Yovuzlik farishtasi” “G’ulom Sayid yoshi qirq-qirq besh yoshlar atrofida, qomati barvasta, butun vujudidan kuch yog’ilib turgan sochlari jingalak, biroq negadir oq oralagan, qosh-kipriklari esa qop-qora kishi edi. Ko’zlari … uning ko’zlari juda chiroyli edi. Ha, ha xuddi shunday: judayam chiroyli!”
Hikoyaning boshida berib o’tib ketilgan portret bosh qahramonni tashqi ko’rinishdan tasvirlagan bo’lsa ham bu tasvirdan uning o’tgan hayoti fe’l-atvori haqida ham tushincha olish mumkin. Masalan, “sochlari jingalak, biroq oq oralagn” degan tasvir o’quvchida asar boshidayoq savol tug’diradi, fikrlashga undaydi, xulosaga chorlaydi. Shunday ko’rkam barvasta kishining sochlariga oq oralagan, nega? Demak, uning hayoti bir tekisda kechmagan, umrining ma’lum bir davrida qiyinchilklarni boshdan kechirgan, ko’p narsani ko’rgan, bilgan, olimlik darajasiga osonlikcha erishmagan inson u. Asarni o’qir ekansiz asar davomida chindan ham boshida xulosamiz to’g’ri ekanligiga amin bo’lamiz. Buning isboti uning ayoli Shoiranig ushbu gaplari “U ham ikkiqat holi bilan tik oyoqda turib fabrikada ishlasin, sakkiz yil ijarama-ijara yursin, aspirantning qirq so’mlik stipendiyasi bilan ro’zg’or tebratsin, qahraton qishda yangi bo’lgan zaxtor hujrada bitta quroq ko’rpacha ustida yotsin, yomon sho’rva bir kun bor, ertaga yo’q o’sha, zax hujralar tishlarining mulkini olib qo’ysin, ana o’shanda ko’raman menga o’xshab qolmaganini…” bu hikoyada portret o’quvchini asarga kirib kelishiga, asar qahramonini tanishtirishga, u haqidagi dastlabki hulosalarni chiqarishga yordam bergan.
Boshqachasi ham bo`lishi mumkin. Zulfiya Qurolboy qizining “O, Hayot!” hikoyasidagi Nazar chol ham ko`pni ko`rgan qariya, farzandu kеlinlarga ota, son-sanoqsiz nеvara, chеvarayu evaralarga bobo, bobokalon. U ham hayotsеvar, o`limni yaqiniga yo`latgisi kеlmaydi, hayotdan, yashashdan aslo ko`ngil uzolmaydi. Qariya shu yoshga еtib, “u dunyoning borligiga o`zini ishontira olmadi”. Uning uchun u dunyo haqidagi gaplar hammasi yolg`on, “ruh bo`lib yashagandan nima foyda!”. Uning bosh muddaosi “shu yorug` dunyoni tark etmasa bas”, boshqasi kеrak emas. “Faqat yashash, yashash, yashash! Qaniydi, mangu yashasa!”. Yaratganning marhamatini qarangki, bu bandai gumrohning niyatiga yarasha uzoq umr bеrdi, lеkin u bari bir bеrganiga qoniqmaydi: farzandi, umr yo`ldoshi, kеlinlari nеvara-chеvaralar, evaralar birin-kеtin olamdan o`tib zurriyodlar ham bеgonalashib boradi; ko`rish, eshitish, yurish, еb-ichish lazzatidan mahrum yurolmaydigan, o`zini boshqarolmaydigan holga tushadi.
Shunchalar хoru-zorliklarga qaramay tushkunlikka tushmaydi, tirik ekanidan taskin topib yashashda davom etadi. Shu tariqa qariyadagi yashashga chеksiz ishtiyoq ma`nisiz-absurd, tеlbalarcha bir urinish, bеsamar chiranishga aylanadi. “Ruhlar isyoni” dagi abadiyat haqida rivoyat qahramoni obi hayot chashmasidan tatib, mangu umr azobiga mubtalo bo`lgan zot Nazar choldan farqli o`laroq, afsus-nadomat bilan dеydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |