Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni shakllantirish



Download 374 Kb.
bet4/9
Sana18.04.2022
Hajmi374 Kb.
#561475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moxinur

2.2 Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni shakllantirish
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bundan iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi xarakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Xozirgi zamon iktisodiy nazariyalarda bozor iktisodiyoti deganda bozor xujaligi subyektlari iktisodiy xatti-xaraka-larining erkin, musakil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orkali bir-biriga boglanib muvofiklashuvi tushuniladi. Bozor iktisodiyotida bozor alokalari butun tizimni, uning xamma boskichlarini ishlab chikish, ayirboshlash, taksimlash va ise’mol jarayonlarini, xamda iktisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini kamrab oladi.
Bozor iktisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar xam, uz mehnatini sotuvchi ishchilar xam, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va kimmatli kogozlar egalari xam kiradi. Odatda, bozor xujaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruxga bulinadi: uy xujaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida fa-oliyat kursatuvchi asosiy tarkibiy birliq Uy xujaliklari doira-sida moddiy ishlab chikarish va xizmat kursatish soxalarida yaratilgan tovar va xizmatlar icne’mol kilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar xisoblanadi. Iktisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy extiyojni kondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori — bu daromad (foyda) olish maksadida amal kiluvchi iktisodiyotning birlamchi buginlaridir. U ish yuri-tish uchun uz kapitalini yoki karz olingan kapitalni ishga solish-ni takazo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chikarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xujaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat — foyda olishni maksad kilib kuymagan, asosan ikti-sodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, xar xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon buladi.
Bunday iqtisodiy tushunchalar birinchi navbatda talabalarga tushuntiriladi.
Ularga maktab o’quvchilariga uni qanday yetkazib berish mexanizmi singdiriladi.
Bozor iktisodiyotining muxim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
— turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bulishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
— tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
— raqobat kurashining mavjudligi;
— davlatning iktisodiyotga cheklangan xolda aralashuvi;
— korxona va firmalarning ichki xamda tashki shart-sharoitlar uzgarishlariga moslashuvchanligi.
Ana shu belgilar mavjud bulgandagina bozor mexanizmi yaxshi ishlay boshlaydi. Buni talabalarga iqtisod fani o’rgatilganda o’rgatiladi. Endi ularda iqtisodiy tarbi mexanizmini tarkib toptirishimiz zarur bo’ladi. Xo’sh endi iqtisodiy tarbiya haqida nimalar deyish mumkin va u qanday amalga oshiriladi.
Talabalarga uni o’rgatish orqali biz maktab o’quvchilariga iqtisodiy tarbiyani qanday qilib singdirish lozimligi borasida o’z fikrimizni berib o’tishni maqsadga muvofiq deb topdik,
Bizga ma’lumki boshlang’iya ta’limning 4-sinfida quyidagi iqtisodiy tushunchalar o’quvchilarga singdirilishi kerak. Bular: biznes; biznesmen; menijer; raqobat; unumdorlik; inqiroz; ko’chmas mulk; talab;
taklif;
yarmarka; yarka; birja; aksiya; auksion; eksport; chakana savdo;
ulgurji savdo va oldingi sinflarda o’tilgan bilimlar takomillashtiriladi unda misol uchun 1-sinflarda o’tilgan iqtisod, ehtiyoj, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, mahsulot, bojor sotuvchi, xaridor, do’kon, pul, narx, davlat mulki, mulkdor kabi bir qator tushunchalar o’quvchilarga o’rgatilgan. Shuning uchun ham ular bu tushunchalarning mazmun mohiyatini to’la anglab yetadilar. Chunki 1- sinfdan to 4-sinfgacha bu so’zlar bilan ishlar uzluksiz davom etib kelmoqda.
Boshlang’ich ta’limning 4-sinflarida o’qiyotgan o’quvchilarga 2-sinflarda quyidagi iqtisodga oid bilimlar va tushunchalar singdirilgan.
Bular:
- moddiy ehtiyoj; ma’naviy ehtiyoj;
tavar; natural maxsulot; ishlab chiqarish; karxona; tadbirkor; reklama; daromad; ish haqqi; mukofat; meros; merosxo’r; bank; banker kabi bilimlar 2-sinf o’quvchilariga o’rgatilgan.
Bundan ko’zlangan maqsad shundan iboratki, har bir o’quvchining ongiga iqtisodga oid bilimlarni singdirish va shu orqali ularda iqtisodiy tarbiyani yo’lga qo’yishdir.
Misol uchun moddiy va ma’naviy ehtiyoj tushunganda bilimlarning iqtisodiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishda undan qanday foydalanish mumkin.
Ehtiyoj – jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir.
Ehtiyoj – insonning, uning hayoti va rivojlanishini ta’minlaydigan ma’lum sharoitlarga bo’lgan zarurati.
Ehtiyoj – insonning voqyelikka va o’z vazifalariga bo’lgan munosabatini belgilovchi shaxs xususiyati, oxir-oqibat bu munosabat, uning yashash, hayot tarzi va faoliyati.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir – birlari bilan bog’liq tushunchalardir. Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha.
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofasi tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotdir.
O’rta Osiyo xalqining eng qadimgi «Avesto» diniy kitobining og’zaki vujudga kela boshlashi natijasida, ya’ni miloddan 3000 yillar muqaddam shakllanib kelgan G’arb va jahondagi boshqa mamlakatlarda yashovchi xalqlar ma’naviyatiga zid o’laroq uyat, andisha, sharm-hayo, ibo, or-nomus, iffat, g’urur, izzat-nafs, qadr, insonparvarlik, muruvvat kabi axloq me’yorlariga asoslangan insonning ruhiy, axloqiy qiyofasi bo’lib, shular asosida tashkil topgan urf-odatlar, milliy an’analar va turmush kechirish tarzi hisoblandi (Abdurahmonov A.).
Anashu tushunchalar mohiyatidan kelib chiqqan holda ma’naviy va moddiy ehtiyojga to’xtab o’tamiz.
Moddiy ehtiyoj – kishilik jamiyati, insonlar o’zlarining tabiiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida unga muhtojlik sezadi.
Misol uchun suvga, kiyimga, uyga, mashinaga ish qurilmalari va hokozalar.
Bular to’g’risida o’quvchilarga qanday ma’lumot bersa bo’ladi va u orqali ularda qanday qilib iqtisodiy tarbiya shakllantiriladi degan savolga albatta o’z javobiga ega bo’lishi kerak.
Buni amalga oshirishda o’qituvchi o’zining mahoratiga, qobiliyatiga tayanib ish ko’radi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy ehtiyoj to’g’risida tushuncha berganda qalb istagiga ko’ra, kitob o’qish va uni xarid qilish qo’g’irchoq teatrlariga borish, har xil rangdagi gullar rasmini yig’ish. O’yin uchun olingan vositalarning ko’rkamligi, chiroyliligi, odamni o’ziga jalb qiluvchi tomonlari, uyga, ota-ona bag’riga talpinishini misol qilib ko’rsatib o’tish mumkin. Buning iqtisodga oid tomonlari insonda ehtiyoj paydo bo’lsa, undan foydalanish mexanizmini ongli tarzda ishga tushurish kerak bo’ladi.
Bu o’z navbatida o’quvchilarda avaylab-asrash, saqlash, yaxshilab tutish, ko’paytirish, jilo berish, savg’a qilish kabi istaklarni ro’yobga chiqaradi. O’zida ehtiyoj orqali erishgan narsalarni asrashga va tejashga o’rganib boradi. Anashu tariqa boshlang’ich sinflarda iqtisodiy tarbiya asta-sekinlik bilan yo’lga qo’yilib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu vazifani bajarishda esa boshlang’ich sinf o’qituvchisining bilim va mahorati juda ko’p narsani hal qilib, ularning iqtisodiy savodxonlik darajasi hamda o’z faoliyatini pedagogik muloqat asosida, ya’ni subyekt-subyekt munosabatlariga tayangan holda qurishi ko’zlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashdagi asosiy talablardan biri ularni boshlang’ich sinf o’quvchilariga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni taqdim etish bo’yicha bilim, mahorat va metodika bilan qurollantirish, iqtisodiy fikrlashga o’rgatishdan iborat.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bir emas bir necha o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilarga to’rt yil davomida bilim beradi. Shuning uchun iqtisodga oid tushunchalarni mazkur o’quv predmetlari tarkibiga singdirish, ya’ni, integrasiyalashgan tarzda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini integrasiyalashgan darslar mazmunini ishlab chiqish, integrasiyalashgan o’quv materiallarini taqdim etishning eng ma’qul shakli, metod va vositalarini tanlay olish, integrasiyalashgan darslarni didaktik jihozlashga o’rgatish lozim. Bu o’rinda tanlangan iqtisodiy materiallar o’quvchini asosiy materiallardan chalg’itmasligi, balki mavzuni mustahkamlashga, chuqurlashishga, bilimlarini puxta egallashga qaratilgan bo’lishi hamda ularni amaliyotda qo’llashga yordam berishi lozimligiga alohida ahamiyat qaratish shart. Talaba boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida nafaqat ta’lim jarayonini uyushtira olishi, balki, pedagog mahoratini doimo oshirish, ijodiy izlanish, o’quvchilarning ichki dunyosini, ularning intilish, motiv va ehtiyojlarini tushunish, o’quvchi shaxsini to’laqonli rivojlantirish, o’quvchilarni egallagan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish kabi sifatlarga ega bo’lishi lozim.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga dars jarayonida o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng iqtisodiy jihatdan qanday muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganligi, ya’ni qanday yangi korxonalar barpo etilganligi, qo’shma korxonalarda qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi, kasb-hunar va ularning turli-tumanligi, davlat mulki, xususiy mulk, sotuvchi, xaridor, tadbirkorlik, tadbirkorlar qanday insonlar ekanligi, soliq, raqobat, reklama, daromad, talab va taklif, qimmatbaho qag’ozlar haqida tushuncha berishda turli ma’lumotlardan foydalanish, ular asosida bolalarbop, ixcham matnlar, mashqlar, masalalar, o’yinlar, test savollari, boshqotirmalar tayyorlash hamda ularni, o’quvbiluv jarayonigatatbiq etish yo’llarini o’rgatish ko’zlangan maqsadga erishishda yaxshi natijalarga olib keladi.
Iqtisodiy bilimlarni u yoki bu o’quv predmeti mazmuniga singdirib, integrasiyalashgan tarzda taqdim etishda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga o’z ish faoliyatida shaxsni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasiga amal qilish hamda o’quvchilarni ta’lim jarayonini subyektiga aylantiradigan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, pedagogik hamkorlik, ya’ni o’qituvchi-o’quvchi hamkorligi mazkur texnologiyalarning bir bo’lagi hisoblanadi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirish nuqtai nazardan o’zaro munosabatga kirishadi. O’quvchilar o’rtasida esa dialogli munosabatlar vujudga keladi. Mazkur munosabatlar natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda bilim olishni, o’zgalarning fikrini hurmat qilishni o’rganadilar. Shuningdek, o’z-o’zini o’qitish jarayonida o’quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, o’ziga ishonch, o’ziga o’ziga tanqidiy qarash, o’zini xaqqoniy baholay olish kabi sifatlar paydo bo’ladi.
Demak, 4-sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining iqtisodiy savodxonligi, bilim va mahorati hamda o’quv-biluv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olish malakasi alohida o’rin egallaydi. [14]
Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko’ra, pedagogik texnologiyalarning so’ngi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi. Boshlang’ich ta’limning 4-sinflarida iqtisodiy tilimlarni singdirishda barcha fanlardagi tushunchalarni yashash joyi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda milliy qadriyatlarga tayanib olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Buni amalga oshirishda 1-4 – sinflardaga materiallardan foydalanish usuli to’g’risida keyingi paragrflarda batafsil to’xtalib o’tamiz.

Download 374 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish