Iqtisodiy tarbiya – shaxsni iqtisodiyot asoslari bilan tanishtirish, tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob – kitob va shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya – bu ta’lim oluvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish negizida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko’paytirish qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirishdir.
Iqtisodiyot – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, uy xo’jaligini boshqarish degan ma’noni bildiradi.
Iqtisodiyot – inson faoliyatining iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, uning natijalarini o’zlashtirish, uning natijalarini o’zlashtirish, mavjud moddiy va mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning muhim tomonidir.[16]
Iqtisodiy ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishilar (mutaxassis pedagoglar) rahbarligida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, unda ta’lim oluvchiga iqtisodiy ta’lim berish, ya’ni iqtisodiyotning ma’lum tamoyillari, qonun-qoidalarini hamda kategoriyalarini tushuntirish va iqtisodiyotning ma’lum sohalari haqidagi bilimlarni o’qitish amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi iqtisodning umumiy asoslari haqida baxs yuritadi.
Iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi – o’quvchi (talaba)ga iqtisodiy faoliyat subyekti sifatida qaralgan holda o’quvchilarning kelajakdagi hayot faoliyatlarini oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat tuzilishini o’rganish, undagi o’zining o’rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Insoniyat hayoti va unung taraqqiyoti jarayonlarida fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, ma’naviyatga oid bilimlarni o’rganib ularni o’zlashtirib borishi natijasida o’z maqsadlari sari olg’a qadam tashlaydi. Inson o’z umri davomida orzu qilib, unga erishib yaxshi kun kechirishlari uchun, ularga doimo oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli hayotiy ehtiyoj vositalari zarur. Qachonki insonlar ushbu ehtiyojni qondirishda ma’lum qilish, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsalar ular rial hayotda iqtisodiy va ma’naviy inqirozlarga duch kelmaydi
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining ( Ksenafont, Platon, Arisotel ) asarlarida iqtisodiyot – xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Lekin hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, xissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatkararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu tushunchalarni bo’lajak o’qituvchilar, boshlang’ich sinflarda faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchilarning o’zi yaxshi anglab yetsa, uning asl mohiyatini o’quvchilarga yetkazib berish oson kechadi.
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalar, shakllari qanday bo’lishdan qatiy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan, u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.
Inson hamma tavar sotuvchi – tavar oluvchi rolini bajaradi. Bu jarayonda ulardan bir qismi ishlab chiqaruvchi – ikkinchi qismi esa istemolchi, demak ishlab chiqaruvchi – istemolchilar mavjud.
Demak, insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, transport isitish va sovutish, uzatgich, yoritgich kabi bir qator vositalar kerak. Uning barchasi yashashi uchun kerak bo’lganligi sababli biz ularni ehtiyojlar deb ataymiz.
Ehtiyojlar:
tabiiy ehtiyoj
moddiy ehtiyoj
ma’naviy ko’rinishda bo’ladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamalakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va barcha manbalar tushuniladi.
Bizga ma’lumki, iqtisodga oid ehtiyojlar va ularga mos tavarlar doimo inson uchun qiziqarli manba bo’lgan va unga erishish yo’llari doimo inson tafakkurining birinchi bosqichlaridan o’rin olgan. Misollarga murojat qilsak.
Iqtisod ilk bobolar hayotidan boshlab, antik adabiyotlar Platon, Arisotel qadimgi Misr, Xiroy, Hind va Markaziy Osiyo olimlarining asarlaridan ham o’rin olgan.
Bunday buyuk insonlar o’z asarlarida inson hayoti uchun zarur bo’lgan xom oshyo buyumlari ishlab chiqarilgan tavarlar naqadar zarur ekanligini ko’rsatibgina qolmasdan uni qo’lga kiritish, undan foydalanish, ularga sayqal berib va kelgusi avlodga yetkazish texnologiyalarini ishlab chiqqanlar.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oyid g’oyalari 1482 yilda yozilgan”Vaqfiya” va 1500 yilda yozilgan “Mahbub Ul Qulub” asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. A.Navoiy o’z asarlarida inson mehnatiga alohida to’xtalib o’tadi. U biylikni har bir inson o’zining halol mexnati bilan topishi shart deydi ya’ni shu narsani tasdiqlaydiki hyech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha istemol buyumlarini o’zi yarataolmasligini, shuning uchun ham ular bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari obektiv zaruriyat ekanligini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |