Mundarija I bob. Cho`l landshaftining hususiyatlari


Cho’llanish muammosi sabablari



Download 0,55 Mb.
bet5/7
Sana12.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#782527
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
сhullashish

2.1 Cho’llanish muammosi sabablari



  • Sayyoramizda global miqyosda sodir bo’layotgan cho’llanish jarayonlari arid iqlimli O’rta Osiyo regionida ham keng o’rin olgan. Ayniqsa, Qizilqum va Qoraqum cho’llari bilan tutash bo’lgan Orol dengizi havzasi ekologik ofat zonasi deb e’lon qilingan. Shuning uchun ham O’rta Osiyo o’lkasida yuz berayotgan cho’llanish jarayonlari Turkmaniston Fanlar Akademiyasining cho’llar, o’simliklar va hayvonot dunyosi milliy instituti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi seysmologiya instituti qoshidagi geografiya bo’limi, Qozog’iston Fanlar Akademiyasining geografiya instituti xodimlari va boshqa cho’lshunos olimlar tomonidan yetarli darajada o’rganilgan va o’rganilib kelinmoqda.



  • Cho’llanish jarayonlari 210 mln. gektar maydonni egallab yotgan O’rta Osiyoning arid hududlari uchun ham xarakterli. Turon tabiiy geografik o’lkasida, xususan Qizilqum cho’lida cho’llanish hodisalarining geografik tarqalishi boshqa arid o’lkalarga nisbatan mahalliy (lokal) xarakterga ega.

  • O’rta Osiyo sharoitida cho’llanish hodisasiga duch kelgan geotizimlar aksariyat holatlarda asliga qaytish, ya’ni, qayta tiklanish xarakteriga ega. Ayniqsa, amaliy meliorativ chora-tadbirlarni qo’llash natijasida degredatsiyalashgan geotizimlar qayta tiklanib, biomassalarga boy, unumdor geotizimlarga aylanishi mumkin.

  • O’rta Osiyoning , xususan Orol dengizi havzasida, cho’llanish jarayoniga duchor bo’lgan landshaft majmualarining umumiy maydoni A.G.Boboevning (2000) bergan ma’lumoti bo’yicha 1 405 840 km2 ga teng. Shundan kuchsiz cho’llangan yerlar 837 714 km2 ni (59,6%), mo’tadil cho’llangan yerlar 474 356 km2 ni (33,7%) va kuchli cho’llangan yerlar 93 770 km2 ni (6,7%) tashkil etadi. Qizilqumning hozirgi arid landshaftlarini vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida hududning geologik tuzilishi, tektonik strukturasi, litologik tarkibi va relef shakllari asosiy indikatorlar vazifasini bajaradi. Qizilqumda paleozoy tog’ jinslari asosan uning markaziy qismida joylashgan va orolsimon shaklda ko’tarilib turgan past tog’larda – Tomditog’, Bo’kantog’, Quljuqtog’, Ovminzatog’, Beltog’, Aristontog’, Yetimtog’, Qozoqtog’ va boshqalarda keng tarqalgan. Masalan, Beltog’ va Ovminzatog’da kristalli slanets, ohaktosh, amfibolit va kvartsitlar ko’p uchraydi. Kembriy yotqiziqlari Tomditog’da keng maydonni egallab yotgan dolomitlashgan ohaktoshlar xilma-xil litogen landshaftlarning vujudga kelishi va shakllanishida asos bo’lib xizmat qilgan.

    Qizilqumning past tog’lari geologik strukturasini tarkib topishida devon davrining quyi, o’rta va yuqori bo’limlariga oid xilma-xil yotqiziqlar ishtirok etadi. Devon yotqiziqlari tarkibida marmarlashgan ohaktoshlar, dolomitlar, slaneslar, qumtoshlar va diabaz, porfirit, ohaktoshlarning linzasimon yupqa qatlamlari bilan murakkablashgan turli xil tuflar ko’p uchraydi. Har qaysi bo’lim yotqiziqlarining stratigrafik kesmasi bo’ylab ikkitadan uchtagacha yarus uchratish mukin.

    Qizilqumning hozirgi arid landshaftlarini shakllanishiga va rivojlanishiga to’rtlamchi (antropogen) davr yotqiziqlarining ta’siri nihoyatda katta. To’rtlamchi davr yotqiziqlari Qizilqum cho’lining hamma joyida, ayniqsa tekislik, plato va botiqlarida keng tarqalgan bo’lib ular oldingi davrlar yotqiziqlarini yupqa qatlam hosil qilib qoplab olgan. Bu region hududida yer yuzasining tuzilishi, kontinental iqlim sharoiti bilan bog’liq holdi uzoq davom etgan jarayonlar natijasida yotqiziqlarning turli xil genetik tiplari shakllangan. Bular delyuvial, elyuvial, delyuvial-elyuvial, prolyuvial, prolyuvial-delyuvial, prolyuvial-allyuvial, allyuvial va yotqiziqlar genetik tiplaridir.

    Shunday qilib, Qizilqum cho’li hududidagi landshaft majmualarining ilk bor vujudga kelishi va rivojlanishi, yoki birinchi bosqichi paleozoy tog’larining paydo bo’lishi bilan, ikkinchi bosqichi mezozoyning tog’ oldi platolari bilan va uchinchi bosqichi kaynozoyning to’rtlamchi davr yupqa yotqiziqlari qoplab olgan bepoyon tekisliklar bilan uzviy bog’liq.

    Cho’l landshaftlarning shakllanishida iqlimning o’rni. Qizilqum iqlimining shakllanishida g’arb va shimoli - g’arbdan keladigan mo’tadil kenglik havo massasi, shimoli-sharqdan keladigan Sibir antisikloni va janubdan keladigan quruq tropik havo massasining roli katta. Cho’lning shimolida Quyoshning nur sochib turishi yil davomida 2800 soatni tashkil etsa, janubida 2900 soatdan ham oshadi. Ochiq kunlar soni shimoldan janubga qarab 130 dan 170 kungacha ortib boradi. Quyoshni uzoq vaqt nur sochib turishi, bulutli kunlarning kam bo’lishi va hududning janubiy kengliklarda joylashganligi Quyosh radiatsiyasi miqdorini katta bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Shu boisdan bu yerda Quyoshdan keladigan yalpi yillik radiatsiya miqdori 140-150 kkal/sm2 ni tashkil etadi. Qizilqumdagi iqlim elementlarining o’zgarishi so’nggi yillardagi tadqiqotlari shuni ko’rsatmoqdaki, unda havo haroratining o’zgarishi barcha fasllarda ro’y berishi kutilmoqda. Masalan, Navoiy viloyatida haroratning bahorda 0,5-20S, yozda 1,5-2,50S, kuzda 0,5-20S, qishda esa 1,5-3,50S ko’tarilishi kuzatilmoqda (Chub, 2002). Iqlimning ana shunday o’zgarishi (isishi) natijasida mo’tadil iqlim mintaqasi shimolga qarab 150-200 km ga, balandlik mintaqasi bo’yicha 150-200 m ga siljishiga sabab bo’lishi mumkin bo’ladi. Iqlim o’zgarishini bashoratlanishiga ko’ra, 2015-2030 yillarda haroratining ko’tarilishi bir tomondan yaylov o’simliklarini hosildorligining oshishiga ta’sir ko’rsatsa, ikkinchidan ob-havo sharoitini optimallashtiradi. V.E.Chub (2002) bashoratiga ko’ra iqlim o’zgarishi Qizilqumda yaylovlar hosildorligini ayrim hududlarda oshishi, aksincha ayrim hududlarda kamayishiga ta’sir ko’rsatadi. Hosildorlik kamayishi Qizilqumni shimoliy va g’arbiy rayonlariga to’g’ri keladi. Ayrim rayonlarda esa yaylov hosildorligi ko’tarilishi kutilmoqda. Bunga misol qilib janubiy-g’arbiy Qizilqumning Gazli va Nurota tog’larining janubiy g’arbiy hududlarini kiritishimiz mumkin bo’ladi.

    Shunday qilib, Qizilqumning iqlim sharoiti va iqlim elementlarini tahlili shuni ko’rsatadiki, ular makon va zamonda kenglik va meridional yo’nalishlarda o’zgarib borib, arid landshaftlarni shakllanishida va rivojlanishida faol ishtirok etadi, zonal va regional tafovutlarni vujudga keltiradi.

    Gidrologik sharoit ta’siri. Turon pasttekisligining aksariyat regionlarida gidrografik to’r yaxshi rivojlanmagan va yer osti suvlari ham katta chuqurlikda yotadi. Shuning uchun Qizilqumning hozirgi landshaftlarini shakllanishi va rivojlanishida yer usti va yer osti suvlarining bevosita ta’siri sezilarli darajada emas. Chunki bu region iqlimining nihoyat quruqligi, kontinentalligi va ulkan pasttekislik markazida joylashganligi sababli faoliyat ko’rsatuvchi daryo va soylardan mahrum. Shuning uchun ham Qizilqum cho’lida yer usti va yer osti suvlari ta’sirida vujudga kelgan gidrogen yoki gidromorf landshaftlar – o’tloqzorlar, qamishzorlar, botqoqliklar deyarli uchramaydi. Ammo bu hududda gidrografik to’rning rivojlanmaganligi va yer osti suvlarining katta chuqurlikda yotishi iqlim sharoitini yanada aridlanishiga sabab bo’ladi, arid landshaftlarning shakllanishiga va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

    Qizilqum janubiy qismi Zarafshon daryosining davomi bo’lgan va shimoli-g’arbiy yo’nalishda cho’zilib yotgan qadimiy Maxandaryo o’zani bilan, sharqiy qismi Sirdaryoning kenglik bo’ylab cho’zilgan qadimiy Daryosoy o’zani bilan kesilgan. Qadimiy quruq o’zanlar barxanlar va qator tepali qumlar bilan o’ralgan. Bahorning seryog’in paytlarida Maxandaryo va Daryosoy o’zanlari, Chuqurko’l, Maxanko’l va Parsonko’l botiqlari yomg’ir suvi bilan to’ladi. Lekin to’plangan yomg’ir suvlari uzoq vaqt saqlanmay, tezda bug’lanib va yerga singib ketadi. Maxandaryo va Daryosoy vodiylari hamda ko’l botiqlari vaqtincha bo’lsada namlik bilan ta’minlanganligi sababli ular qalin yulg’unzorlar bilan qoplanib, yulg’unli to’qay landshaftlarini hosil qiladi. Quruq o’zanlarda va pastqam botiqlarda sho’rxok va taqir landshaftlar ham sezilarli darajada namoyon bo’ladi.



    Qizilqum cho’lida asosiy suv manbai bo’lib qadimdan yer osti suvlari xizmat qiladi. Qizilqum paleozoy past tog’lari, qumli va prolyuvial tekisliklariga nisbatan berk oqmas botiqlarida grunt suvlari yer yuzasiga ancha yaqin yotadi. Masalan, sho’rxok botiqda joylashgan Chakalak qudug’ining chuqurligi 5 m ni va suv bilan to’lishi 210 l/soatni tashkil etadi. Bu yerda parmalangan artezian qudug’i esa soatiga 520 litr suv chiqarib beradi. Jangeldidan g’arb tomondagi sho’rxok botiqda harakatdagi buloq mavjud bo’lib, u soatiga 1250 litr suv yetkazib beradi. Suvning ta’mi taxir-sho’r, ichimlik suv sifatida iste’mol qilishga yaroqsiz. Mahalliy aholi buloq suvidan poliz ekinlarini va chorva mollarini sug’orishda foydalanadi.



1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish