Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 1 Mb.
bet7/12
Sana01.07.2022
Hajmi1 Mb.
#724908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekiston yer suv resurslaridan foydalanish muammolari

Ko‘zlangan islohotlar
Konsepsiya loyihasida suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Biz faqat o‘zimiz uchun eng muhim ko‘ringan yo‘nalishlarni qayd etmoqchimiz.
1. Suv xo‘jaligida bozor tamoyillarini joriy etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatini tijoriylashtirish, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini va autsorsingni joriy etish hisobiga suv xo‘jaligining moliyaviy barqarorligini oshirish. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun sharoitlar xilma-xilligini hisobga olgan holda, xo‘jalik ichki sug‘orish-drenaj tarmoqlarini boshqarishning universal modelini yaratishni urinishdan yanada moslashuvchan va xilma-xil mexanizmlariga o‘tish ko‘zda tutiladi.
Hududning o‘ziga xos xususiyatlari, suv xo‘jaligi xizmatlarining kadrlar salohiyati va xususiy sektorning davlat-xususiy sheriklikda qatnashishga tayyorligidan kelib chiqqan holda mahalliy sug‘orish-drenaj tarmog‘ini boshqarish funksiyalarini:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va boshqa suv iste'molchilarining ixtiyoriy birlashmalariga;
xususiy kompaniyalarga (tanlov asosida);
qishloq xo‘jaligi klasterlariga (ular javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor joylarda) berish;
suv infratuzilmasini boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish, xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va autsorsingning boshqa ko‘rinishlari doirasida o‘zga tashkilotlarga berish.
Autsorsing uchun quyidagilarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda (xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining mulkini boshqarishning vaqtincha, doimiy va boshqa shakllariga o‘tkazish imkoniyati bilan):
- suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanish va ularni texnik jihatdan ta'minlash;
- suv xo‘jaligi inshootlarini ta'mirlash, qurish va modernizatsiya qilish;
- suv sohasiga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlari.
Bu ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish orqali suv yetkazib berish xarajatlarini kamaytirish va suv iste'moli samaradorligini oshirishga yordam beradi.
2. Suvdan foydalanuvchilarning suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash darajasini bosqichma-bosqich oshirish. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlari unchalik katta emas (ular yetkazib berish xarajatlarining bir qisminigina qoplaydi) va uni iste'mol qilish hajmi bilan bevosita bog‘liqlik yo‘q.
Magistral va xo‘jaliklararo tarmoqlar darajasida bunga suv solig‘i stavkalarini oshirish va differensiatsiyalash orqali erishiladi. Mahalliy sug‘orish tarmoqlari darajasida esa suv iste'molchilarining moliyalashtirishdagi ishtirokini ko‘paytirish suv yetkazib berish uchun to‘lov mexanizmlarini takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Suv yetkazib berish xarajatlarini suv solig‘iga kiritishda suv iste'moli hajmi va suv yetkazib berish xarajatlariga qarab, suv uchun differensiatsiyalashgan soliq stavkalarini hisoblash uslubiyati ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
3. Suv xo‘jaligi sohasida ma'muriy islohotlar o‘tkazilishi, zamonaviy, bozor tamoyillariga mos boshqaruv usullarining joriy etilishi, suv xo‘jaligini boshqarishda suv iste'molchilari, boshqa manfaatdor tomonlar va jamoatchilikning roli va ishtirokini oshirish. Har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Qaror qabul qilishda davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun quyidagilarga bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni aniq chegaralash talab etiladi: 
davlat tomonidan tartibga solishning asosan ma'muriy usullarini qo‘llashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan usullar va mexanizmlarga o‘tish, shu jumladan suv resurslaridan samarali foydalanish, xususiy tashabbuslarni jonlantirish va sohaga nodavlat moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini yaratish;
barcha suv resurslari, shu jumladan yer usti, yer osti va qaytar suvlarni boshqarish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
turli sohalarda (qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jaligi, sanoat, energetika va boshqalar) suv resurslari taqsimlash va foydalanishni tartibga solish;
suv xo‘jaligi infrastrukturasidan foydalanish va suv xizmatlarini ko‘rsatish funksiyalarini amalga oshirish;
suv olish limitlari, shuningdek suv iste'moli va suvdan foydalanishning tartib-qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Qaror qabul qilishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun bu funksiyalar turli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
4. Suvdan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligining mahsuldorligini yanada oshirish talablariga javoban suv huquqlari yoki uning qismlari bilan almashishning adolatli va shaffof tizimini yaratish ko‘zda tutilgan. Zaxiralarning (jumladan, qor qoplami) suv ta'minotiga asoslangan suv taqsimlash rejalari yil va fasl o‘rtasida vaziyat o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda shaffof va adolatli yondashuv asosida tuziladi. Suvni taqsimlash va suvga bo‘lgan huquqni sotish bo‘yicha shaffof va samarali qoidalar Konsepsiyaning keyingi bosqichlarida yakunlanadi.
5. Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish va texnik holatini yaxshilash, ularning xavfsizligini ta'minlash, sug‘orish tizimlarida suv yo‘qotilishini kamaytirish, suvni yetkazib berishga sarflanadigan energiya xarajatlarini qisqartirish. Bu davlat budjeti va xususiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Suvdan oqilona foydalanish, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, suv iste'molini maqbullashtirish, qaytar suvlardan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha ta'sirchan rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish, suv tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va konsalting ishlarini moliyalashtirish manbalarini rag‘batlantirish va kengaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
7. Suv xo‘jaligi sohasiga kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligida ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirish.
8. Suv resurslarini bashorat qilish va hisobga olish tizimini takomillashtirish, samarali qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish