Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi



Download 1,57 Mb.
bet18/27
Sana04.07.2022
Hajmi1,57 Mb.
#739096
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl

Lyuminessent analiz
Moddalar, atomlar, molekulalar yoki ionlarning turli xil qo‘zg‘atuvchi omillar ta’sirid ashu’lalan ish xossasi lyuminessensiya deyiladi. Bunday shu’lalanish 10 sek va undan ziyod bo'lishi kerak. Lyuminessensiyaning ikki turi: diskret (ayrim) zarrachalarning shu’lalanishi va rekombinatsion shu’lalanish mavjud . Diskret zarrachalarning shu’lalan ishida nurlanish markazini tashkil etadigan faqat bitta zarracha qatnashadi. Shu zarracha energiya yutuvchi va shu’lalanuvchi vazifasini bajaradi. Rekombinasion shu’lalanishda nur yutuvchi zarrachalar shu’lalanmasdan boshqa zarrachalar shu’lalandi. Lyuminessensiyani yuzaga keltiruvchi omillarga ko‘ra lyuminessensiya quyidagi turlarga bo'linadi. Agar shu’lalanish ultrabinafsha va ko'rinadigan spektr sohalariga to‘g‘ri keladigan nurlar ta’siridan yuzaga kelsa, bunday lyuminessensiyaga fotolyuminessensiya yoki fluoressensiya deyiladi. Shu’lalanish katod nurlari ta’siridan yuzaga kelsa, bunday lyuminessensiya katodolyuminessensiya deyiladi. Rentgen nurlari ta ’sirida shu’lalanish rentgenolyuminessensiya, mexanik ta’sir natijasidagi tribolyuminessensiya , isitish natijasida yuzaga keladigani kaidolyum inessensiya, kimyoviy reaksiya energiyasi tufayli yuzaga keladigan shu’lalanish es'd xemilyuminessensiya deyiladi. Lyuminessensiyaning bulardan tashqari boshqa turlari ham mavjud. Jumladan, shu’lalanishning davomiyligiga (davom etish vaqtiga) ko‘ra fosforisensiya va fluoressensiyalar farqlanadi.
Fosforisensiya qo‘zg‘atish manbai olingandan keyin ham moddaning muayyan vaqt shu’lalanib turishi hWan, fluoressensiyaq o ‘z g ‘atish manbai olingandan so‘ng modda shu’lanishining to'xtashi bilan bog ‘liq.
Analitik kimyoda ko'pincha fotolyuminessensiya va xemilyuminessensiya qo’laniladi. Biz quyida, asosan, shu usullarni qarab chiqamiz.
Fotolyuminessensiyada moddaning bevosita shu’lalanishi va uni shu’lalanadigan holatga o‘tkazish bilan bog'liq bo’lgan ikki usul qo‘llaniladi. Lyuminessensiyaning ikkinchi guruh usullari fotometrik analizga ancha yaqin. Bitta elementni aniqlash uchun bir reaksiyaning o‘zi fotometriyada ham, lyuminessensiyada ham qo‘llanilishi mumkin. Наг ikkala holda ham hosil boiadigan birikma nurni ko‘p yutadigan bo'lishi kerak. Agar fotometrik usullarda, biz yuqorida ko‘rib o‘tganiinizday, o‘tgan nur intensivligi kamaysa, lyuminessensiyada shu yutilgan nurning talaygina qismi yorug'lik shaklida ajralishi kerak. Bunday hollar ancha kam uchraydi, shu bois lyuminessent reaksiyalar fotometrik reaksiyalardan kam sonlidir. Lyuminessent usullarning sezuvchanligi fotometrik usullarnikidan yuqori boMganligi uchun bu usullarni qo'llash keng rivojlanib bormoqda. Lyuminessensiyada qo‘zg‘atish energiyasining bir qismi issiqlik shaklida yo‘qoladi. Shuning uchun ham uning kvantlari energiyasi yutilgan qo‘zg‘atuvchi energiyadan kam bo’ladi. Demak, yutilgan nurning to'lqin uzunligidan chiqarilayotgan nurning to'lqin uzunligi hamisha katta bo‘ladi. Stoks-Lommel qoidasibilan quyidagicha ta’riflanadi: lyuminessensiya spektri doimo yutilish spektrlaridan o'ngroqqa siljigan bo'lib, ko'pchilik moddalar uchun bu spektrlar ko'zgu simetriyasi shaklida bo'ladi (Levshin qoidasi). Yutilish va shu’lalanish spektrlari maksimumlari orasidagi masofaga stoks siljishi deyiladi. Stoks siljishi qancha katta bo‘lsa, qo‘zg‘atish spektrini ajratish va binobarin, lyuminessent shu’lalanishga uning ta’sirini («fon») yo'qotish shuncha oson bo’ladi. Lyuminessensiya qo‘zg‘atuvchi nur dastasiga perpendikulyar yo‘nalishda bo‘lsa-da, qo‘zg‘atuvchi nur suyuqlikning sirti, kyuvetaning devorlari va eritmadagi turli zarrachalar tomonidan sochib yuboriladi Lyuminessensiyaning kvant va energetik unumlari.
Lyuminessensiyaning eng muhim qonuniyati qo'zg'atuvchi elektromagnit nurlar intensivligi bilan lyuminessent shu’lalanish intensivligining bog'liqligidir. Lyuminessent nur energiyasining (£,) yutilgan nur energiyasiga (E^)nisbati lyuminessensiyaning energetic unumim: shu’lalanuvchi kvantlar sonining (N) yutilgan kvantlar {N^) soniga nisbati lyuminessensiyaning kvant unuminy.R tashkil etadi. Lyuminessensiyaning energetik va kvant unumlari yutilgan nurning qancha qismi lyuminessent energiyaga aylanganligini ko‘rsatadi. Bu qiymatlar o ‘zaro quyidagicha bo'lganda S.I.Vavilov lyuminessensiya energetik unumi bilan uni hosil qiluvchi q o ‘zg ‘atuvchi nurning toMqin uzunliklari orasidagi bog'lanishni o ‘rganib, quyidagi qonunni ta’rifladi: «Yutilish spektrining qisqa to ‘lqinli qismi ta’siridan lyum inessensiya qo ‘zg‘atganda, uning energetik unumi qo‘zg‘atuvchi nurning toiqin uzunligiga mos ravishda o'sadi, so‘ngra yutilish spektri to'lqin uzunligining o‘sishiga qaramasdan, muayyan spektral oraliqda lyuminessensiya unumi o ‘zgarmaydi va yutilish hamda chiqarish spektrlarining ustma-ust tushish sohasida keskin kamayadi». Shunday qilib, spektrning muayyan sohasida lyuminessensiyaning kvant unumi to’lqin uzunligiga bog‘liq emas. Boshqacha qilib aytganda, lyuminessensiya molekulaning energetik pog‘onalari to‘plamiga bog'liq bo‘lib, molekulani qo‘zg‘atishda aynan qaysi yorug‘lik kvantlari qatnashganiga bog'liq emas. Shuning uchun ham, ko‘pincha, spektrning katta energiyaga ega bo‘lgan ultrabinafsha sohasi ishlatiladi. Bu tabiiyki, energiyaning yorug’likka emas, issiqlikka aylanadigan ulushini ko‘paytiradi. Analitik maqsadlard bu ahamiyatga ega emasligi uchun analizga amalda ta’sir ko'rsatmaydi. Lyuminessensiyaning kvant unumi usulning sezuvchanligini ifodalaydi. Kvant unum qancha katta boMsa, usulning sezuvchanligi shuncha yuqori bo'ladi. Lyuminessensiyaning intensivligi shu’lalanuvchi zarrachalar soniga mutanosibdir: I,=xN,=xV^N, bu yerda, x - mutanosiblik koeffitsienti. Yutilgan kvantlar soni yutilgan nur intensivligiga mutanosib: N ,= x V - n , bu yerda, x ’ - mutanosiblik koeffitsienti.
Lyuminessensiyaning so‘nishi. Turli omillar ta’siridan modda chiqaradigan shu’laning intensivligi kan^yadi. Bunday hodisaga lyuminessensiyaning so'nishi deyiladi. Eritmalar konsentratsiyalari oshganda lyuminessensiya oldin oshadi, muayyan qiymatdan so‘ng to‘g‘ri chiziqli oshish kuzatilmaydi, kalta konsentratsiyalarda esa u keskin kamayadi. Bunday hoi lyuminessensiyaning konsentratsionso'nishi deyiladi. S.1.Vavilov lyuminessensiyaning so'nishini ikki turga ajratdi. Lyuminessensiya so'nishining birinchi turiga hatto molekulalar qo‘zg‘atilmagan holatda boMganda ham uning ichki qayta guruhlanishi kiradi. Bunday holda lyuminessensiyaning so'nishi shu’lalanishning davomiyligi bilan bog'liq boMmasdan, u kimyoviy reaksiyalar natijasida shu’lalanuvchi moddaning shu’lalanmaydigan moddaga aylanishi bilan bog‘liq. Bunda yutilish va lyuminessensiya spektrlarining o ‘zgarishini ko‘ramiz. Lyuminessensiyaning ikkinchi tur so'nishida yutilish va lyuminessensiya spektrlari o'zgarmaydi. Ikkinchi tur so‘nish tashqi ta’sirlar oqibatida yangi modda hosil boMishi bilan yuzaga keladi. Ko‘pchilik hollarda, lyuminessensiya so'nishining sabablari ma’lum emas. Lyuminessensiyaning so'nishigakonsentratsiyadan tashqari, harorat, pH va boshqalar ta’sir qilishi mumkin.
Sifatiy va miqdoriy lyuminessent analiz. Ayrim anorganik [(samariy, yevropiy, gadoliniy, terbiy, disproziy, talliy (I), qalay (II), surma (III), qo'rg'oshin (II), vismut (III), indiy (III)] va organik (vazelin moyi, parafin, kanifol, tozalangan asfalt va boshqa) moddalar shu’lalanish xossasiga ega. Bunday moddalarni o‘z lyuminessensiyasi asosida topish mumkin. Shu’lalanmaydigan moddalarni turli xil reaksiyalar yordamida shu’lalanadigan birikmalarga aylantirib aniqlaydilar. Sifatiy lyuminessent analiz uchun lyuminessensiyaning so'nishidan foydalanish ham mumkin. Masalan, aniqlanadigan modda biror moddaning lyuminessensiyasini so‘ndirsa, bu sifat k o ‘rsatkichi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu’lalanmaydigan moddalarni shu’lalantirish uchun ularga aktivatorlar {kristallofosforhir)qo'shiladi. Kristallofosforlar shu’lasining intensivligi bo'yicha kirishmalarni topish mumkin. Ba’zan moddalarni topish uchun ularning shu’lasini vizual kuzatish yetarli. Agar aralashmalar tekshirilayotgan bo‘lsa, shu’la yorug'lik filtridan o'tkaziladi. Miqdoriy lyuminessent analizda I = K c bog’lanishdan foydalaniladi. Tekshiriladigan moddani shu’lalanuvchi moddaga aylantirganda, uning to‘lig‘icha shu shaklga o'tkazilishiga e’tibor berilishi kerak. Lyuminessensiyaning intensivligini vizual yoki fluorimetrlar yordamida о‘lchash mumkin.
Xemiiyuminessensiya. Kimyoviy reaksiya energiyasi natijasida molekula va atomlarning shu’lalanish hodisasi xemiiyuminessensiya deyiladi. Ko'pgina ekzotermik reaksiyalarda issiqlik energiyasi bilan bir qatorda yorug'lik energiyasi ham ajraladi. Bu hodisa xemilyuminessent aniqlashlarning negiziga qo'yilgan. Ajraladigan energiya 170 kJ/mol dan ziyod bo'lganda xemiiyuminessensiya kuzatiladi. Xemilyuminessent reaksiyani sxematik tarzda quyidagicha tifodalash mumkin: A+B—>C + D, С —^C+hv. Ushbu reaksiya bilan bir vaqtda nurlanishsizjarayon ham kuzatiladi. Xemilyuminessensiyaning intensivligi xemilyuminessent reaksiyaning tezligiga ( d)bog'liq.
Xemilyuminessent reaksiyalardan oksidlanish-qaytarilish, komplekslanish reaksiyalari va qo‘zg‘atilgan molekulalami o‘rganishda foydalaniladi. Bu usul lO '^-lO^ g/ml miqdordagi moddalami 5 m l eritmadan aniqlash imkonini beradi. Bu aniqligi yuqori, tezkor va sodda usuldir.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish