«Свойства текста» - Matn xususiyati bo’limidagi «Текстовый стиль:» -
Matn uslubi: bandidagi (…) ko’rsatkichi tanlanganda Matn tahrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari buyruq tugmasi singari yangi oyna ochiladi.
Matn uslublari oynasida yangi matn uslubi yaratilib, Shrift nomi – ISOCPEUR, Tuzilishi – Курсив va Balandligi – 3.5 o’rnatiladi. Avval «Применить» - Qo’llash so’ng «Закрыть» - Yopish interfaol tugmalari bosiladi. Matn uslublari oynasi yopiladi.
«Текст» - Matn sarlavxa bo’limiga qaytib, «Свойства текста» - Matn xususiyati bolimidagi «Текстовый стиль:» - Matn uslubi: bandidan () ko’rsatkichi tanlanib, yaratilgan yangi matnning nomi ko’rsatiladi.
«Выраынивание текста» - Matnni tekislash bo’limiga o’tiladi. Undagi «Отс-туп от размерной линии:» - O’lcham chizig’idan cheklanish: bandidagi ko’rsatkich 1 – 2 atrofida o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |