Mundarija: 6 – sinf tarix


-56-§§. Qadimgi Rim madaniyati



Download 0,83 Mb.
bet51/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
6-tarix.doc

55-56-§§. Qadimgi Rim madaniyati
Rimda quldorlar va qullar turmushi. Qadim zamonlarda rimliklar turmushi o`ta oddiyligi bilan alohida ajralib turgan. Rimlik zodagonlar bo`lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo`jalikda qullar ham unchalik ko`p emasdi. Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o`zgarishlar ro`y berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag`rida tomoshabog`lar va chorbog`lar ko`p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog`lomroq va tozaroq bo`lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar. Badavlat bo`lmagan rimliklar tepaliklar o`rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko`chalar tor va iflos bo`lgan: axlatni ham to`g`ri ko`chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to`rt tomonidan xonavayron bo`lgan dehqonlar poytaxtga ko`chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong`i yerto`lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko`chalarida tunar edilar. Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termlar" deb atalgan ko`rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so`zidan, "termos" so`zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to`lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo`lgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o`yini bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lgan sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida kutubxona hamda ta'lim olish va fanlar bilan shug`ullanish zallari bo`lgan. Ta`lim. Bolalarning maktabda ta'lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to`lash imkoniyatlariga bog`liq bo`lgan. Kambag`al rimliklarning farzandlari xo`jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o`qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnar edilar. Yozuvni o`rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib o`yib yozardilar. Yozuvni o`rganganlaridan so`ngra xat yozish uchun Misr papirusidan foydalanib, suv va qurum aralashmasi bilan yozar edilar. O`qish, yozish va hisoblashni o`rganganidan keyin ko`pchilik ta'lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o`rta maktabda) tahsilni davom ettirgan.Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o`qitilardi. Yunon tilini o`rganishga alohida e'tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani - chiroyli so`zlasni o`zlashtirgan. Me`morchilik va haykaltaroshlik. Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o`rab turardi. Rim me'morchiligi yunon me'morchiligidan imoratlar rang-barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko`p shahar edi. o`sha kezlarda hatto shunday bir maqol to`qilgandi: "Barcha yo`llar Rimga boradi". Minglab qullar o`rmonlar, tog`lar va botqoqlar orqali yo`llar o`tkazdilar. Yo`llar bilan bir qatorda Rim vodoprovod - suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Vodoprovodlar nishablik asosida qurilgan bo`lib, tog`dagi buloqlardan suvning o`zi oqib kelar edi. Vodoprovod quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o`tkazish uchun akveduklar - yuqori qismidan anhorlar o`tkazilgan ko`priklar qurilgan. Ulkan ko`priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo`lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g`ishtdan ikkita ingichka devor tiklashgan, ular o`rtasidagi bo`shliqni esa be`ton bilan to`ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo`lib qolgan. Be`ton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi. O`n minglab tomoshabinlarni sig`diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo`lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to`ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug`vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan. Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo`ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan "barcha xudolar ibodatxonasi" ma'nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Panteonga kelib o`zi e'tiqod qo`ygan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan: misrlik - Osirisga, yunon - Zevsga, rimlik - Yupiterga ibodat qilar edi. Buyuk g`alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arklar barpo etilgan. Xristianlikning vujudga kelishi. Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Qsiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor Iosif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida Iordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar Ioannga tavba qilish uchun kelishardi. Iisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo`l poklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi. O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi - o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatda aytilishicha, Yer yuzidagi ilk inson - Odam ato dafn etilgan. Iso payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuziga qaytib kelishga va'da bergan. Iisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish