Mundareja



Download 0,95 Mb.
bet8/8
Sana30.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#192909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Koronavirusni davolash uusullari




Odam qorni bilan yotganida, orqaning kuchli mushaklari ishlay boshlaydi. Bir marta nafas olganda o‘pkaga ko‘proq kislorod tushadi. Shish suyuqligi yaxshiroq so‘riladi, o‘zgarishlar tezroq o‘tib ketadi.

Butun kasallik davomida pron-pozitsiyada yotish tavsiya etiladi. Tunda bu majburiy, kunduzi esa zararlanish darajasiga qarab u qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘proq qorinda yotish kerak. Sog‘aygandan keyin ham bir necha oy davomida qorin bilan yotgan ma’qul.

— Paradoksal nafas nima?

— Uni yana diafragmal nafas ham deyishadi. Qo‘llaringizni qoringa qo‘yib, nafas olganda uning harakatini kuzatishga harakat qiling. Nafas olayotgan paytda qorin ichkariga tortilayotganday bo‘ladi, nafas chiqayotganda esa u bo‘shashadi.

Paradoksal nafasda esa aksincha: nafas olayotgan paytda qorin shishadi, nafas chiqarayotganda tortiladi. Bunday nafasning yaqqolroq namoyon bo‘ladigan varianti — yoga mashqi, yogada u «vakuum» deyiladi.

Uni kuniga bir necha marta qilish mumkin. Asosiysi nafas olish ham, chiqarish ham bir tekis bo‘lishi kerak. Dastavval mashq biroz kuch bilan qilinadi, keyin esa odatiy sur’atda bajariladi.

Paradoksal nafasni odatga aylantirish juda yaxshi hisoblanadi.

— Havo sharlarini shishirgan holda o‘pkani mashq qildirish mumkinmi?

— Havo sharlarini shishirish boshdan kechirilgan koronavirusli pnevmoniyada reabilitatsiya texnologiyasi hisoblanmaydi. Buning sabablaridan biri — katta yoshli aholining 10−15 foizida lateksga allergiya bor.

Koronavirusli pnevmoniyada shikastlanadigan asosiy tuzilma — bu interstitsiy, karkas. Sharlarni shishirish paytida yuzaga keladigan bosimning keskin o‘zgarishlarida, o‘pkaning shikastlangan uchastkalariga jarohat yetkazish ehtimoli mavjud.

Men o‘z bemorlarimga Karolina universiteti gospitali (Shvetsiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan nafas mashqlarini tavsiya etaman. Tomsk (Rossiya) shifokorlari mashqlarning yaxshi to‘plamini taklif qilishgan, video Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook sahifasiga joylashtirilgan.

— Yangi koronavirusli infeksiyani boshidan kechirganlarni qanday oqibatlar kutmoqda?

— Hozircha bu haqda gapirish qiyin — dastlabki kasallanish holatlaridan keyin yetarlicha vaqt o‘tgani yo‘q.

Eng tavsiflangan oqibatlar orasida uzoq vaqt cho‘ziladigan subfebril haroratni, ko‘p miqdorda ter ajralib chiqishini, behollikni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xotira, diqqat-e’tiborning buzilishi, ishlash qobiliyatining keskin tushib ketishi kuzatilishi mumkin.

O‘pkadagi o‘zgarishlar to‘liq so‘rilishi mumkin, ammo ko‘p hollarda ular uzoq vaqtga saqlanib qoladi. Shu bois qorinda yotish va nafas olish gimnastikasi kamida 3−6 oyga turmush tarziga aylanishi kerak. O‘pka tuzilmasining tiklanishiga faqat shuncha vaqt o‘tganidan keyingina baho berish mumkin.

Hozir ko‘proq ham dori-darmonli (birinchi navbatda, vitaminlar va mikroelementlar qabul qilish), ham fizioterapevtik reabilitatsiya komplekslari, davolovchi jismoniy tarbiya metodlari ishlab chiqiladi, deb o‘ylayman.



COVID-19 ning oqibatlari haqida yakuniy ma’lumotlar faqat bir necha yildan keyin ma’lum bo‘ladi. Hozir esa uni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish