O'zakdan keyin qo'shilib sifatyasovchi qo'shimchalar:
1. -li qo'shimchasi. O'zbek tilidagf sifat yasovchi eng mahsuldorqo'shimcha bo'lib, asosan ot, qisman sifatdosh va ravishdoshlargaqo'shilib sifat yasaydi.
- o'zakdan anglashilgan ma'noda ega ekanlikni ifodalovchisifat yasaydi: aqlli yigit, mevali bog', bilimli talaba.
2. -r(-ar) qo'shimchali sifatdosh shakliga qo'shilib. undananglashilgan belgiga ega ekanligini ifodalovchi sifat yasaydi:tushunarli kitob, qiziqarli suhbat.
3. -sh (-ish) qo'shimchali ravishdoshga qo'shilib o'zakdananglashilgan ish-harakatga ega ekanlikni bildiruvchi sifat yasaydi:borishli, kelishli o'qimishli kabi.
4. -siz: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetga ega emaslik ma'nosidagi sifatlar yasaydi: suvsiz, ishsiz,mazasiz, kuchsiz kabi.
5. -chan: ot, harakat norni va ravishdoshlarga qo'shilib, negizorqali ifodalangan ma'noning ortiqligini bildiruvchi, sifatlar yasaydi:qiziquvchan, talabchan.
6. -chil: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan predmetbelgisini ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: epchil,dardchil.
7. -aki: ot va sifat negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet belgisining soxtaligini bildiravchi sifatlar yasaydi:qalbaki,zo'raki, yuzaki.
8. -ag'on: fe'l negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga ega ekanlikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilag'on, topag'on.
9. -mon (-man): Bu qo'shimcha bilan belgini ortiq ekanliginiifodalovchi sifatlar yasaladi. -mon qo'shimchali sifatlar -ag'onqo'shimchali sifatlarga sinonimdir: bilarmon, toparmon, bilag'on,topag'on
10. -ma: fe'l negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganharakatning natijasida hosil bo'lgan belgini ifodalovchi sifatlaryasaydi: qaynatma sho'rva, qovurma go'sht, yasama tish,uydirma gap.
11. - in: ot, va fe'llarga qo'shilib sifatlar yasaydi: erkin odam,tekin daromad, to'kin kuz.
12. -parvar: ot negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosi bilan bog'liqlikni ifodalovchi sifatlar yasaydi:vatanparvar, adolatparvar, xalqparvar.
13. -parast: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga moyillikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:mansabparast, shuhratparast, uyquparast.
14. -xo'r: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetni yaxshi ko'ruvchi, uni xushlovchi ma'nosidagi sifatlaryasaydi: oshxo'r, go'shtxo'r. Bu qo'shimcha orqali yasalgansifatlar ko'chma ma'nolarda ham ishlatiladi: odamxo'r, g'amxo'r,qonxo'r, nonxo'r("hech ish qilmaydigan kishi'' ma'nosida) kabi.
15. - mang: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiq ekanligini bildiruvclii sifatlar yasaydi:davlatmand, hunarmand kabi.
16. -don: Ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilimdon, gapdon,
17. -dor: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: bo'ydor,etdor, puldor, moldor.
18. -dek, -day: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetga o'xshashlik ma'nosini bildiruvchi sifatlar yasaydi:asalday qovun, gulday qiz, tog'day yelka kabi.
19. -k, -q, -ik, -iq, -uk, -uq, -oq, -ak: fe'l negizlarga qo'shilib.negiz orqali ifodalangan harakat yoki holatining natijasini bildiruvchisifatlar yasaydi: kemtik, qaynoq, bo'Iiq, o'siq, tuzuk, chinqiroq, hurkak.
20. -qoq, g'oq: fe' 1 negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganharakat belgisini ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: botqoqyer, tirishqoq odam, urushqoq bola.
21. -choq, -chiq, -chak, fe'l negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan belgining ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: maqtanchoq, toyg'onchiq, kuyunchak.
22. -g'in, g'un, -kin, -qin: fe'l negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan harakat, holat bilan bog'liqlik ma'nosidagi sifatlar yasaydi: so'lg'in, turg'un keskin, jo'shqin.
23. -qir, -qur, -gir, -kir: fe'l negizlarga qo'shilib negiz orqaliifodalangan harakat holatning ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi:topqir, chopqir, uchqur, sezgir, olg'ir, o'tkir.
Do'stlaringiz bilan baham: |