15
2.6 HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA TA’MIRLASH
Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkaziladi. Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi ishlatishga yaroqli deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi hisobga olish asbobi qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat rasmiylashtiradi hamda vakolatli xodimga topshiradi. Hisobga olish asbobining hisoblash mexanizmi va rostlash elementlariga ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida hisobga olish asbobining kojuxlari mahkamlangan joy davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi. Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish asbobi foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Xabarnomada hisobga olish asbobining yaroqsiz holga kelish sabablari, shuningdek hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkinligi yoki uni ta’mirlash imkoni mavjud emasligi ko‘rsatiladi.
Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkin bo‘lsa, vakolatli xodim iste’molchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida ta’mirlash tashkilotiga topshiradi.
Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u ta’mirlanganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, ta’mirlash tashkilotida qoldiriladi. Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan o‘tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart. 16 Hisobga olish asbobini qayta qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi shu kunning o‘zida hisobga olish asbobining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, hisobga olish asbobining kojuxlari mahkamlangan joyini plombalaydi. Hisobga olish asbobi qayta qiyoslashdan o‘tkazilganda ham foydalanishga yaroqsiz deb topilgan hollarda, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga olish asbobi o‘rnatib beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan elektr energiyasini hisobga olish asbobini buzish holatlari iste’molchining aybi bilan sodir etilganda, hisobga olish asbobini almashtirish, qiyoslashdan o‘tkazish, ta’mirlash, o‘rnatish xarajatlari va ko‘rsatilgan xizmatlar haqi iste’molchi tomonidan to‘lanadi. Hisobga olish asbobini ekspert qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |