Mundarija I bob. Xalqaro baholash dasturlari va ularning ahamiyati


PIRLS xalqaro baholash dasturi va uning amaliyotga tadbiqi



Download 23,35 Kb.
bet3/6
Sana20.07.2022
Hajmi23,35 Kb.
#830013
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishiiiiiiiiiiiiiiii

1.2. PIRLS xalqaro baholash dasturi va uning amaliyotga tadbiqi
Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni “O‘zbekiston ta’lim sifati bugungi davr talablariga to‘laqonli mos bo‘lishi” ga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida : “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tgandilar davlatimiz rahbari.Bu masalaga yana ham jiddiy qarashimiz, xalq ta’lim tizimi poydevori hisoblangan maktab ta’lim sifatini dunyoning yetakchi davlatlari ta’limi ko‘rsatgichlari ro‘yxatiga kiritish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Dunyo davlatlari ta'lim tizimlari o‘zaro uyg‘un holda rivojlanishi uchun turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlari yaratilgan. Shunday dasturlardan biri bu PIRLS.
PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, uning oxirgi 2016 yilgi tadqiqotlari natijalariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.PIRLS tadqiqotida o‘quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida ishlatadigan o‘qishning ikki turi baholanadi:
1) o‘quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o‘qish ;
2) ma'lumotni o‘zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o‘qish.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O‘z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
1. diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma'lumotlarni topish;
2. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
3. kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;
4. g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish.

Tadqiqotda O‘zbekistonning boshlang‘ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o‘qiydi? O‘zbekiston o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi qay darajada? O‘qish 4-sinf o‘quvchilari uchun sevimli mashg‘ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o‘qishni o‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O‘zbekiston o‘qishni o‘rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar shunday bo‘lsa u nimada namoyon bo‘ladi? Boshlang‘ich sinflarimizning o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o‘rganiladi.


PIRLS tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi

Download 23,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish