Yoshlar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, 3 mingdan ortiq ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitildi. Shundan ming nafari milliy hunarmandchilikning gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha “ustoz-shogird” usulida kasbga tayyorlandi. Ayni kunda yurtimizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining qariyb 75 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil yanvar-mart oylarida tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 122,5 ming nafar fuqarodan 53,8 ming nafarining doimiy ishga joylashishiga ko‘maklashilgan. Mazkur vazirlikning tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etdi. Sektorlar xodimlari uyma-uy yurib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlamoqda hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda. - Yoshlar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, 3 mingdan ortiq ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitildi. Shundan ming nafari milliy hunarmandchilikning gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha “ustoz-shogird” usulida kasbga tayyorlandi. Ayni kunda yurtimizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining qariyb 75 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil yanvar-mart oylarida tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 122,5 ming nafar fuqarodan 53,8 ming nafarining doimiy ishga joylashishiga ko‘maklashilgan. Mazkur vazirlikning tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etdi. Sektorlar xodimlari uyma-uy yurib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlamoqda hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |