimalarni bilasiz
1-guruh uchun Oy haqida qanday ma'lumotlarni bilasiz?
2-guruh uchun Oy qanday tuzilishga ega?
3-guruh uchun Oy tutilishi uchun u qanday fazada bo'lishi kerak?
Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba'zan Yerning soyasi yoxud uning yarimsoyasi orqali o'tadi. Bunday hodisa Oy tutilishi deyiladi. Oy tutilayotganda, u har doim to'linoy fazasida bo'ladi (1-rasm). Agar bunda Oy Yerning soyasi ichidan o'tsa, unda to'la tutiladi. Bordiyu yarim soya ichidan o'tsa, u holda uni yarim soyali tutilish deyiladi.
Quyosh va Oy tutilishlari tabiatning g'aroyib hodisalaridan bo'lib, qadimda kishilarda kuchli vahima tug'dirgan. Bunday hodisalarning ro'y berishi sabablari bugun yaxshi o'rganilgan. Shu tufayli olimlar, bundan bir necha yil keyingi
bo'ladigan tutilishlarning vaqtlarini ham aniq aytib bera oladilar.
1 - rasm.Oy tutilishi hodisasi: 1.Quyosh. 2.Yer va 3.Oy orbitasi. "Zinama-zina" texnologiyasi uchun ekspert varag'i
Guruhlar Savollar Nimalarni bilasiz
1-guruh uchun Oyning to'la tutilishi bilan yarim soyali tutilishining qanday farqi bor?
2-guruh uchun Oy tutilishi uchun u qanday shartlar bajarilishi kerak?
3-guruh uchun Oyning o'roqcha shaklda ko'rinishi qanday izohlaysiz?
Yerning ma'lum bir joyida Oy tutilishi, Quyosh tutilishiga nisbatan ko'proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari, Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo'lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa, Yerning Quyoshga qarama-qarshi yarim sharining hamma qismida ko'rinadi.
2-rasm. Oy tutilishi shartlarini tushuntirish
Endi faraz qilaylik, Yer soyasining markazi ekliptikaning S nuqtasida bo'lsin (2-rasm). Bunda, Oygacha bo'lgan o'rtacha masofada uning radiusi 41' bo'lib, rasmdagi LLOy orbitasining bir qismi hisoblanadi, L esa, orbitada burchak radiusi 15',5 bo'lgan Oy markazining holatini, $-Oy orbitasining ko'tarilish tugunini belgilaydi. Rasmdan ko'rinishicha, Oy tutilishi uchun u to'linoy fazasida bo'lib, oy markazi va Yer soyasining markazi orasidagi masofa ularning radiuslarining yig'indisi, ya'ni 41' + 15',5 = 56',5 kichik masofada bo'lishi zarur ekan. U holda to'g'ri burchakli sin56',5 = sinCQ sin 5°09'
bularga ko'ra, quyidagilarga ega bo'lamiz
S# =M =10 °,6
Binobarin yuqoridagi hisobga ko'ra, Oy tutilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi, ya'ni: 1) Oy-to'linoy fazasida bo'lishi shart; 2) To'linoy paytida Quyosh markazi Oy tugunlarining biridan 10°,6 dan kichik yoy masofada bo'lishi shart ekanligi ma'lum bo'ladi.
"Zinama-zina" texnologiyasi uchun ekspert varag'i
Guruhlar Savollar Nimalarni bilasiz
1-guruh uchun Oy Yerning tabiiy yo'ldoshimi?
2-guruh uchun Oyning tutilishiga sabab nima?
3-guruh uchun Oy tutilishi ko'proq kuzatiladimi Quyosh tutilishimi nima uchun?
Oyning to'la tutilishida esa (ya'ni, u Yerning soyasiga butunlay kirganda), Oy ko'zdan butunlay g'oyib bo'lmay, to'q qizil rangda jilolanadi. Buning sababi, bu paytda Oyning, Yer atmosferasida sochilgan va singan Quyosh nurlari bilan yoritilishidir. Bunda Yer atmosferasi ko'k va havorang nurlarni keskin sochib yuborib, Oy tomonga asosan qizil nurlarni sindirib o'tkazadi va Oy aynan shu nurlar bilan yoritiladi va qizarib ko'rinadi.
Yorug‘lik nurlari dastalarining bir-biriga bog‘liq bo‘lmaslik qonuni. Alohida yorug‘lik nuri dastasida kuzatiladigan hodisalar boshqa dastalar bir vaqtda mavjud bo‘lish yoki bo‘lmasligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Yorug‘lik oqimini alohida yorug‘lik dastalariga ajratib, tanlangan yorug‘lik dastasi ta’siri boshqa dastalarga bog‘liq emasligini oson isbotlash mumkin.
2.5.3-rasm.
Agarda, yorug‘lik nuri ikki muhit chеgarasiga tushsa (2.5.3 - rasm), I tushuvchi nur II qaytgan va III singan nurlarga ajraladi, ularning tarqalish yo‘nalishlari qaytish va sinish qonunlari bilan bеlgilanadi.
2.5.4-rasm
Qaytish qonuni: qaytgan nur, tushuvchi nur va tushish chеgarasiga o‘tkazilgan pеrpеndikulyar bilan bir tеkislikda yotadi, qaytish burchagi tushish burchagiga tеng bo‘ladi:
(1)
Sinish qonuni: tushuvchi nur, singan nur va tushish nuqtasida ikki muhit chеgarasiga o‘tkazilgan pеrpеndikulyar bilan bir tеkislikda yotadi, tushish burchagining sinusini sinish burchagi sinusiga nisbati bеrilgan muhitlar uchun o‘zgarmas kattalik hisoblanadi:
(2)
bu еrda n21 – ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko‘rsatkichidir. Ikki muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichlari ularning absolyut sindirish ko‘rsatkichlarining nisba-tiga tеngdir: (3)
Muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi elеktromagnit to‘lqinning vakuumdagi tеzligining muhitdagi fazaviy tеzligiga nisbatiga tеngdir:
(4)
bu еrda га тенг, e ва m – muhitning dielеktrik va magnit singdiruvchanligidir. Sinish qonunini quyidagicha qayta ifodalash mumkin:
(5)
Agarda, yorug‘lik katta sindirish ko‘rsatkichli n1 muhitdan o‘tib kichik sindirish ko‘rsatkichli n2 muhitda, misol uchun, shishadan suvga o‘tib tarqalsa, u holda
bo‘lib, singan nur normaldan uzoqlashadi va i2 sinish burchagi i1 tushish burchagidan katta bo‘ladi (2.5.4– rasm).
XULOSA
Xulosa qilib aytganda o'rta ta'lim maktablarida "Astronomiya" fanini o'qitish davomida "Zinama-zina" texnologiyasini qo'llash, o'quvchilarni o'zaro fikr almashish faoliyatini oshiradi, ularni bir-birlarini tinglashga, hamda bir-birlarini kamchiliklarini to'ldirishga o'rgatadi.
Kurs ishini yozish davomida quyidagi xulosalarga kelindi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda ta’lim beruvchidan yetarlicha bilimga ega bo’lish bilan bir qatorda uni o’quvchilar ongiga yetkazib bera olish ham talab etiladi. Buning uchun pedagog o’qitish metodikasi bilimlarini to’la egallagan bo’lishi zarur. Bilimlarni yetkazib berish jarayonida turli pedagogik metodlardan foydalanish o’quvchilarning darsdagi faolligini va darsga bo’lgan qiziqishini orttirishga, bu esa ta’lim samaradorligini ortishiga sabab bo’ladi. O’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik metodlarni joriy qilish pedagogdan ijodiy ishlashni talab etadi deb o’ylayman. Pedagog o’zidagi mavjud ma’lumot va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha ma’lumotlar hamda ilg’or o’qitish uslublarini ko’zlagan maqsadga yo’naltirish qobilyatiga ega bo’lishi lozim.
O’qituvchi yosh avlodning madaniy va ma’naviy dunyosi me’mori, jamiyatning ishonchli kishisidir. Jamiyat o’qituvchiga eng qimmatli bo’lmish bolalarni, o’z umidini o’z kelajagini ishonib topshirgan. O’z umrini shu kasbga bag’ishlagan insondan jamiyat doimo ijodkorlikni, tinimsiz fikrlashni, zo’r qalb saxovatini, bolalarga mehr-muhabbatni, ishga astoydil sadoqatni talab qiladi.
O’quvchilarda fizikaga qiziqish uyg’ota olish, ularning kelajakda shu fanga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi aynan fizika o’qituvchisiga bog’liq. Ijodiy ishlaydiga o’qituvchining darslari xilma-xil bo’ladi. Buning uchun u doimiy izlanishi, o’z ustida muntazam ishlashi, bilimini to’ldirib borishi lozim. Aksariyat o’qituvchilar har bir darsni ham mazmunli, ham qiziqarli qilib o’tishga intiladilar. Fizika fanining o’ziga xos xususiyati ham shundadir. Shunday ekan, darsni albatta ilmiy darajasiga putur yetkazmagan holda qiziqarli ravishda o’tish lozim.
Umumta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlani qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o'quvchilarni mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir. Zamonaviy pedagogik metodlar o’quvchilarning fan bo’yicha bilimlarini esga tushirish, jonlantirish, yangi bilimni yaxshi o’zlashtirishga asos bo’ladi deb o’ylayman. O’quv jarayoni nafaqat ta’lim, balki tarbiya jarayoni ham ekanligini inibatga olib, fizika darslarida foydalaniladigan zamonaviy pedagogik metodlar o’quvchilarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak deb o’ylayman. Pedagogik metodlar mavzu mazmunidan kelib chiqib tanlanishi kerakligi ma'lum bo'ldi. Dars jarayonida qo’llanilgan pedagogik metodlar o’z navbatida qiziqarli bo’lishi hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanishi ham kerak.
Kurs ishini yozish davomida quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratildi:
- umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfida o’qitiladigan fizika fanidan DTS talablari va o’quv dasturlari hamda ishchi o’quv rejalarni o’rganish;
- umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun fizika darslik bilan tanishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |