Tashkil qilish-vositachilik xizmatlari mijozlarning cheklangan doirasiga taqdim qilinadi, mazkur xizmat turiga bo‘lgan talab epizodik va individual bo‘ladi, asosan shaharlararo va xalqaro tashishlarda temir yo‘l stansiyalari, dengiz va daryo portlariga xizmat ko‘rsatishda taqdim qilinadi. Bozor munosabatlariga o‘tilishi mazkur xizmatlar turini doimiy ravishda taqdim qilinadigan xizmatlar razryadiga o‘tkazadi. Tovarlarni har qanday nuqtaga tezkorlik bilan va uzluksiz etkazib berish imkoniyati, transport vositalari, yuklash-tushirish texnikasi va omborxonalarni lizingga va ijaraga olish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |