Mundarija I kirish. II asosiy qism



Download 94,47 Kb.
bet10/11
Sana20.04.2022
Hajmi94,47 Kb.
#566785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fosforli o’g’itlar

Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 +nH2O =H3PO4 + 5CaSO4 • nH2O + HF
Uchkalsiyfosfat bilan bir qatorda, fosforit tar­kibidagi aralashmalar ham parchalanadi. Masalan: temir, alyuminiy, magniy birikmalari sulfat birikmalariga aylanadi. Texnologik jarayon sxemasi, asosan ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchisi - fosforitni sulfat
kislota ishtirokida parchalash va ikkinchisi - fosfor kislotani cho’kmadan (fosfogipsdan) ajratishdan iborat.
Ekstraksiya usuli bilan olingan fosfat kislota hozirgi davrda, asosan ammofos o’g’iti ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi.Ammofos murakkab o’g’itlar turkumiga kirib tarkibi­da 42-44 % P2O5 va 10-12 % azotga ega. Ammofos ishlab chiqarish jarayoni fos­for kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash reaksiyasiga asoslangan:
H3PO4(s)+ NH3(g) = NH4H2PO4(q) + 147 kJ.
H3PO4(s)+ 2NH3(g) = (NH4)2HPO4(q) + 215 kJ.
Ammofos ishlab chiqarish jarayoni, asosan 4 bosqichdan iborat: 1. Fosfor kislotani mahsus neytrallash apparatida ammiak bilan neytrallash. Bu reaksiya ekzoter­mik bo’lgani sababli, neytralizatorda issiqlikdan foydalanib qisman eritma bug’latiladi va quyuqlashtiriladi. 2. Bug’latish apparatlarida 55-56 % suvli eritma 18-25 % suv qolguncha quyultiriladi. 3. Hosil bo’lgan suspenziya 112-115°C darajada quritish va donadorlash bosqichga yuboriladi. 4. Dona shakliga kelgan mahsulot qo’shelak orqali 3 xil fraksiyaga bo’linadi: yirik qismi mayda­lovchi apparatga, mayda qismi donadorlash apparatiga qayta retur sifatida yuboriladi. Ikkinchi elakda qolgan qismi mahsulot sifatida sovitilib qoplanadi.
2.4 Fosforning o’snmliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari
O’simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi o’rinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hnsoblanadi. O’simliklar fosforni, asosan, ortofosfat knelotaning (HPO4) anionlari holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat (H3PO3) va pirofosfat kislotalarning tuzlaridan o’zlashtirishi, shuningdek, ba’zi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforini ham o’zlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota PH 7-8 da va undan pastda dissodiyalanib, bitta yoki ikkita N+ ion ajratib chiqaradi va H2 PO4 hamda HPO4ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, aeotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislotalar tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim^ jarayonlarida- oqsillar sintezida o’sish va ko’payishida, irsiyG’ xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarping sitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. O’simliklardagi fosforving anchagina miqdori fitin - urug’larning zahira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o’simlikning o’sish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va ko’pgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvida. turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun enertiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota (ATF) asosiy rol o’ynaydi. O’simliklarda fosfor etishmasligi bularning yosh nihollik paytida, hali yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining o’zlashtirish xususiyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor etishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p o’zlashtiradi, shunga ko’ra o’sishning boshlang’ich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli usimliklarni vegetasiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Har xil tuproqlarda fosfor (P2O5)ning miqdori 0,03 dan 0,2% gacha bo’ladi, haydalma qatlamda esa uning umumiy zahirasi 1 ga maydonga 100 dan 6000 kg gacha to’g’ri keladi.
2. O’simliklar vegetasiya davri mobaynida 1ga erdagi tuproqdan o’rtacha 20 dan 60kg gacha miqdorda, ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam R2O5 iste’mol qiladi. Tuproqdagi fosforning o’rnini go’ng hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan to’ldirib bo’lnaydi. Tusrokdagi fosfor zahirasini to’ldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo’q.
Fosforli o’gitlar eruvchanligiga va o’simliklarga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. Suvda yaxshi eriydigan o’g’itlar - addiy superfosfot va qo’sh superfosfat. 2. Suvda kam eriydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’ntlar-presnpitat, tomasshlak, termofosfatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.. 3. Suvda erimaydigan, faqat kuchli kislotalarda to’liq eriydigan o’g’itlar- fosforit uni, suyak uni.
Superfosfat. Oddiy superfosfat maydalangan apatit yoki fosforitga sulfat kislota bilan ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bunda qiyin eruvchan fosfatlar narchalanib, suvda eriydngan monokalsiy fosfat Ca (H2PO4) va suvda eriymaydigan gips Sa5S>4 hosil bo’ladi:
2 CaF (PO4)3 + 7H25O4+ 3H20 = Ca (N2PO4)2 H2O + 7CaSO4 + 2 HF
Ca3(PO4)2 + H2SO4 + H2O = Ca(H2PO4)2 H2O +-2Ca5O4




Apatitdan olinadigan oddiy superfosfot tarkibida 19-20%, fosforitlardan olinadiganida esa 14-16 % fosfor bo’ladi (P2O5 ga hisobidan olinganda).
Oddiy superfosfat asosan, donador holda, donachalarining o’lchami 2-4 mm keladigan qilib chiqariladi.
Qo’sh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips bo’lmaydi, shu sababli unda P2Oa ning miqdori ko’p 42-49% bo’ladi, Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2 H2O va ozroq miqdori (4,5-5,7 %) erkin fosfat kislota holida bo’ladi.
Qo’sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy o’g’it sifatida superfosfat solishda uni plug bilan ko’mib ketish lozim, bunda o’g’it tuproqning chuqur va doim nam bo’lib turadigan, tuproqdagi o’simlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turish kerak.
Superfosfat kimyoviy gotilish natijasida solingan joyida deyarli to’liq o’rnashib qoladi va tuproqda juda sekni siljiydi.
Birinchi yili o’simliklar undan foydalanmaydi, tuprokda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman o’zlashtiriladi.
Presipitat kalspy difosfat (Ca HPO4 x 2H2O) tarkibida 27 dan 35% gacha P2O5 bo’ladi. Presipitat fosfori suvda erimaydi, lekin ammoniy sitratda eriydi va uni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. O’g’it yaxshi fizik xossalarga ega. Presipitatni barcha
Tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy o’g’it sifatida ishlatsa bo’ladi.
Tomasshlak- fosforga boy cho’yanlarni Tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va ao’latga aylantirishda hosil bo’ladigan qo’shimcha mahsulot.
Tomasshlak to’q rangli og’ir, mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20% gacha P2O5 bo’ladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo’ladi. Fosforit uni- eng arzon fosforli o’g’it.
Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga - qaidlavlagi, kartoshka, makkajo’xori va bophalarga I solinganda eng ko’p samara beradi. Fosforit uniqancha ko’p solingan bo’lsa, uning ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo’ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda; organik va noorganik kimyo sohasida o’g’itlar ishlab chiqarishda keng ko`lamda ishlar olib borilmoqda.Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli,azotli,fosforli va meniral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday o’g’itlar o`ta sifatlidir.Shuni aytib o`tish kerakki fosforli o’g’itlar ham juda katta ahamiyatga ega bulib qishloq xo`jaligi uchun juda ham zarur bo’lgan o’g'it hisoblanadi.O’z vaqtida kerakli joy o`g`itlansa tuproq unumdorligi oshib mo’l hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi.Ammo bunday o’g’itlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi.Meyoridan ortiqcha solingan o’git yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi.Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60kg gacha berilsa bunday erlar o’z samarasini bermasdan qolmaydi.



Download 94,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish