3.2 Asosiy uskuna xisobi
Gidrogenlash usullari. Yog‟„larni gidrogenlash – suyuq fazali geterogen – katalitik
jarayondir. Vodorod va qattiq – suspenziyali yoki turg„un katalizatorlar ishlatiladi.
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali o„tayotgan
vodorod harakatining xarakteri jihatdan quyidagi usullarga bo„linadi:
1. To„yinish usuli - bunda vodorod reaktor ichida bosim ostida sirkulyasiyalanadi va
reaktorga vodorod, uning sarfiga
qarab beriladi. Bu usul chet elda keng qo„llaniladi.
2. Vodorodni tashqi sirkulyasiyalash usuli – bu usulda vodorod reaktorga ortiqcha
miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan so„ng
jarayonga qaytariladi. Bu usul MDHda keng qo„llaniladi.
3. Oquvchi (struevoy) usul – turg„un katalizator reaktorga joylashtiriladi. Yog‟„ning
vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o„tadi.
Gidrogenlash uchun reaktorlar (avtoklavlar) aralashtirgichli va aralashtirgichsiz, kolonna
tipidagi reaktorlar ishlatiladi.
Avtoklav (2-rasm) Sig„imi 12,5 m3
bo„lgan reaktor (1) kislotaga chidamli po„latdan
yasalgan bo„lib, sferik qopqoq va taglikdan iborat. Apparat o„qi bo„ylab trubinali aralashtirgich
bo„lgan val (2) o„tgan bo„lib, reduktor orqali elektromotor (3)ga biriktirilgan. Apparat qopqog„ida
lyuk (4), vodorodni kirishi va chiqishi, katalizator suspenziyasi uchun patrubkalar mavjud. Reaktor
ostida apparatni bo„shatish uchun patrubka (8) joylashgan.
Trubinali aralashtirgich ostida vodorod barbateri (7) bo„lib, uning teshiklari diametri 2mm
bo„lgan halqasimon ko„rinishidagi ikki trubadan iborat. Trubinali meshalka
ustida apparat peremetri
bo„yicha oltita zmeevikli issiqlik almashgich (5) o„rnatilgan bo„lib, ulardan uchtasi gidrogenlashdan
oldin moyni qizdirish uchun ishlatilsa, qolgan uchtasi tayyor mahsulot – salomasni sovutish uchun
ishlatiladi. Uzluksiz gidrogenlash uchun reaktorda quyish patrubkasi (6) mavjud. Reaktorni
isituvchig‟ bosimi 2,5-3,5 MPa. Apparatda ruxsat etilgan ishchi bosim 0,5 MPa gacha va harorat
2800
S gacha bo„ladi.
2-rasm Yog'larni gidrogenlash uchun avtoklav
Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. ( 3-rasm). Uzluksiz usul bilan
gidrogenlash batareyalarida amalga oshiriladi. U uchta avtoklavdan iborat bo„lib, ular gazlift yoki
quyuvchi truba orqali birlashtirilgan.
Rafinatsiyalangan va oqlangan yog‟„, (1) yig„uvchi bakdan (2) nasos dozator bilan uzluksiz
ravishda (3) issiqlik almashgich orqali (u yerda tayyor salomasning issiqligi hisobiga isitiladi) (41)
avtoklav ga keladi. Bu avtoklavda yog‟„ yuqori bosimlig‟ bilan 190-2000
S gacha isitiladi.
Avtoklav (41) ga ketma-ket ishlovchi yig„uvchi (15) baklardan (16) nasos dozator bilan
uzluksiz ravishda katalizator berib turiladi Katalizator, (13) aralashtirgich dagi yangi katalizator va ishlatilgan (14) katalizator
aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatda tayyorlanadi. Katalizator avtoklavga konsentratsiyasi 5% bo„lgan
yog‟„li suspenziya shaklida yuboriladi. Yog‟„ ikkinchi (42) avtoklavga harorat 200-2100C, keyin
esa uchinchi (43) avtoklavga quyiladi, harorat 210-2200C ga teng bo„ladi.
Tayyor salomas ishlatilgan katalizator bilan birga (12) gazajratgich, issiqlik almashinish
(3) apparati orqali salomas yig„uvchi – tindirish (5) apparatiga keladi, u yerda salomas qisman
katalizatordan ajratiladi, keyin (6) sovitgich orqali (7) filtrpressga keladi va katalizatordan ajratiladi.
Salomasning harorati oziqaviy salomas uchun 1000C dan, texnik salomas uchun 120-1300C dan
oshmasligi kerak.
Filtrlangan salomas (8) bakda yig„iladi. Ajralgan vodorod gaz ajratgichdan gaz tozalash
sistemasiga yuboriladi, u ikkita markazdan qochma tomchi (17,20) ajratgich suvli va ishqorli
(18,19) skrubberlardan iborat. (19a) Apparat da ishqor tomchisini ajratish uchun. Rashig xalqasi
tuzilishida nasadka bor. Tozalash sistemasidan ishlatilgan vodorod (21)aralashtirgichga keladi, u
yerda yangi vodorod bilan aralashtiriladi. Bu aralashma (21) aralashtirgichdan (22) kompressor
bilan yuqori bosimli (23) ressiverga yuboriladi, u yerdan (24) sovitgichdan rassol bilan 3-5
0
S gacha
sovitiladi va suv (25) ajratgich orqali (41;42;43) avtoklavlarga keladi. Siqish
va sovitish orqali
vodorod quritiladi. Suv miqdori 25-40 g/m3
dan 3 g/m3
gacha kamayadi.
Agar kerak bo„lsa, gidrogenlanayotgan yog‟„ni sovuq yog‟„ bilan (9) bakdan (10) nasos
yordamida (11) sovitgich orqali sovitiladi. Avtoklavdan avtoklavga yog‟„ gazlift yordamida o„tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod
hisoblanadi. Gazlift ikkita bir-birini ichiga qo„yilgan truba bo„lib, u avtoklav tagigacha tushgan
bo„ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor.
Vodorod yog‟„ bilan aralashib, kichik
solishtirma og„irlikdagi aralashmani hosil qiladi. Shuni
hisobiga trubadagi yog‟„ ko„tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga quyiladi. Yog‟„
quyilishining tezligi vodorod uzatilishini o„zgarishi bilan nazorat qilinadi. Gazliftda yog‟„
katalizator bilan yanada yaxshiroq kontaktda bo„ladi, bu esa yog‟„ning to„la to„yinishiga olib keladi.
3-rasm Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |